Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi
Download 0.82 Mb.
|
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identiv o’quv maqsadlari
- 3-savol bayoni
- Mahmudxoja Behbudiy (1871-1919
- Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878-1931)
Nazorat savollari:
1. XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida Turkistonda nashr etilgan qanday gazeta va jurnallarni bilasiz? 2. Bu gazeta va jurnallarda jadidchilik harakati tarixiga oid qanday ma’lumotlar uchraydi? 3-asosiy savol: Jadidchilik harakatining yirik namoyondalari. Dars maqsadi: Jadidchilik harakatining yirik namoyondalari haqida batafsil ma’lumotlar berib, Vatan va jamiyat taraqqiyoti uchun qo’shgan hissalarini tushuntirib berish. Identiv o’quv maqsadlari: 3.1. M.Behbudiy, M.Abdurashidxonov, A.Fitrat faoliyatlarini o’rganadi. 3.2. Cho’lpon, Hamza, A.Avloniy faoliyatlarining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi. 3.3. Ma’rifatparvar ayollar to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’ladi. 3-savol bayoni: Turkiston o'lkasi xalqlari XX asr boshlarida yaqinlashib kelayotgan ozodlik va erk uchun kurashning qudratli larzalari nafasi bilan yashadilar. Bu davrda Turkistonda demokratik harakat ikki yo'nalishda namoyon bo'ldi. Birinchisi, sotsial-demokratik harakat bo'lib, bu harakatning asosiy namoyandalari Rossiyadan turli taqdirlar taqozosi bilan o'lkaga kelgan rusiyzabon xalqlarning vakillari edilar. Tub yerli mahalliy xalq ularga yotsirab, begonasirab qaradi. Kelgindi sotsial-demokratlar ilgari surgan g'oyalar Turkiston mehnatkashlariga tushunarsiz bo'lganligidan ularga ergashmadilar ham. Turkistonning tub yerli mahalliy xalqi demokratik harakatning asosan ikkinchi yo'nalishiga ergashdilar. Chunki bu yo'nalishda ilgari surilgan g'oyalar tub yerli mahalliy millat vakillarining intilishlari, qiziqishlari va tub pirovard maqsadlarini ifoda etar edi. Turkistondagi demokratik harakatning ikkinchi yo'nalishi asosan jadidchilikda o'z aksini topdi. Bu harakatning atoqli va ko'zga ko'ringan vakillari Ismoil Gaspirinskiy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev va boshqalar bo'lib, ular milliy istiqlol, erk va ozodlik g'oyalarini ilgari surdilar, haqiqat va adolat uchun kurashdilar. Ulug' ajdodlarimizning bosib o'tgan tarixiy vatanparvarlik kurash yo'llari mustaqil O'zbekiston yoshlari uchun o'rnak va namunadir. Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan Mahmudxo'ja Behbudiy (1871-1919)dir. U tarixda «Turkiston jadidlarining otasi» deb nom olgan. Mahmudxo'ja Behbudiy istiqlol uchun kurashning oldingi saflarida borgan yalovbardorlardan edi. Fayzulla Xo'jayev Behbudiy haqida bunday degandi: «Sivosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan o'sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo'lmasa kerak». Behbudiy Gaspirinskiy yo'lga qo'ygan «usuli jadid» maktablarini Turkistonda qaror toptirishda, ularni darslik va qo'llanmalar bilan ta`minlashda jonbozlik ko'rsatadi. Yangi tipdagi maktablarning milliy-madaniy taraqqiyotimizda muhim omil bo'la olishi mumkinligi haqida o'nlab maqolalar yozadi. «Muntaxabi jugrofiya umumiy» («Qisqa umumiy geografiya»), «Kitobat-ul atfol» («Bolalar maktubi»), «Muxtasari tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyoti islom», «Madhali jug'rofiyai umroniy («Aholi geografiyasiga kirish»), «Muxtasari jug'rofiyai Rusiy» («Rusiyaning qisqacha geografiyasi») kabi darsliklar yaratadi. Nashriyot tashkil qilib, darsliklar va qo'llanmalar, xaritalar bosib cliiqargani ma'lum. Bular ilk o'zbek maktablari uchun tuzilgan darslik va qo'llanmalar sifatida emas, til-yozuv madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtayi nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Jadidichilik harakatining yirik vakillaridan bo'lgan Munavvar Qori Abdurashidxonov (1878-1931) Ismoil Gaspirinskiyning o'qish va o'qitish, madrasa va maktab islohotiga oid fikrlarining Turkistondagi otashin targ'ibotchilaridan biri edi. Bunda Bog'chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Tataristonda chop etilgan «Vaqt», «Yulduz», Istanbulda bosilgan «Siroti mustaqim» (uTo'g'ri yo'l»), kabi matbuot nusxalarining Turkistonga turli yo'llar bilan tarqalishi katta o'rin egalladi. Munavvar Qori 1901-1904-yillarda qrimlik do'sti Rasim Kishod yordamida Toshkentda «usuli sovtiya» maktabini ochadi. 1910-yilga kelganda bunday maktablar 10 tagacha yetadi. Chor ayg'oqchisi 1912-yilda bunday yozgan edi: «Toshkent shahrida yashab turgan Munavvar Qorining hozirgi paytda 80 o'quvchisi bor. Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asoschilaridandir. U 1906-yil sentabrda «Xurshid» («Quyosh») jaridasini nashr etdi va unga muharrirlik qiladi. «Najot» (1917-vil). «Kengash» (1917-yil), «Hurriyat» (1917-yil), «Osiyo», «Haqiqat», «Turon» kabi matbuot nashrlarida muharrirlik qiladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling