Qizil qoshliklar


Xitoy madaniyati. Diniy e’tiqodlar


Download 46.79 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi46.79 Kb.
#1562224
1   2   3   4
Bog'liq
1555408551 74111

Xitoy madaniyati. Diniy e’tiqodlar.
Ilk Xitoy yozuvining eng qadimgi yodgorliklari er. av. XIV—XI asrlarga oid fol ko'rish yozuvlaridir. In yozuvlarining ko'pchilik qismi buyumlar tasviridir. In belgilari buyumlar tasviri yoki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko'pgina tasvirlar qo'shilmasi ideogramma ko'rinishidadir. In belgilarining hozirgi Xitoy iyerogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor. Birinchidan, har bir elementar belgi qandaydir buyumning konturini tasvirlagan, ikkinchidan, bir belgilini yozilishida ko'p xilma xillik mayjud. Uchinchidan, belgini qatorning nisbiy yo'nalishiga tomon harakati hali barqaror bo'lmagan. In yozuvining er. av. I ming yillikda Chjoular tomonidan o'zlashtirilishi, uning taraqqiyotini uzib qo'ymadi. Er.av. II—I ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variantlari unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo bo'ldi.
Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog'och yoki bambuk taxtachalariga yozilgan. Tushli mo'yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushirilgan va yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. Eramizdan avalgi I ming yillikning o'rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog'oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog'oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.
Eng qadimgi Xitoy she'riyati namunalari eramizdan avalgi XI—VI asrlarda jez ko'zalardagi yo7\ivlarda yetib kelgan. «Shiszin» («qo'shiqlar kitobi») — qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo'limga bo'lingan («Podsholik axloqi», «Kichik bdalar», «Buyuk odalar», «Madhiyalar») 305 poetik asarlar majmuasidan iborat «Shiszin» an'analari eramizdan avalgi IV asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan o'zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do'mbira shaklini eslatadigan tosh uyumlarda yetib kelgan, shu sababli, ular «Tosh do'mbiralar»dagi matnlar deb ataladi. Eramizdan avalgi IV asrda mashhur Syu Yuan, Xan davrida Sima Syan-Ju kabi shoirlar ijod qilgan.
Musiqa, poeziya va raqs kabi san'at janrlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan asboblarga^bo'lingan. Ko'pgina musiqa asboblari eramiznmg birinchi, ikkinchi asrlarida O'rta Osiyodan o'zlashtirib olingan. Xitoy me'morchilik san'atida yog'och asosiy xomashyo edi.
Xan davrining noyob me'morchilik yodgorligi imperiya poytaxti Chanyan shahri 12 darvozali devor bilan o'rab olingan. Baland ko'p xonali imperator saroyi, ma'muriy binolar va ibodatxonalar shaharning ko'rki edi. Ma'muriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil rangda bo'yalgan. Xan davrida portret san'ati yuksak darajada bo'lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.
Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa, matematika rivojlangan. Eramizdan avalgi ikkinchi asrda to'qqiz kitobdan iborat «matematika» traktati tuzildi. Bunda oldingi olimlarning bilimlari proporsiya, progress, bo'lishlar bayon etilgan. Pifagor teoremasi va boshqalar to'plangan. Matematika bilan yonma-yon astronomiya fani ham rivojlandi. Er. av. 104-yilda bir yil 365,25 kun hisoblab chiqildi. Shu yil qabul qilingan kalendar eramizning 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalendar bo'yicha yil 12 oyga bo'lindi.Qo'shimcha oy kabisa yiliga qo'shilib 3 yilda bir marta belgilangan. Quyosh-oy kalendari qishloq xo'jalik ishlariga moslashtirilgan. Qadimgi Xitoyda tibbiyot sohasida katta yutuqlarga erishildi. Er. av. Ill asrda Xitoy shifokorlari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar. 280 davolash usulini qo'llaganlar.
Xitoyda diniy e’tiqodlar o‘ta qadim zamonlarda shakllangan. Klassik adabiyot asarlarida qadimgi muqaddas matnlar bo‘lganligini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar saqlangan. Bu matnlarni dindor odamlar e’zozlaganlar. Ammo miloddan avvalgi VI - V asrlarda ma’lum shaklga kirgan va eng so‘nggi dinlarga asos bo‘lgan diniy - falsafiy tizimlar Xitoyda ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Konfutsiyning diniy - falsafiy tizimi Xitoy madaniy xayotida katta ahamiyatga ega bo‘lib, u qadimgi zamonda rom ochuvchilarning maktablarida ta’sis qilingan. Konfutsiyning shaxsiy hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar bizda juda kam, faqat u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha nomlar, sanalar va uning qayerda vafot etgani ma’lum, xolos.
Konfutsiy o‘zicha yangilik kiritishga urinmayotganini bir necha marta uqtirgan. U “men mavjud narsani o‘rgatayotibman, o‘zim o‘ylab chiqarmayman” deydi. Konfutsiy tizimida tarbiya elementlariga katta e’tibor berilgan. Quldor zodagonlar bu diniy falsafiy tizimdan foydalanib, kishining xarakteriga yuvoshlik, itoatkorlik va o‘zidan kattalar hamda rahbarlarga bo‘ysunish ruhini singdirishga harakat qilgan. Konfutsiy tarbiya kishi hayotida g‘oyat katta o‘rin tutadi deb bilgan. Shuning uchun Konfutsiy falsafasi odam xarakterini o‘zgartirish zarurligi va butkul o‘zgartirishga oid aqidani ilgari surgan. Konfutsiychilik har bir odamni sinfiy nuqtai - nazardan kamolotga yetkazish muqarrar va zarur degan g‘oyani shu tezis asosiga qurgan. Konfutsiy ta’limotiga doir kitoblarda shunday deyiladi: “Odamlarning hammasi ham tug‘ma xususiyatiga ko‘ra o‘zaro yaqin. Tug‘ilgandan keyin hosil qilgan xususiyatlariga ko‘ra ular bir - birlaridan farq qiladilar.”
Konfutsiy ta’limoti quldorlarning mehnatkashlar ommasini ekspluatatsiya qilishiga oid qoidaga asoslangan sinfiy nuqtai – nazari ochiq ifodalangan, ya’ni “avom xalq zodagon va donishmandlarga itoat qilish kerak”. “Agar avom yuqori tabaqa va o‘qimishli kishilarga itoat qilmay qo‘ysa, mamlakatda osoyishtalik bo‘lmaydi.” Bu fikr konfutsiychilikka doir mashhur “Meyorlilik va doimiylik” kitobida quyidagi so‘zlar bilan bayon etilgan: “Oddiy xalqning yuqori tabaqaga itoatsizligi tartibsizlikning boshlanishidir”. Yana shu kitobda “donishmand” xaloyiqqa qarama - qarshi qo‘yiladi. “Donishmand” deganda zodagonni anlash kerak, albatta. Konfutsiy ta’lim berib, “donishmand hamisha meyoriylik va doimiylikka rioya qiladi, avom xalq esa meyoriylik va doimiylikka zid ish ko‘radi. Meyoriylik va doimiylikka amal qilgan donishmand bu bilan faqat odoblilik va yaxshilik qiladi, ammo bu qoidaga amal qilmaydigan avom xalq esa, hech narsani farqiga bormay, duch kelgan ishni qiladi”4
Shunday qilib, bu meyoriylik va doimiylikka da’vat qiluvchi qadimgi xitoy faylasufi joriy qilmoqchi bo‘lgan sinfiy muvozanat sinfiy kuchlar uyg‘unligi g‘oyasini tashviq etmoqchi bo‘ladi.Bu sinfiy muvozanat nazariyasi konfutsiychilik kitoblarida juda puxta ishlab chiqilgan. Konfutsiychilik xoja va xizmatkor, ota-ona bilan farzandlar, er-xotin, kattalar va yoshlar, do‘st - yorlar o‘rtasida alohida munosabatlar o‘rnatishni, ya’ni rivoyatlarga ko‘ra, eng qadimgi patriarxal davrda mavjud bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni targ‘ib qiladi.
Konfutsiychilik ta’limotida sinfiy jamiyat va quldorlik davlati faqat ana shunday patriarxal davrda mavjud bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni targ‘ib qiladi. Konfutsiychilik nuqtai - nazaridan sinfiy hokimiyat va quldorlik davlati faqat ana shunda patriarxal munosabatlarning, jamiyat va davlatda ideal muvozanat saqlashni o‘ziga maqsad qilib olgan munosabatlarning doimo saqlanishi asosidagina tinch yashashi mumkin emas.
Shu bilan birga konfutsiychilik diniy falsafasida: “Birlik tufayli zodagonlar va hokimlar jahonda namuna bo‘lmoqdalar” deyiladi. Ikkinchi tomondan, ushbu ijtimoiy - falsafiy ta’limotda katta boylik orttirgan va erkin jamoa a’zolari, kambag‘allar, jumladan, qullarni shafqatsiz ekspluatatsiya qiluvchi boylar ayovsiz fosh qilingan: “Agar boylar va zodagonlar kibrlanib ketsalar, o‘z boshlariga baxtsizlik keltiradilar.” Lao - szi xalqni ezuvchi hukumatga qarshi yana keskinroq gapiradi. “Xalq shuning uchun xam ochki, soliqlar haddan tashqari katta”. Lao - szi odamlar uchun faqat baxtsizlik keltiruvchi urushga qarshi ayniqsa qattiq gapiradi. “Yaxshi qo‘shin - baxtsizlik tug‘diruvchi vosita, tirik jon borki, hammasi uni yomon ko‘radi. O‘ziga g‘alaba bilan shuhrat keltirmoq - kishilarni o‘ldirishdan xursand bo‘lmoqdir. Mamlakatda mehr - muxabbatga sazovor bo‘lolmaydi. Ko‘plab odamlarni o‘limidan achchiq ko‘z yoshi to‘kmoq kerak, xolos.
G‘alabani esa motam marosimi deb bilmoq kerak”. Lao - szining boshqa aksariyat fikrlari singari, bu so‘zlarida ham kurashdan chetga chiqish va voz kechish, urushga nafrat bilan qarash ruhi ochiq sezilib turadi. Shu bilan birga eski patriarxal turmushga qaytish zarurligi va xalqni madaniy jihatdan qoloq xolda saqlash to‘g‘risidagi, shubhasiz, reaksion fikrlar kelib chiqadi. Masalan, Lao - szi bunday deydi: “Xalqning bilimi ortsa, uni boshqarish murakkablashadi”. 




Download 46.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling