Qiyosiy tilshunoslikning dolzarb masalalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar Reja
Download 47.46 Kb.
|
qiyosiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharqiy guruh
Sharqiy guruh: chigil, tugsi, yag’mo tillari, Qashqardagi shahar aholisining tili – Hoqoniy turkiy til va Mochinga qadar bo’lgan qabilalar tili.
G’arbiy guruh: emak, qipchoq, o’g’iz, becheneg, bulg’ar, suvar kabi. Rumdan Sharqqa qadar cho’zilgan joylarda yashagan qabilalar tili. Sharqiy va G’arbiy guruh tillarining o’ziga xos fonetik belgilari. Sharqiy guruh: 1. Jarangsiz undosh (t): tevey (tuya). 2. O’rta til tovushi (y): yindju (inju). 3. M: men (men), mun (igurva), ming (ming). 4. Jarangli undosh (g,d): bugde (xanjar). 5. Lab-tish tovushi (v): tovar (mol-mulk). G’arbiy guruh: 1. Jarangli undosh (d): devey (tuya). 2. J ≈ (nul): jinju (inju), elki (mehmon). 3. B: ben (men), bun (sho’rva), bing (ming). 4. Bo’g’iq undosh (k,t): bukte (xanjar). 5. Lab tovushi (w): towar (mol-mulk). Imloda tish oralig’idagi d, til oldi z yoxud o’rta til y (azak ≈ adaq ≈ ayaq (oyoq) tovushining mavjudligiga ko’ra sharqiy guruhni z – guruhchasi (chigil va hoqoniy turkiy tillari)) va y – guruhchasi (yag’ma, tuxsi kabi Mochingacha bo’lgan tillar)ga; g’arbiy guruhni esa z – guruhchasi (emak, cheneg, suvar, bulgar tillari) va y – guruhchasiga (o’g’uz va qipchoq tillari; qipchoq tili Mahmud Koshg’ariy bergan ma`lumotiga ko’ra, imloga z va y ga ega) bo’lishi mumkin. Sharqiy guruhga kirgan tillardagi o’zak va affikslar tarkibida qisqa unlilar ko’proq uchraydi: sin (sen), bardim (bordim). G’arbiy guruhga kirgan tillarda esa shunday holatlarda keng unlilar ustunlik: qiladi: sen (sen), bardam (bordim). Sharqiy va G’arbiy guruh tillarining o’ziga xos morfologik belgilari
Turkiy (o’zbek )tilining tarixiy (ronegikasiga doir ma`lumotlar bilan buyuk tilshunos qiziqqan. U tarixiy fonetikaga oid ma`lumotlarni arab va uyg’ur alifbolarining qisqacha tavsifi bilan boshlagan (Solih Mutallibov nashri, 1. 47-48-betlar). Shu yerning o’zidayoq turkiy tillargagina xos bo’lgan tovushlar (Mahmud Koshg’ariy bularni harflar deb bergan) to’g’risida ma`lumot beriladi. Turk bo’lmagan kishilar bu (p, ch, j, g, g, ng) tovushlarni katta qiyinchalik bilan talaffuz etadilar. Ikkinchi tomondan, arab alifbosining bir qator harflari ularga muvofiq tovushlar bo’lmagani sababli turkcha so’zlarda qo’llanmasligini qayd etadi. Mahmud Koshg’ariy arab tili grammatikasi arxitektonikasiga asoslangan holda so’zlarni harflar soniga qarab ajratadi va ularni «Devon»da quyidagi tartibda beradi: ikki harfli so’zlar: at (ot), er (er); uch harfli so’zlar az (u)k (oziq), yazuq (ayb); to’rt harfli so’zlar: yagmur (yomg’ir); besh harfli so’zlar; qu(u)r(u)sak (meda, qursoq); olti harflilar: k(o)m(u)ld(u)r(u)k – otning ko’kragigacha taqiladigan ziynat bezagi; etti harflilar (ular ozroq): z(a)rg(u) nmud – tangagul (botanikada). «Turkiy tillarda, – deb izoh beradi. XI asrning yirik lingvist olimi Mahmud Koshg’ariy, – etti harfli so’zlar yo’q». Mahmud Koshg’ariy hozirgi tilshunoslar singari lingvistik fikrlashni bilgani, turkiy tillar vakillari, el elatlari, qabilalari orasida bir necha yillar davomi yurib, ular bilan muloqotda bo’lib, turkiy tillarni o’ziga xos til xususiyatlari asosida tasniflagan va fonetik xususiyatlarini ancha yaxshi bayon eta olgan olimdir. Mahmud Koshg’ariy hisoblashicha, eng qadimgi turkiy so’zlar ikki tovushli, ya`ni unli – undosh tovushlardan tuzilgan so’zlar deb hisoblangan. U shunday misollarni keltiradi: at (ot-yilqi), it (kuchuk), uch (son-uch), ich (har narsaning ichi-ich qur – ichdan bog’lanadigan belbog), er (erkak), us ( yomon va yaxshini farqlash (ug’uzcha), as(yirtqich hayvonlarga tekkan parcha go’sht; o’limtiq), osh (osh-«ush-ush» yoki «xush-xush»; ho’kizni sug’orishda qo’llanadigan so’z-(Solih Mutallibov nashri, 1, 72-bet), is (chiroq isi va devordagi tutun isi, qurumi), oq(uq), iq(hiqichoq), ol(u), em (davo, dori), im (parol), un (tovush) va boshqalar. Bu fikrni hozirgi olimlar «Qutadg’u bilig» dagi turkiy so’zlar bilan taqqoslash asosida to’g’ri deb qarayaptilar. Darhaqiqat, qadimgi turkiy so’zlar asosini bir bo’g’inli, ammo ikki tovushli so’zlar tashkil etgan deb xulosa chiqarishga Mahmud Koshg’ariy va uni «Devon»i imkoniyat berdi, – desak xato bo’lmaydi. Dastlabki turkiy so’zlar asosan unli+undosh(ot, er, et, oq, ik kabi) dan iborat bo’lganligi ham alohida qayd etishni istardik. Mahmud Koshg’ariy uch tovushli so’zlar ikki tovushli so’zlar asosida yaratilgan fikrni ilgari surgan. U uch tovushli so’zlar tarkibini unli+undosh holatida bo’lganligini ta`kidlagan. Biz bunga qiziqishimiz ortgani uchun «Devon»ning birinchi jildidan uch tovushli so’zlardan quyidagilarni misol tariqasida keltirishni ma`qul ko’rdik: alp – botir, qahramon, art – sach – orqa soch (Solih Mutallibov nashri, 1, 77), art – orqa, bo’yin (Solih Mutallibov nashri, 1, 77), urt – nina, igna teshkgi (Solih Mutallibov nashri, 1, 78), ast – tor yo’l., tor ko’cha-( Solih Mutallibov nashri, 1, 78), ilk – avval, oldin-(Solih Mutallibov nashri, 1, 78). Yirik tilshunos uch tovushli so’zlardagi keyin to’rt tovushli so’zlar haqida fikr yuritadi: ochut – o’ch, qasos, dushmanlik-(Solih Mutallibov nashri, 1, 84), azut (kaft), og’ut – buza tayyorlashda ishlatiladigan achitqini hidi – (Solih Mutallibov nashri, 1, 84) egat – nikoh kechasi kelin yonida xizmat qiluvchi xotin, yanga-(Solih Mutallibov nashri, 1, 85), atich bolalar yong’oq o’ynaydigan chuqur joy-(Solih Mutallibov nashri, 1, 86), ashich qozon-(Solih Mutallibov nashri, 1,86), ekach/egach egachi – ortiq ziyrakligi bilan odamlarga xuddi o’z singlisiday tuyuluvchi yosh qiz Bu yosh qizlarni sevish, erkalatish uchun ishlatiladi (Solih Mutallibov nashri – 1,86), amach – omoch, buyunturuq-(Solih Mutallibov nashri, 1,86), egir – qorin og’rig’ini davolashda qo’llanadigan o’simlik (Solih Mutallibov nashri, 1,87), unur tariq – bu so’z turkchadir, o’g’uzlar bilmaydilar (Solih Mutallibov nashri, 1,87), aziz – baland er va boshqa baland narsalar (Solih Mugallibov nashri, 1,88), ag’iz – odam va yvonlar og’zi – (Solih Mutallibov nashri, 1,89) va boshqalar bunga misol bo’la oladi. «Devon» da turli tovushli leksemalar unli+undosh modelida birikkan. «Devon»ni o’rganar ekanmiz, unda qo’llangan besh harfli, ya`ni besh tovushli so’zlar haqida ham fikr yuritilganligini ham sezdik: armush – nashvati, olmurug – (1,120) ertuch – ar-ar daraxti, qora archa – (1,120), azguch – ut shu`lasi, alanga – (1,120), arguch – kishini mag’rur qiluvchi, hovliqtiruvchi narsa – (1,120), ergach – taka, erkak echki: shu echki so’zi sabab bo’lib, olim xalqdan yig’ilgan «erkach egi em bo’lur, echki eti el bo’lur, ya`ni: taka go’shti davo bo’ladi, urg’ochi eti el bo’lur, ya`ni taka go’shti davo bo’ladi, urg’uchi echki go’shti qorinni dam qiladi, – (1, 120 -121,) erquz – erima suv – (1, 120) yorquch – ustiga qozon yoki idish qo’yib taom pishiriladigan uchoyoq, dala o’chog’i – (1,122), azrish ikkiga ayrilgan yo’lning boshi – (1, 122), ertish – daryo nomi – (1,121), arqish – karvon – (1, 121), alqish – maqtov, olqish, duo qilmoq, tabrik – (1, 123), otruk – orol, jazira – (1, 123), ugrug – sog’ning kesilish joyi – (1, 123 ), uchruq – tumov, shamollash, uchinish – (1, 124), uzlug’ – sigirning kechasi yotadigan joyi – (1, 123-124), artuk – ortiq, ziyoda – (1, 124), usrik – uyquli odam , mudrovchi, ko’zi suzilgan kishi – (1, 125), ivrik – ko’zacha, may ichadigan jo’mrakli idish – (1,125), oqluk – o’q solinadigan asbob, sovdok – (1, 126), embak – non, yag’mo, tuxsi va ba`zi o’g’uz va qipchoqlar so’zi – (1, 126), otruq – hiylagar, aldamchi, ayyor, yolg’onni (o’guzcha) – (1, 127), ichlik – egarning tagidan qo’yiladigan ichki to’qim – (1,127), ermak – bermoq – (1,129) va boshqalar. Bulardan ko’rinadiki, besh tovushli so’zlar: Mahmud Koshg’ariy davrida unli-undosh modelida tuzilgan (bu holat ko’p qo’llangan). Shuni qam ta`kidlashni istardikki, «Devon»da besh tovushli so’zlar tuzilish modeli unli + undosh + unli + undosh + undosh holatida ekanligini ham kuzatdik: otunch – qarz – (1, 151), uchunch – uchinchi – (1, 151), ikinch – ikkinchi-olimning yozishicha, o’zidan avvalgi sonning davomi ekanligi va ma`lum sira-tartibda ekanini bildirish uchun undan kam bo’lgan son so’zlari o’zagiga – n va – ch orttirish qoida bo’ltan – (1, 151), umunch – umid, xohish – (1, 152), inanch – ishonchli – (1, 152) va boshqalar . Olimning bu sohadagi chidamli mehnati, bir tomondan, juda ko’p so’zlar etimologiyasini fonetik qonunlar asosida ilmiy ochishga imkoniyat yaratgan bo’lsa, ikkinchidan, o’sha davr tilshunosligida fonetikaga xos ko’pgina yangiliklarni ochishga, bu sohaga bir qancha yangiliklar qo’shishga, fonetikani bir qancha yangi qoidalar bilan boyitishga imkoniyat yaratdi. U tovush va harflar munosabatini birinchi marta aniqladi va u davr yozuvida mavjud harflar jonli til tovushlarini ifodalashdan ojiz ekanligini ochib, beradi va birinchi marta yozuvdagi ana shu kamchiliklarni to’ldirish uchun bir qancha yangi belgilar tayinladi. U bu haqda: «Turkiy tillar yozuvida qo’llanuvchi harflar o’n sakkiztadir. Holbuki, tildagi tovushlar o’n sakkizta emas, ko’pdir. Bu o’n sakkiz harf etishmaydi. Bulardan boshqa tilda bo’lgan tovushlarni berish uchun yana yetti harf kerak. Lekin u harflar yo’q. U etti tovushni ana shu mavjud harflar ustiga maxsus belgi qo’yib yoziladi», – deb xabar qiladi (Devonu lug’otit turk, 1,7-8 betlar). «Devon» da unlilar sistemasi, unlilardan kenglik va torlik, cho’ziqlik va qisqalik, unlilar masalasida qabilalar tiliga xos xususiyatlar va ularda teng kelish hodisasi va boshqalar keng yoritilgan. Olim yozadi: «yog’och so’zini keng unli bilan ham, tor unli bilan ham qo’llash mumkin» (Solih Mutallibov nashri, 1,76-bet). Bizda hozir ham bu so’z ana shunday ikki variantda ishlatiladi. To’r – uyning to’ri, to’rbaliq ovlaydigan to’r (III, 87-bet). Uy so’zini tor unli bilan ham, keng unli bilan ham qo’llash mumkin. Aran erlar, Aran (cho’ziq a bilan ) – otxona (Solih Mutallibov nashri, 1,73). Ko’rig’ ham mumkin, qo’rig’ ham mumkin (Solih Mutallibov nashri, 1,18 – bet). «Devon»da undoshlar sistemasi, sodda undoshlar, kombinator undoshlar, undoshlarda jaranglilanish, jarangsizlanish xususiyati, ikki undoshning qator kelishi, undoshlarning artikulyatsiya asosidagi tovushlarni tor, keng, qattiq, yumshoq, ikki undoshning qator kelishi kabi holatlari borligini Mahmud Koshg’ariy asoslab bergan. «... Bu tilda burun tovushi kelgan so’zlar o’rniga ko’ra j harfi bilan birikib keladi, brinj, beshinj degan so’zlardagi kabi yoki n, g ming, yung degandagi kabi (III, 262-bet)», fikrlarni bera olgan. «Devon» da h tovushi turkiy tilga hind xalqi bilan aralashish natijasida o’tgan tovushdir degan fikrni bildirgan (Solih Mutallibov nashri, 1,9-bet). Mahmud Koshg’ariy turkiy tillar fonetikasini yaxshi bilgan olim sifatida til unsurlari ustida uzoq va chidamli tekshirish olib borishi natijasida harf (tovush) tushish, almashininsh, singish kabi qoidalar borligini birinchi marta aniqlagan, bu haqda qoidalar tuzdi va o’z asarida, o’rni bilan, bu xususiyatlarini ko’rsatib bergan. Tilda fonetik qoidalar til taraqqiyoti qoidasiga muvofiq turli o’zgarishlarga uchragan so’zlar tarixini o’rganish, so’z etimologiyasini aniqlashda benihoyat muhimdir. Masalan, ho’plab ichmoq ma`nosidagi so’zning Qo’qon shevasida ho’pitmoq (cho’milmoq) so’zida qolgan bo’lsa, qipchoq shevalarida ho’plamoqning o’plamoq fonetik shakli saqlangan. Shundan kelib chiqib, bu so’zda tovush o’zgarishi yuz berganligini aniqlash mumkin. «Devon»da o’pmoq so’zining ikki ma`nosi bo’lganligi izohlangan: 1. –o’pmoq (III – 143-bet) 2. – ichmoq (III – 87-bet). Bu so’zning ikki ma`nosi ham qozirgi qipchoq shevasida saqlanganligi xalq nutqi tilning qadimgi leksik holatini saqlovchi hodisa ekanligini tasdiqlaydi. s) Mahmud Koshg’ariy turkiy tilshunoslikning leksikologiya va leksikografiyasiga ham asos soldi. U leksikologiyaning ob`ekti bo’lgan ma`noning ko’chishi, torayishi va kengayishi, zid ma`noli so’zlar (antonim), shakldosh so’zlar (leksik omonimiya), ma`nodosh so’zlar (leksik sinonimiya), bir so’zni zid ma`noda qo’llash kabi masalalar bo’yicha ma`lumot beradi. U leksik omonimlarni shakliy o’xshash bo’lgan bir necha so’z sifatida e`tirof etadi. Shu-ning uchun ham bunday so’zlarni alohida maqola tarzida beradi va izohlaydi. Masalan: -o’t, o’simlik: o’t undi; -hayvonlar eydigan har turli o’t, xashak: Atqa o’t bergil; dori, davo: O’t ichdim «dori ichdim»; og’u, zahar: Bek angar o’t berdi «Bek unga zahar berdi». Omonimik paradigma tarkibiga kirgan keyingi ikki leksema ayni paytda ma`noni zidlash asosida biridan ikkinchisi kelib chiqqanligini ta`kidlaydi (DLT, II tom, 20-bet). Shuningdek, ma`noning torayishi haqida fikr yuritar ekan, saban so’zi ilgari qo’sh va omochlarning hammasi ma`nosida qo’llangan bo’lsa, so’ng faqat omochga xoslanganini ko’rsatadi. Metonimiya yo’li bilan ma`no ko’chishiga ham misollar keltirib, o’g’uzlar qiy – go’ngni og’il deyishlarini. bosh so’zi o’rnida soch so’zi ishlatishlarini ta`kidlaydi. So’zlarning o’xshashlik asosida ma`no ko’chishi haqida ham misollar beriladi. Masalan, tug’moqso’zi ilgari faqat odamga nisbatan ishlatilgan bo’lsa, keyinchalik hayvonlarga nisbatan qo’llana boshlanganligini aytadi (Usha joyda). Mahmud Koshg’ariy leksikografiya sohasida dunyo tilshunosligida yuksak cho’qqiga ko’tarildi. U XI asrdayoq turkiy so’zlarning izohli lug’atini tuzdi. Mahmud Koshg’ariyga qadar arab tilshunosligida leksikografiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishilgan edi. Xususan, Xalil al-Farohidiy ibn Ahmadning «Kitobul-ayn», Sibavayhiyning «al Kitob» singari asarlari arab olamida shuhrat qozondi. Mahmud Koshg’ariy ularning lug’at tuzish prinsiplariga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos yo’ldan bordi. Bu haqda muallifning o’zi shunday yozadi: «Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli so’zlar, saj`lar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim, qattiq joylarini yumshatdim, qiyin va qorong’i joylarini yoritdim. Bu ish ustida so’zlarni o’z joyiga qo’yish, kerakli so’zlarni osonlik bilan topish uchun bir necha yillar mashaqqat tortdim. Nihoyat, kerakli so’zlarni o’z joyida qo’llaydigan, qiyinchiliksiz topa oladigan bir holga keltirdim. Kitobni sakkiz asosiy bo’limda chekladim... Har bir bo’limni otlar (ismlar) va fe`llar tarzida ikki qismga ajratib berdim. Otlarni oldin, fe`llarni esa otlardan keyin o’z sirasiga qarab, boblarga ajratib, o’z o’rnida oldinma-ketin ko’rsatdim. Tushunilishi oson bo’lishi uchun asarda arabcha istilohlar (termin) qo’lladim. Kitobni tuzish oldidan Xalil ibn Ahmadning «Kitobul-ayn» asarida tutgan tartibni qo’llash, iste`moldan chiqqan so’zlarni ham bera borish fikri menda tug’ilgan edi. Bu tartib arab tili bilan ikki uloqchi otdek teng poyga qilib o’zib borayotgan turk tilini to’liqroq yoritish jihatidan ham yaxshi edi. Lekin men o’quvchilarning foydalanish masalasiga asoslandim. Men iste`moldagi so’zlarnigina berdim, iste`moldan chiqqanlarini tashladim. Men tutgan tartib to’g’riroqdir». Darhaqiqat, Mahmud Koshg’ariy to’g’ri bashorat qilgan edi. U tutgan yo’l, lug’at tuzish prinsipi butun dunyo leksikograflarini hanuzgacha o’ziga rom qilib kelmoqda. Solih Mutallibovning ta`kidlashicha, so’z shakllarini shunchalik uzoq muddatga etkazishda Mahmud Koshg’ariy tutgan alohida tartibning ahamiyati kattadir. Bu tartib asosida qo’lyozma zararlangan, o’zgargan taqdirda ham qaysi so’z qamday boshlanishi, o’rtada, oxirida qay harf borligi va boshqalarni aniqlash osondir. ehtimol, Mahmud Koshg’ariyning bu tartibni qo’llashdan kuzatgan maqsadi ham shudir1. Yuqorida ta`kidlanganidek, Mahmud Koshg’ariygacha arab leksikografiyasida so’zlar tarkibidagi tovushlarning fiziologik xususiyatiga ko’ra yoki tematik guruhlarga ko’ra joylashtirish an`ana bo’lgan. Jonli arab tilining leksik boyligini ko’rsatish uchun bir so’zning.turli xil dialektal variantlarini hamda uslubiy variantlarini ham alohida leksema sifatida ko’rsatgan va sinonimlar paradigmasida joylashtirgan. Masalan, Muhammad ibn Dureydning lug’atida qilich so’zining 500, sher so’zining 500, tuya so’zining 100 dan ortiq sinonimlari berilgan. Faqat kelib chiqishi turkiy bo’lgan Ismoil al-Javhariygina bu an`anaga chek qo’ydi. U mumtoz arab tilining 40 000 so’zini o’z ichiga olgan «Saxih» lug’atini tuzdi. Bu lug’at al-Xalilning «Kitob-ul-ayn» lug’atidan ham, Muhammad Ibn Dureydning lug’atidan ham so’zlarni joylashtirish va so’z tanlash mezonlari jihatidan bir muncha afzalligi ko’rinadi. So’zlar tovushlarning fiziologik xususiyatiga qarab emas, balki alfavit asosida, so’z o’zak-lariningoxirgi harfi asosida joylashtiriladi. Bu usul arab tilshunosligida uning shogirdlari tomonidan davom ettirilibgina qolmasdan, balki Ovrupo leksikografiyasiga ham ta`sir etdi. Faqat Ovrupo tilshunosligida so’zlarning teskari tomoni – so’z boshidagi harflarga qarab joylashtirish odat tusiga kirdi. Javhariyning leksikografiya sohasidagi xizmati juda katta bo’lishidan qat`i nazar, o’zi yashagan davrda u al-Xalil darajasida qadr-qimmat topolmadi. «Saxih» olimlarning turli bahslariga sababchi bo’ldi. Shu boisdan bo’lsa kerak, Mahmud Koshg’ariy al-Javhariy asarini tilga olmaydi, balki al-Xalilning «Kitob-ul-ayn» asariga to’xtalib, o’z asarini undan boshqacha mezon asosida tuzganini ta`kidlaydi. Al-Javhariy leksikografiya sohasida yangi sahifa ochsa ham, lekin uning lug’ati mumtoz arab tilining izohli lug’ati edi. Unda keltirilgan Ko’p so’zlar iste`moldan chiqqan, jonli tilda qo’llanilmas edi. Mahmud Koshg’ariy esa turkiy tilning tarjima va ayni paytda, izohli lug’atini tuzib, bu tilning amaldagi, jonli so’zlashuvdagi lug’aviy imkoniyatlarini namoyish etmoqni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Shuninguchun ham Mahmud Koshg’ariyning lug’ati so’zlarni joylashtirish tamoyili jihatidan ham, lug’at materiali tomonidan ham tamoman yangi hamda mavjud arab tili lug’atlariga nisbatan bir necha barobar yuqori turuvchi lug’at edi. Mahmud Koshg’ariy turkiy tilning amaldagi leksik imkoniyatlarini ko’rsatmoq uchun turk qavmlari ichida birma-bir yurib, ularning tillaridagi umumiy va o’ziga xos tomonlarini aniqlashga harakat qildi. Bu haqda shunday yozadi: «Men turklar, turkmanlar, o’g’uzlar, chigillar, yag’molar, qirg’izlarning qishloq va shaharlarini ko’p yillar kezib chiqdim, lug’atlarini to’pladim, turli xil so’z xususiyatlarini o’rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganligim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim» (DLT, I tom, 44-bet). Turkiy tillarda qo’llanayotgan so’zlar bilan iste`moldan chiqqanlarini tanitish uchun quyidagi namunalar «Devon»da ko’rsatiman: Ariq – anhor – XI asrda qo’llanilgan hozir xam qo’llaniladi. Aruq – otxona – XI asrda qo’llanilgan hozir ma`no o’zgargan ahur – chorvaga emish soladigan idish. Qar-qor – XI asrda qo’llanilgan hozir ham faol leksema. Qara-qora – XI asrda qo’llanilgan hozir ham faol leksema. Raka – noaniq hozir ham iste`molda emas. Rak – chog’ishtirish qo’shimchasi – roq. Hozir ham daraja shakli yasaydi. Azuq – oziq-ovqat – XI asrda qo’llanilgan hozir ham qo’llaniladi. Qozi-qo’zi – XI asrda qo’llanilgan hozir ham faol leksema. Aquz – noaniq – iste`molda emas. Qiz-qiz XI asrda qo’llanilgan hozir ham faol leksema. Ziki – noaniq. Hozir ishlatilmaydi. Turmushda qo’llaniladigan va qo’llanilmaydigan so’zlar bu bilan cheklanmaydi, uch harfli, to’rt harfli va boshqa so’zlarda ham ko’pdir. Biz bu erda «qadam izi birov yurganligani bildiradi» deyilgani kabi, ulardan ba`zi namunalarinigina ko’rsatib, boshqalarini shunga qiyos qilishni o’quvchilarga havola qilamiz. Mahmud Koshg’ariy o’zidan oldingilarning ishlarini o’rganib, foydalanuvchilarga yengillik yaratish uchun hech kim tuzmagan va hech kimga ma`lum bo’lmagan alohida tartib qo’llagan. Bu yo’l qabilalar leksemalarini o’zaro qiyoslab izohlagan yo’l edi. Shu bilan har bir qabilaga mos so’zlarning yasalish xususiyatlarini va qanday qo’llanishini qisqacha izohlab ko’rsatish uchun boshqalar qo’llamagan yo’lni, ya`ni turklarning tillarida qo’llanib kelgan she`rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo’llaniladigan hikmatli so’zlaridan, maqollardan keltirib, ularning ma`nolarini izohlagan. Masalan: uzuz – so’zining XI asrda qutur ma`nosini anglatishi haqida izoh keltirgandan keyin «tilqu oz ipiga ursa uzuz bulur», ya`ni «tulki o’z iniga qarab irillasa, qo’tir bo’ladi», degan maqolni keltiradi. Bu maqol o’z elini, urug’ini, mamlakatini yomonlag’uvchilarga qarata aytilishini alohida bayon etgan (Devonu lug’otit turk, 1,88-bet). Yana ag’iz so’zini keltirib, unga «odam va hayvonlar og’zi» deb izoh beradi. U yanada tushunarliroq bo’lishi uchun «og’iz esa, ko’z uyalar» maqolini keltiradi. Maqolning ma`nosini ushbu maqol birovning biror narsasini eganlar uning hojatini chiqarishdan tortinishi mumkin emasligini ko’rsatish uchun aytiladi», – deb izohlaydi (Devonu lug’otit turk, 1,89-bet). Mahmud Koshg’ariy o’z «Devoni» da turkiy tillar uchun xos bo’lgan shakl va ma`no munosabatiga ko’ra so’z ma`nolarining ko’chishiga ham alohida e`tibor qaratgan tilshunoslardan biridir. Masalan: ich so’zining dastlabki ma`nosi sifatida» qar narsaning ichi» degan izoh byoradi va bu ma`no ichqur-ichdan bog’lanadigan belbog’; ichso’z -ko’ngildagi, dildagi yashirin narsa sir, deb izohlaydi. Uning ikkinchi shaklini ham ich tarzida keltirib, ichet birikmasida «jigarga yonishib turadigan nozik et» deb izohlaydi. Shunga o’xshash shakli bir xil, ammo ma`nosi bov boshqa bo’lgan so’zlardan biri sifatida at so’zini ham keltiradi. Uning birinchi ma`nosini izohlash uchun «qush qatomin, er atin» qush qanoti bilan, er oti bilan» maqolini keltiradi. Bundan seziladiki, ot so’zining dastlabki ma`nosi yilqi hisoblanadi. Keyingi ma`nosini olim o’t, o’simlik deb hisoblaydi. Undan keyin ot so’zining «hayvonlar yeydigan har turli hashak, o’t» izohini kelgirib, «atqa o’t bergil» gapini keltiradi. Demak, buning ma`nosi «xashak» so’zini ifodalaydi. Olim ot so’zining «dori, zahar», ma`nolarini ham mavjudligini ko’rsatadi (Devonu lug’otit turk, 1.70-71). Bundan ko’rinadaki; ot so’zining XI asrda «yilqi, o’t, hashak, dori, ogu, zahar» ma`nolari mavjud ekan. Bu so’z ham omonim so’z sifatida ishlatiladi. Ammo ma`nolarida ba`zi o’zgarishlar bo’lgan. Hozir ot leksemasi – ism, fe`l, yilqi ma`nolarini beradi. Mahmud Qoshg’ariy o’q (oq) so’zining ma`nolarini quyidagicha izohlagan: oq – o’q; oq – tusiii yoki xari; ev oqi -uy o’qi, bolar, uining tusini; oq-er va boshqa fazilatlarini ajratishda ishlatiladigan chek (qur`a): oq – fe`llarda ta`kidni bildiruvchi qo’shimcha: borgil oq – albatta bor; oq ta`kidni bildiruvchi qo’shimcha (yuklama); bayxok keldim – boyayoq keldim. Olim oq so’zining – lar shakl yasovchisi vazifasini bajarishi haqida ham fikr bildirgan. Shuni ta`kidlashni istardikki, o’zbeklarning qo’ng’irot urug’i nutqida shu kunlarda ham oq –«lar»ni ifodalash iste`molda mavjud. Masalan, Sizoq gapiring, sizoq so’rang – «Sizlar gapiring, sizlar so’ranglar» kabi. XI asrning yirik tilshunos olimi bir harfi (tovushi) ikki marta takrorlangan so’zlarni lug’atiga kiritgan va ularga izoh bergan. Bundan shuni anglash mumkinki, qadim turkiy tillarda ham so’z o’rtasida bir undoshning takror qo’llanish holati qadimiy turidir. Masalan: arra – siydiq; urra – erkaklardagi churra; dabba (o’g’uzcha); irra – izza, uyalish va boshqalar. Mahmud Koshg’ariyning turkiy urug’-qabilalar ichida yurib, ularning til xususiyatlarini o’rganishi ham bejiz emas edi. Shu davrda arab tilshunoslari o’rtasida mumtoz arab tilidan tashqari, jonli arab tilini, ya`ni badaviylarning jonli so’zlashuv tilini o’rganish, tilshunosning mahoratini esa uning jonli so’zlashuv tilini qanchalik bilganligi bilan belgilash odat tusiga kirgan edi. Shuning uchun ham Xalil Al-Farohidiy o’z o’quvchilari Sibavayhiyni ham, Al Qissaini ham badaviylar ichiga yuboradi (har ikkisi ham forslardan bo’lgan). So’ngra har ikki olimning jonli so’zlashuv bo’yicha katta bahsi bo’lganligi ma`lum. Mahmud Koshg’ariy turkiy qabilalar orasida uzoq muddat aylanib yurib, darhaqiqat, ularning tillari o’rtasidagi umumiy va farqli jihatlarni yetarli dalillar asosida ko’rsata oldi. Shu tariqa, tilshunoslikda yangi sahifa ochdi. U qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, lingvogeografiya singari tilshunoslik yo’nalishlariga asos soldi. 1Муталлибов С. Маҳмуд Кошғарий. Сўз боши. Девону луғатит турк. 28-бет. Download 47.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling