Qizil qalpoqcha pishirig`i
Download 1.48 Mb.
|
Qizil qalpoqcha pishirig
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayyorlanishi
Qulupnayli tortAyni qulupnay mavsumida bu mevadan tayyorlangan yengil va mayin tvorogli biskvitli tort — mehmonlar kelganida yoki shunchaki oilaviy choyxo‘rlik vaqtida dasturxonga tortish uchun ajoyib shirinlik. Zarur masalliqlar biskvit uchun: 2 ta tuxum 80 g un 3 osh qoshiq shakar 10 g razrixlitel (xamirni yumshatuvchi) 1 chimdim tuz 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i tvorogli krem uchun: 300 g yog‘li tvorog 300 g smetana 80 g saryog‘ 150 g shakar 150 g qulupnay 15 g jelatin qulupnayli jele uchun: 300 g qulupnay 10 g tez tayyor bo‘ladigan jele 200 ml suv Tayyorlanishi Avvaliga biskvitni tayyorlab oling. Tuxumni shakar bilan birga mikser yordamida ko‘pirtiring. Razrixlitel va tuz qo‘shilgan unni elab qo‘shing va ehtiyotkorlik bilan aralashtiring. Xamirni o‘simlik yog‘i bilan yog‘langan formaga solib, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkada 8—10 daqiqa pishiring. Biskvitning tayyorligini gugurt cho‘pi yordamida tekshirish mumkin — cho‘p quruq bo‘lsa, demak, biskvit tayyor. Biskvit pishayotgan vaqtda tort uchun krem tayyorlab olamiz. Jelatinni iliq suvga ivitib qo‘ying. Qulupnayni yuvib, quriting va bandidan tozalang. Qulupnay va shakarni blender bilan aralashtiring. Bir-ikki osh qoshiq olib qo‘yib, qolgan pyureni olovga qo‘ying, bo‘kkan jelatinni qo‘shib, u erib ketgunicha qaynating. Iliq holga kelgunicha soviting. Tvorogni suzg‘ichdan o‘tkazib olib, yumshagan saryog‘ va smetana bilan aralashtiring. So‘ng jelatinli qulupnayni qo‘shib, aralashtirishda davom eting. Xohishga ko‘ra, biroz qulupnay kesib, kremga qo‘shish mumkin. Sovigan biskvitni formadan olmasdan turib, unga qulupnayli pyure suring. Ustidan tvorogli kremni qo‘ying va tort sovishi uchun uni 30—40 daqiqaga sovitgichga qo‘ying. Vaqtdan foydalanib, qulupnayli jele tayyorlang. Bir paketcha jeleni iliq suvda eriting, aralashtiring va jele to‘liq erigunicha biroz qizdiring (ammo qaynatmang). Qulupnayni parrak-parrak qilib kesing. Ularni tvorogli krem ustidan aylantirib qo‘yib chiqing, ustidan jelening bir qismini quying. Jele qotishi uchun 15 daqiqaga sovitgichga qo‘ying. So‘ng ustidan yana jele quying va tortni to‘liq qotishi uchun yana 2—3 soat sovitgichda qoldiring (tuni bilan qoldirish ham mumkin). Qulupnayli tortni sovitgichdan olib, ehtiyotkorlik bilan, pichoq yordamida formadan ajratib oling. Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling