Qizil qoshliklar


Download 46.79 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi46.79 Kb.
#1562224
  1   2   3   4
Bog'liq
1555408551 74111


Xitoydagi Xan imperiyasi


Reja:


1. Xan davlati vujudga kelishi.
2. Van Man islohotlari. “Qizil qoshliklar” qo‘zg‘oloni.
3. Xitoy madaniyati. Diniy e’tiqodlar.


Xan davlati vujudga kelishi.
Er. av. 246-yil Sin taxtiga o'n yoshli Chjen chiqdi. Er. av. 238-yil yosh podsho Chjen o'ziga qarshi fitnani fosh qiladi. Eramizdan avalgi 230-yil asosiy raqib Xan podsholigini, er. av. 228—22I-yiIlarida esa boshqa beshta podsholiklarni bosib oladi. Eramizdan avalgi 22I mamlakatni birlashtirish tugallanadi. 28 yoshli In Chjen «Sin sulolasining birinchi imperatori» Sin Shixuandi unvonini qabul qiladi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga ko'ra ershi («ikkinchi»), san'shi («uchinchi») va toki o'n ming avlodgacha ular nihoyasiga merosxo'r bo'ladilar deb tantanali e'lon qiladi. Ammo bu davlat bor yo'g'i 14 yil yashadi. Mamlakat hududi 36 yirik ma'muriy okrugga bo'lingan, har bir okrug uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar esa bir necha jamoadan iborat edi. Okrug boshlig'i va okrug qo'shin boshlig'i imperator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig'i esa uyezd boshlig'i va ularning muovinlarini tayinlagan. Imperatorning ikki maslahatchisi bo'lib, ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar1.
Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, imperator oilasi bo'Iimi va inspeksiya nazorat bo limlaridan tashkil topgan. Qat'iy markazlashgan davlat boshqaruvi aparatida eng quyi bo'g'inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat aholi hayotini barcha jabhalarini qat'iy bir qolipga soldi: cJiolidan barcha qurollar tortib olinib, qo'ng'iroqlar qo'yildi. Mamlakat bo'yicha yozuv, pul, tanga, o'lchov birliklari unifikatsiya qilinca, beqiyos, shavqatsiz ruhda bo'lgan yagona qonunchilik tizimi joriy qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan, o'lim jazosi barcha ayblar uchun qo'llanilgan. Ommaviy ravishda katorga ishlariga surgun qilingan. Odamlar Sin davridan oldingi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan oldingi yozuvdagi asarlarni yo'q qilishga buyruq berilgan. Qadimiyatga e'tiqod qilganlari uchun yuzlab Konfutsiy ta'limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo'q qilingan. Butun Xitoy aholisi og'ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko'rilmagan qurilish: 5 ming km. - uzunlikdagi buyuk devorni bunyod qilishga kirishildi.
Yapon imperator saroyi va tog' ichida o'yilgan imperator sog'onasi qurilib, sog'onaga balandligi o'rtacha odam o'lchovida bo'lgan 6 ming jangchi haykaUari joylashtirildi va Xitoyni butun hududi aholisi bu qurilishlarga zo'rlik bilan haydab kelindi. Imperator qo'shinni shimolga xunlarga qarshi va Yanszi daryosi va Janubiy Xitoy dengizi oralig'i havzasidagi mamlakatlarni ishg'ol qilishga yuborildi.
Er. av. 207-yilda xalq qo'zg'oloni Sin sulolasini ag'darib tashladi. Qo'zgolon boshliqlaridan biri mayda amaldor Lyu Ban eramizdan avalgi 202-yil «Xan vani» .unvoni.; qabul qilib, Xan imperiyasiga asos soladi. Bu sulola Xitoyda eramizning III asrigacha hukinronlik qiladi. Imperator Gao-szu (Lyu-Van) (er. av. 202—195- yillar) xalqni ahvolini yengillashtiradigan tadbirlarni amalga oshiradi. Qarzi uchun qul qilinganlar qullikdan ozod qilinadilar, jamoalarga vaqtinchalik imtiyozlar berilib, soliqlar Sin davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilni I/15 qismini tashkil etdi. Keyingi imperator Syao Ven-di (er. av. 180—165-yillar) xalqni ahvolini yana yengillashtirdi. U saroy xarajatlarini kamaytiradi, dehqonlardan olinadigan yer solig'ini kamaytiradi. Qarindoshining jinoyati uchun jazo berishni, imperatorni haqorat qilgani uchun jazoni bekor qiladi. Iqtisodiy taraqqiyot er. av. II asrda Sariq dengizdan boshlanib O'rtayer dengizigacha borgan Buyuk ipak yo'li shakllandi.
Imperator U-di (eramizdan avalgi 104-87-yillar) boshqaruvi yillari Xan imperiyasining eng gullab-yashanagan davri edi. U-di markazlashtirish siyosatini olib boradi. Vanlarga meros mulkni faqat katta o'g'li emas, balki barcha o'g'illari o'rtasida taqsimlash joriy etiladi. Natijada merosiy mulklarning hajmi keskin qisqarib ular amalda hokimiyatdan mahrum bo'ladilar. Markaziy davlat apparati mustahkamlanadi. Okrug amaldorlari faoliyatini nazorat qiladigan nazorat inspektori qayta tiklanadi. Okrug bosh- Hqlari tomonidan arnaldorlik vazifasiga qobiliyatli kishilarni muntazam tavsiya etish tizimi joriy qilinadi. Imperatorning birinchi maslahatchisining vakolat doirasi cheklanadi. Imperator kanselyariyasi tashkil etilib, U-di joylarni boshqarish tizimlarini faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi. Konfutsiylik davlatning yagona mafkurasi sifatida qabul qilingan. U-di faol istilochilik siyosatini olib boradi.
U shimolda ko'chmanchi xunnlar hududini bosib olishga harakat qiladi. Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan va O'rta Osiyo bilan birinchi aloqalarni o'rnatadi. U-di eramizdan avalgi 139-yilda o'z elchisi Szyan Syanni O'rta Osiyo (G'arbiy o'lka)ga yuborgan, elchi o'n yildan keyin Xitoyga qaytib keladi. Xitoyliklar Farg'ona, Baqtriya va Parfiya to'g'risida bilimga ega bo'ladilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o'rnatadilar. Ana shu vaqtda Xitoy O'rta Osiyodan uzum, poliz ekinlari, musiqa asboblari, idishtovoqlarni o'zlashtirib oladi. Keyinchalik Xitoy O'rta Osiyodan budda dinini qabul qiladi. Xitoy Hindistonga boradigan yo'lda Yuanyan va Sichuanni bosib oladi. Eramizdan avalgi 109-yilda Koreya yarim orolidagi Choson davlatini bosib olgan.



Imperator U-dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixida ≪oltin davr≫ deb hisoblandi. Xan davrida qullarning soni oshdi. Xususiy davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud edi. Manbalar bu davrdagi yirik quldor xo'jaliklari, qul bozorlari to'g'risida ma'lumot beradi. Er. av. II—I asrlarda xalqning iqtisodiy ahvoli yana og'irlashadi, yer va boshqa boyliklar oldi-sotdisi keng tus oladi. Qarzi uchun o'zi va oila a'zolarini qul qilish yana rivojlanadi. Yer katta yer egalari qo'lida to'plana boshlaydi, qaram dehqonlar ko'payadi. Yer ijara haqi juda yuqorilab ketadi. Yollanma mehnat keng tarqaladi.

Download 46.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling