Qizamiq re’JA
Download 109.1 Kb.
|
QIZAMIQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oldini olish
Medikamentoz terapiya
Simptomatik terapiya kasallik qanday alomatlar bilan kechayotganligiga bog’liq: aynan klinik belgilar tanlanadigan dori vositasini belgilab beradi. Kon’yunktivitda kon’yunktiva fiziologik eritma, boychechak damlamasi, iliq qaynatilgan suv, 2% natriy bikarbonat eritmasi (iste’mol sodasi) bilan yuviladi. Agar kon’yunktivit bakterial tabiatli bo’lsa va yiringli ajralmalar kuzatilsa, antibakterial ko’z tomchilari buyuriladi. Tumovda vaziyatni yengillashtirish uchun mahalliy ta’sir qiluvchi tomir toraytiruvchi vositalar va burun yo’llarini yuvishga murojaat qilinadi. Quruq, tez-tez, holdan toydiradigan yo’tal kuzatilganda yo’talga qarshi dori-darmonlar tayinlanadi. Tana haroratining yuqoriligi yoki gipertermiya fonida konvulsiv reaktsiyaga moyillik mavjudligida isitma tushiruvchi dorilarga murojaat qilinadi. Ayrim hollarda terapiya tananing himoya qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan bo’ladi. Agar bolada og’ir intoksikatsiya belgilari kuzatilsa yoki bemor zaiflashgan katta yoshli shaxs bo’lsa, bu holat bemorning umumiy immunitet samaradorligini oshirish uchun immunoglobulin qo’llagan holda statsionarda davolanish uchun ko’rsatma sanaladi. Jiddiy allergik reaktsiyalar, intoksikatsiya belgilari, shishlar kuzatilganda antigistaminlardan foydalanish mumkin (Suprastin, Fenistil, Zirtek va boshqalar). Asoratlar va qo’shimcha infektsiya bo’lmasa, antibiotikli terapiya ko’rsatilmaydi. Agar bakterial infektsiya belgilari mavjud bo’lsa, penitsillin, sefalosporin, makrolidlar guruhi antibiotiklari buyuriladi. Asoratlarni davolash statsionar sharoitda amalga oshiriladi. Dorivor vositalar patologik jarayonga qaysi a’zo jalb etilganligiga qarab tanlanadi. Qizamiqning meningit, ensefalit va pnevmoniya kabi asoratlarni davolash kerak bo’lsa, turli bo’linmalarda, jumladan, intensiv terapiya va reanimatologiya bo’limida bo’lish talab etilishi mumkin. Oldini olish Qizamiq pankreatit, meningit, ensefalit, obstruktiv bronxit, laringostenoz va boshqa shu kabi asoratlari tufayli xavflidir. Keng tarqalgan fikrga qaramasdan, kasallik faqatgina terida toshma toshishi va isitma bilan chegaralanib qolmaydi, balki turli ichki a’zolarga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin va uzoq reabilitatsiya davrini talab qiladi. Bunday asoratlar nogironlikni keltirib chiqarishi yoki o’limga sabab bo’lishi mumkin. Infektsiyani oldini olish uchun 1 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan kichik bolalarni emlash amalga oshiriladi. Emlashdan keyin immunitet uzoq .vaqt saqlanib turadi, lekin doim ham butun umr davomida emas. Shuning uchun kattalarga postvaktsinal immunitet yo’qolganda revaktsinatsiya ko’rsatiladi. Bemor bilan aloqa qilganda kasallikning kechishini sezilarli darajada yengillashtiradigan profilaktik chora-tadbir — darhol monovalent vaktsina olishdir. Download 109.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling