Qizil qalpoqcha pishirig`i


Tvorogli sharchalar solingan pirog


Download 1.48 Mb.
bet2/5
Sana17.02.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1206820
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qizil qalpoqcha pishirig


Tvorogli sharchalar solingan pirog


Masalliqlar 




Sharchalar uchun: 

300 g tvorog (yog‘liligi 1%) 
3 dona tuxum sarig‘i 
80 g shakar 
60 g kokos qirindilari 
4 osh q. kraxmal 


Xamiri uchun: 
5 dona tuxum 
50 g shakar 
60 g shokolad 
3 osh q. un 
3 osh q. kraxmal 
4 osh q. kakao 
½ ch. q. tuz 
3 o‘ram vanilli shakar 
½ ch. q. yumshatuvchi 
Sharchalarni tayyorlash 



Boshida tvorogli sharchalarni tayyorlash kerak. Ko‘rsatilgan hamma masalliqlarni olamiz: tvorog, tuxum sariqlari, shakar, kokos qirindilari va kraxmal. Yaxshilab aralashtiramiz va hosil bo‘lgan aralashmadan kattaligi taxminan 3 santimetr bo‘lgan sharchalar yasaymiz. 
Xamirini tayyorlash
Tuxumlarni olamiz, sariqlarini ajratamiz va ularni shakar bilan birga tekis va oqish aralashma holiga kelguncha ko‘pirtiramiz. Keyin shokoladni eritamiz va uni shakarli tuxum sarig‘iga qo‘shamiz. Hosil bo‘lgan aralashmaga qolgan masalliqlarni qo‘shamiz. Hammasini yaxshilab aralashtiramiz. 
Endi tuxum oqlarini 50 g shakar bilan aralashtiramiz. Bu aralashmani juda ehtiyotkorlik bilan ikki bo‘tqa birlashib ketmaguncha yuqoridan pastga tomon joylashtiramiz. 
Pishirish
Pishirish uchun mo‘ljallangan idishga pergament qog‘ozini to‘shaymiz, sharchalarni joylashtiramiz va ularning ustidan shokoladli aralashmani quyamiz. 
190 darajada 40-45 daqiqa davomida pishiramiz. 

«OLCHAZOR» TORTI




Zarur masalliqlar: xamiriga: 2 stakandan shakar va un, 100 gr. sariyog`, 1 stakan sut, 2 dona tuxum, 4 osh qoshiq kakao, 2 choy qoshiqdan xamir yumshatgich va vanilin, 1,5 choy qoshiq iste`mol sodasi, 1 choy qoshiq tuz; kremiga: 1,5 stakan qaymoq, yarim stakan shakar, 2 choy qoshiq vanilin; bezak va o`rtasiga solish uchun: 500 gr. olcha murabbosi, 100 gr. shokolad. 
Tayyorlanishi:
1. Un, xamir yumshatgich, tuz, vanilin va shakarni aralashtiring. 
2. Tuxumni sut bilan ko`pirtirib, xona haroratida eritilgan sariyog` va vanilin qo`shing. Ko`pirtirgach, unli aralashmaga soling-da, xamir tayyorlang. Xamirni teng ikki qismga ajratib, yog`langan qolipga soling. 175 darajada qizdirligan gaz pechiga 30-35 daqiqaga qo`ying.
3. Qaymoqni shakar va vanilin bilan ko`pirtiring. Korj o`rtasiga krem surtib, olcha murabbosidan soling-da, ikkinchisini yopishtiring. 
4. Tort yuziga krem surtib, olcha mevalari va shokolad qirindisi bilan bezating. 
Tayyorlanish vaqti: 1 soat. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling