Qiyosiy adabiyotshunoslik


«Suv qizi»da Orzi tasviri


Download 1.01 Mb.
bet35/53
Sana13.03.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1266166
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
Bog'liq
QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK

«Suv qizi»da Orzi tasviri:


Bo‘lar ekan cholning bir qizi, Shamshod uning bo‘yiga xushtor. Labi pista, yuzi qirmizi,
Dastor olma kabi zab naqshdor.
Sochlariga ilhaq majnuntol. Qo‘shig‘iga bulbullar xumor. Ko‘zi shahlo va tillari bol2

E’tibor berilsa, qahramonlar portretidagi o‘ziga xoslik milliylik bilan aloqador. Pushkin o‘z qahramonini moviy ko‘zli, Mirtemir esa shahlo ko‘z tarzida ifoda etadi. Ulardagi ru- hiy-ma’naviy yaqinlik nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki iste’dodi orqali ham namoyon bo‘ladi. Chunki Maryam ham, Orzi ham qo‘shiq kuylaydi. Mirtemir Sharq mumtoz adabiyoti mavjud an’anaviy o‘xshatishlarni (bo‘yning shamshodga qiyoslanishi, labning pistaga, yuzning qirmizi olmaga o‘xshatilishi kabi) mohirona qo‘llaydi.




1 Пушкин А.С. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1999. – Б.171.
2 Миртемир. Асарлар. Уч томлик. Иккинчи том. – Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971.
– Б.385.

«Boqchasaroy fontani» da:


Amaldorlar, boylar izma-iz Orqasidan izlab yurardi.
Yigit-yalang «Oh...» deb o‘yida, Azob chekar edi ko‘yida.

«Suv qizi»da:


Ko‘rgan ko‘zning quvonchi ekan, Ko‘rgan yigit qolmas sevgisiz...
Bu bilan qizlarning nihoyatda go‘zalligi ifoda etilmoqda.

  1. Syujetlararo o‘xshashlik. Maryam tatarlarning Polsha- ga hujumi vaqtida podsho haramiga keltirilgan. Orzini esa qaroqchi Alibobo chashma bo‘yidan o‘g‘irlab saroyga olib kelgan. Ayni zamonda tutqun qizlarning haramdagi hayoti tasvirida mutanosibliklar bor. Ko‘rinadiki, har ikki shoir ham ayollar erksizligi mavzusini hayotiy lavhalarda yoritgan. Bu, o‘z navbatida, ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik kura- shini ham o‘zida ifoda etadi. Garov va sulton yovuzlik timsoli, Maryam bilan Orzi erksizlik qurboni sifatida ko‘zga tashlana- di. Har ikkala poema ham qayg‘uli yakun topadi. Ya’ni Maryam

«tarki umr» etadi. Orzi esa haramda farzandli bo‘ladi va qizi bilan o‘zini daryoga tashlaydi.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling