Qizilqum cho’li Reja: Kirish
Qizilqum cho`llari tabiatidan foydalanish va muhofaza qilish masalalari
Download 96 Kb.
|
qizik qum
Qizilqum cho`llari tabiatidan foydalanish va muhofaza qilish masalalari
XXI – asr boshlanishida insoniyat oldida turgan eng jiddiy ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri, bu cho`llanish muammosidir. Cho`llanish, asosan arid mintaqa uchun xos bo`lib, yer, suv, o`simlik va boshqa resurslarning degeradatsiyalashuvidir (fr.degredation – asta-sekin yomonlashuvi). Cho`llanish deganda tabiiy-geografik va antropogen jarayonlarning o`zaro ta‘siri yig`indisi bo`lib, arid hududlardagi ekosistemalarni yemirilishi, organik hayot shakllarining degeradatsiyalashuvi va bu hududlarning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarining pasayishi tushuniladi. Cho`llanish jarayoni oqibatida ekologik vaziyatning yomonlashuvi Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O`zbekiston hududi uchun ham nihoyatda muhim va dolzarb muammodir. Tabiiyki, O`zbekistonda Sobiq ittifoqdan qanday ekologik holat qoldi degan savol tug`iladi? Ming afsuski, 70 yillik totalitar tuzumidan nihoyatda xatarli ekologik vaziyat va ekologik tanglik qoldi, xolos. BMT ning 48 sessiyasida (1993 yil, sentyabr) O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning so`zlagan nutqida – «………. biz iqtisodiyoti haddan tashqari izdan chiqqan va ekologiyasi buzilgan respublika bo‘lib ……, bu hudud aslini olganda, sobiq SSSR tarkibida faqat xom-ashyo manbai bo‘lib, bu yerdan arzon xom-ashyo olib chiqib ketilgan1»ligi qayd etilgan edi. Bu esa yillar o`tgan sayin vahimali sur‘atda avj olib borgan ekologik tanglik ostonasiga olib keldi. Suv resurslaridan uzoqni ko`rmay pala-partish foydalanish, pirovard natijada Orol dengizining qurishiga, katta maydonlardagi yerlarning sho`rlanishiga va boshqa ko`pgina og`ir ekologik oqibatlarga sabab bo`ldi. Inson xo`jalik faoliyatining kuchli ta‘siri natijasida O`zbekiston hududining 60%dan ko`proq maydonida har xil darajada cho`llanish jarayoni sodir bo`layapti. Cho`llanish jarayonining shiddatli borishi ko`pgina sotsial-iqtisodiy va ekologik oqibatlarga olib kelmoqda. Avvalo shuni aytish kerakki, O`zbekiston hududida cho`llanish barqaror yo`nalishga (tendentsiyaga) ega bo`lib, bu jarayon chuqurlashib va kengayib bormoqda. Suv resurslarining tobora kamayib, ularning sifati yomonlashib borishi, bozor munosabatlariga o`tish davrida iqtisodiyotdagi va ekologiyadagi qiyinchiliklar munosabati bilan sug`orishda ishlatiladigan suvlar sifatining hamda gidromeliorativ tizimlar texnik holati sifatining yomonlashuvi (ko`p joylarda bo`ylama zovur quduqlarining ishdan chiqishi, yopiq yonlama zovur-oqova suvlarni chiqarish oqimlarini samaradorligini pasayishi va boshqalar), sug`oriladigan yerlar sho`rlanishini doimo monitoring o`tkazib turishning yo`qligi bilan bog`liq holda keyingi yillarda Qizilqumda tuproqlarning ikkilamchi sho`rlanish jarayonining tezlashishi kuzatilmoqda. Bunga sabab umuman O`zbekiston bo`yicha, ayniqsa sug`oriladigan yerlarda o`tgan asrning 60-yillariga nisbatan yer osti suvi sathining ko`tarilib ketishidir. Markaziy Osiyoda ekologik vaziyat jiddiylashuvining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari aholi migratsiyasining paydo bo`lishiga ham sabab bo`ldi. Masalan, Orol dengizining qurishi tufayli Orolbo`yi rayonidan bir necha ming oilaning ko`chib ketishiga sabab bo`ldi. Cho‘l landshaftlari resurslaridan samarali foydalanish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega, sababi landshaft resurslari tarkibidagi o‘simlik zahiralari yoki cho‘l hududlarining yaylovlaridan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘lib, qo‘shimcha daromad to‘plashda asosiy manbalardan hisoblanadi. Cho`llarning shimoliy hududlarida ham qo‘y chorvachiligini rivojlantirish uchun qulay yaylov fondi mavjud. Bu mintaqalardagi saksovulli-jusanli yaylovlar eng hosildorli o‘tloqlar qatoriga kiradi. Ularning saksovulli-jusanli yaylovlari 60% ni, buyurgunli-jusanli va qorasaksovulli yaylovlari esa 40% ni tashkil etadi. Keyingi yillarda cho`llarning shimoliy hududida artezian quduqlari orqali tabiiy yaylovlarni suvlantirish boshlandi va sekundiga 20-100 litr suv yetishtirib beradigan quduqlar ishga tushirildi. Natijada tez vaqt ichida faqat o‘z-o‘zidan suv chiqarib beradigan yirik skvajinalar va 30 dan ortiq shaxta tipidagi quduqlar ishga tushirildi. Bu hududda ixtisoslashgan qo‘y chorvachiligi xo‘jaliklarini tuzishga va chorva mollarining bosh sonini ko‘paytirishga zamin yaratmoqda. Amudaryoning chap va o`ng qirg‘oqlarida joylashgan tumanlardagi qo‘y chorvachiligi, tuyachilik tarmoqlari uchun foydalanishga yaroqli yaylovlar mavjud. Ularni suv bilan ta’minlash deqhonchilik hududlarida tayyorlanadigan yem-xashak va yaylovlar hisobidan yetarli hajmda ozuqa balansini tuzish mumkin. Xullas, Markaziy Osiyo uchun cho`llanish jarayoni jiddiy xavfdir. Markaziy Osiyo davlatlari sobiq Ittifoq davrida ayniqsa keyingi qirq yilda (1950-1990 y.) salbiy ekologik, iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlarga duch keldi. Hozirgi davrda esa murakkab, ko`p qirrali, qarama-qarshi va sohalararo mazmunga ega bo`lgan bu ekologik muammolarni yechish talab qilinadi. Shu bois uning muhim qismi bo`lgan cho`llanish jarayonini tadqiq qilishda va uni baholashda yangicha harakat, fikr va yondoshuvlar zarur. XULOSA Mavzuni o’rganib shuni xulosa qilamizki, cho’l tabiat resurslaridan samarali foydalanishda quyidagilarni amalga oshirish lozim. - cho‘l hududlarini chorvachilikda foydalanishning samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligidan olinadigan yalpi ichki mahsulotning hajmini ko‘paytirishga va qishloq joylarida aholining yashash sharoitini yuksaltirishga mustahkam poydevor tuzishga zamin yaratiladi. - ikkilamchi sho‘rlanishlarning paydo bo‘lishi va sho‘rlashgan yerlar ko‘lamining kengayib borishini oldini olish chora –tadbirlarini ishlab chiqish; - tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishga uchraganligi va ayrim turlarni yo‘qolib ketishini oldini olish; - kimyoviy va mineral o‘g‘itlarni me’yoridan ortiqcha qo‘llanilishi oqibatida suv, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosining zararlanishi hamda qishloq xo‘jalik ekinlari, aholi orasida turli kasallliklarni kelib chiqishini oldini olish; - sug‘orish tizimlari va inshootlarini qayta rekonstruksiya qilish; - o‘zlashtirilgan yerlardan samarali foydalanish, tabiiy va iqtisodiy geografik omillarni hisobga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarini landshaft tiplariga moslashtirib joylashtirish; - buzilgan antropogen landshaftlarni rekultivatsiya qilish va ularning geoekologik muvozanatini tiklash; - ayniqsa o‘simliklari nobud bo‘lgan gaz va neft quduqlari atrofidagi yerlarda fitomeliorativ ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. - qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida yer resurslaridan foydalanishni ilmiy asosda oqilona tashkil etish va yer resurslarini muhofaza qilish uchun ham ekologik jihatdan, ham iqtisodiy nuqtai – nazardan samarador bo`lgan tadbirlar majmuasini belgilashni taqoza etadi. - O`rta Osiyo cho‘llarini kompleks o‘rganish va shu asosda ulardan samarali foydalanish va muhofaza qilishning geografik asoslarini ishlab chiqish. Cho‘llarda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni yaxshilash, muhofaza qilish, mavjud ekologik muammolarning yechimini topish, barqaror rivojlanishning asosi hisoblanadi. Download 96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling