Qizil qoshliklar


Van Man islohotlari. “Qizil qoshliklar” qo‘zg‘oloni


Download 46.79 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi46.79 Kb.
#1562224
1   2   3   4
Bog'liq
1555408551 74111

Van Man islohotlari. “Qizil qoshliklar” qo‘zg‘oloni.
Eramizning I yillarida yirik amaldor Van Man imperator hokimiyatiga ega bo'lib yer egaligi va quldorlik munosabatlarida islohot o'tkazadi. Bu vaqtda dehqonlarning yersizlanishi kuchayib, katta-katta yer maydonlari alohida qullarda to'planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki deb e'lon qilib, yerni sotishni taqiqlaydi. Qul savdosi ham taqiqlanadi, ammo bu islohotlar amalga oshmaydi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tobora tushkunlikka yuz tuta boradi. Xalq harakatlaridan, so'ng, Xitoy III asr boshlarida uch musiaqil davlat Vey, Shu va U ga bo'linib ketadi.
Xan davrida Xitoy davlati qudratining oshishi madaniyatning yuksalishida ham o‘z ifodasini topgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, bu vaqtda akademiya, kutubxona tashkil qilingan, davlat yozuvchilarga homiylik qilgan, ochiq imtihonlar o‘tkazib, amaldorlarning malakasini oshirgan. Ammo mehnatkash xalq ahvoli og‘ir bo‘lib qolavergan.
Ijtimoiy ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida Dun Chjun - shu, Van Chun va Van Man islohotlar o‘tkazishga harakat qilganlar. Dun Chjun - shu katta yer - mulklarni bir kishi qo‘lida bo‘lishini taqiqlash, tuz va temir monopoliyasi, “quldorlarning o‘z qullarini qatl etish huquqini bekor qilib, quldorlikka barham berish”, soliqlarni kamaytirish, harbiy va mehnat majburiyatlarini yengillashtirishni taklif etgan2.
Xitoyda o‘tkazilgan islohotlar kutilgan natija bermagan. Pirovardida kambag‘allar ocharchilik natijasida ko‘targan qo‘zg‘olonlari tobora kuchayib bordi.
Fan Chun boshchiligida 18 yilda ko‘tarilgan “qizil qoshlar” qo‘zg‘olonida Shandun aholisining ko‘p qismi ishtirok etdi. Van Chun islohotlaridan norozi ayrim zodagonlar ham qo‘zg‘olonga qo‘shildilar. Fan Man rahbarligidagi 10 ming kishilik qo‘zg‘olonchilar lashkari Van Man qo‘shinini mag‘lub etdi. 23 yili Van Man qo‘shini batamol tor - mor etilib, poytaxtni qo‘zg‘olonchilar egallab olishdi.
Lekin 27 yilda “qizil qoshlar” orasiga kirib olgan zodagonlar qo‘zg‘olonchilardan ustun kelib, ularni tor-mor keltirganlar va avvalgi tartibni qayta tikladlar. 184 yilda yana bir katta qo‘zg‘olon ro‘y berdi. Bu Chjan Szyao rahbarligidagi “sariq ro‘molliklar” qo‘zg‘oloni bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilarning qo‘shini bir necha yuz ming kishiga yetgandi va ko‘p sonli qullardan iborat alohida bo‘linmalari ham bor edi. Bu ommaviy, haqiqiy xalq harakati keng tus olganiga qaramay, qo‘zg‘olon bostirilgan. Biroq Xan sulolasi hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qola olmadi. Ko‘pdan-ko‘p qo‘zg‘olonlar Xan davlatini holdan toydirib, davlatni parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi3.
Sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi hukmron sinf bo‘lmish zodagonlarning boyishiga jiddiy xavf tug‘dira boshlaydi. Ijtimoiy islohotlar o‘tkazishga urinishlar qattiq sinfiy kurashni kuchsizlantira olmaydi. Xan davrida Xitoy qay ahvolda bo‘lganligini Van Man islohotlari ochiq namoyish etdi. Van Man davrida qishloq va shaharlarda yashagan o‘rta tabaqa aholining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga va ijtimoiy ziddiyatlarni susaytirishga intilgan. Van Man shu o‘rta tabaqadan chiqqan degan farazlar mavjud. 8 yilda Van Man taxtga chiqib, yangi – Sin sulolasiga asos soldi.
Shu davrda sinfiy ekspluatatsiyani susaytirishni maqsad qilgan nazariyalar tarqala boshladi. Keskin tus olgan ijtimoiy ziddiyatlarni bir qadar susaytirish orqali qo‘zg‘olonlarni bostirishga harakat qilindi. Bu jihatdan Dun Chjun - shu va Van Chun g‘oyalari hamda Van Man islohotlari xarakterlidir.
9 - 10 yillarda Van Man talay islohotlarni amalga oshirdi. Uning g‘oyalarida “Szin tyan” tizimi, ya’ni qadimgi jamoa yer mulkini tiklash islohotlari e’lon qilinadi.
I. Yer islohoti. Zodagonlarga qarashli yerlar musodara qilinib, davlatga tegishli hamma yer “hukmdor yeri” - “van tyan” deb e’lon qilingan. Shu bilan birga yer fondini qaytadan taqsimlashga hamda yer egaligini cheklab qo‘yishga harakat qilingan.
2. Yer va qul sotish taqiqlangan. Qullarni “shaxsiy qaramlar” - “si shu” deb nomlash qulchilikni bekor qilish yo‘lidagi ilk qadam bo‘lsa ajab emas.
3. Davlatning temir, tuz, vino va kon hunarmandchiligi ustidan monopoliyasi vaqtincha susaygan bo‘lsa ham, keyinchalik u yanada kuchaydi.
4. Ishlab chiqarish va savdoni tartibga solish maqsadida, mamlakat xo‘jalik hayoti ustidan qat’iy va amaliy nazorat o‘rnatishda davlat hokimiyatidan foydalanilgan.
Lekin bu islohotlar yuqori tabaqalar tomonidan qo‘llab - quvvatlanmagan. Van Man islohotlari muvaffaqqiyatsiz yakunlandi. 3 yildan keyin, 12 yilda yer islohoti bekor qilindi. Qul sotish va sotib olishga ruxsat yana berildi. Bu yarim islohotlar kutilgan natija bermadi. Ikkinchi tomondan, ular yuqori tabaqalarning manfaatlariga zid bo‘lib, ular o‘rtasida norozilik koltirib chiqardi. I asrning Chjou davridagi qadimgi Xitoy jamiyatida kambag‘al xalqning ahvoli tubdan o‘zgargani yo‘q. Kambag‘allarning qo‘zg‘olonlari, ijtimoiy harakatlari davom etib, tobora kuchayibbordi. 
Urush yillarida mamlakat xo‘jalik hayoti izdan chiqar, shu paytda hukumat qo‘shimcha soliqlar solar edi. Xan sulolasi davrida odatiy soliqlardan tashqari, hosilga qarab natural soliq joriy qilinib, u yeri bor odamlardan olingan; shu bilan birga aholidan olinadigan pul solig‘i joriy qilingan. U Di hukmronligi davri xazina tushumini oshirish maqsadida tuz va temirga monopoliya joriy qilingan. Qul savdosi ham rivojlanib, maxsus qul bozorlari vujudga kelgan.
Qullar soni ko‘payganligiga qoramay, ularning mehnati u qadar foyda bermay qo‘ydi. Qullar mehnatining unumini oshirish maqsadida qullarga kichikroq yer berilib, ularni shaxsiy xo‘jalik yuritishiga ruxsat etilgan.
Ayni vaqtda ijara munosabatlari ham taraqqiy eta borib, dehqonlar boylar yerini hosilning 50% evaziga ijaraga olganlar. Ijara haqining yuqoriligi tufayli ko‘plab dehqonlar asoratga tushganlar.
Xan davrida Xitoyning tashqi savdosi o‘sib, istilochilik siyosati keng ko‘lamda yuritildi. Xitoyliklar miloddan avvalgi II asr oxirlarida, imperator U Di davrida (miloddan avvalgi 140 - 87 yillar) g‘arbning uzoq joylari, O‘rta Osiyogacha, “G‘arbiy chet joy” (Si yuy) deb atalgan mamlakatga qadar kirib borganlar. Xitoy karvonlari Sharqiy Turkiston orqali Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi o‘lkalarga yetib borgan. Xitoyliklar ayniqsa Farg‘ona bilan savdo munosabatini o‘rnatganlar. Xitoy mollarini Eron savdogarlari bu yerdan Suriya, Eron, hatto Rim imperiyasigacha olib borganlar.
Muhim savdo yo‘li – “Buyuk Ipak yo‘lini” qo‘lga kiritishga intilish, istilochilik siyosatini davom etishiga sabab bo‘ldi. Xitoylik sarkarda va diplomat Ban Chao (miloddan avvalgi 32 - 102 yillar) Sharqiy Turkistonga bir necha marta qo‘shin tortib borgan va bu yerni istilo qilgan. Xitoylikar sharqda Koreya, Hindi - Xitoyning ayrim hududlariga ham kirib borib, Hindistonga yo‘l ochmoqchi bo‘lganlar. Tashqi savdo va istilochilik siyosati kengayib borishi oqibatida zodagonlar yanada boyiganlar.




Download 46.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling