Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Abdulla Avloniy (1878-1934)


Download 0.82 Mb.
bet16/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

Abdulla Avloniy (1878-1934) o'zbek xalqining atoqli shoiri, muallimi va mutafakkiri, jadidchilarning yetuk vakillaridan biridir. U o'z tarjimayi holida: «Turli gazeta va jurnallar o'qishga tutindim. 1904-yilda jadidlar to'dasiga kirdim. Mirobodda «usuli jadid» maktabi ochib o'qituvchilik qila boshladim», deydi.
Abdulla Avloniy o'zi ochgan maktab uchun to'rt qismdan iborat «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklar va o'qish kitobini yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko'mak ko'rsatuvchi «Jamiyati xayriya» tashkil etdi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob do'konini ochadi.
U 1913-yilda tashkil etilgan professional «Turon» nomli teatri to'garagining tashkilotchilaridandir. Bu to'garak keyinchalik Hamza tomonidan tashkil etilgan truppa bilan qo'shilib hozirgi bosh drama teatri Hamza nomidagi hozirgi Milliy davlat akademik teatriga asos bo'ldi. Avloniy to'garagidan keyinchalik mash­hur inqilobchi va madaniyat arboblari bo'lib tanilgan Nizomiddin Xo'jayev, G'ulom Zafariy, Shokirjon Rahimiy, Shamsiddin Sharofiddinov (Xurshid), Mannon Uyg'ur singari ulug' shaxslar yetishib chiqdilar. Ular jadid yozuvchilar: Mahmudxo'ja Behbu­diy, Hamza, Abdulla Qodiriy asarlarini sahnalashtirar va asosiy rollarni o'zlari o'ynar edilar. 1916-yilda ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib «Turon» gruppasi bilan birga «Layli va Majnun» spektaklini sahnalashtiradi. Abdulla Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Ayni chog'da Avloniy o'z teatri uchun «Pinak» (1915), «Advokatlik osonmi?» (1916) kabi sahna asarlari yozib beradi va ularni sahnalashtiradi. Bundan tashqari u tatar va ozarbayjon jadid vozuvchilarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima ham qilgan.
Davr va zamon nafasi hozirjavob ma'rifatparvar va demok­ratik shoirlardan biri Hamza (1889-1929)dir. Hamza 1909-yilda Buxoroga va so'ngra Toshkentga borgan kezlarida mahalliy xalqlar orasida boshlangan ijtimoiy-siyosiy ishlarga, «Milliy anjumanlar»ga faol qatnashadi va milliy istiqlol uchun kurashga tortiladi.
Hamza buyuk ijodkor sifatida yozib qoldirgan she'riy, prozaik va dramatik asarlarida mehnatkash oddiy xalq ommasining intilish va qiziqishlarini, ularning haqsizlik, adolatsizlik va xo'rlikka qarshi haqqoniyat uchun kurashlarini aks ettiradi. Hamzadan qolgan «Devon»ga shoirning 1905 1914-yillarda yozilgan 177 she'riy asarlari, shu jumladan, 150 g'azal, 27 murabba`, muxammas va musaddaslar kiritilgan. Bu asarlarning barchasida Hamza «Nihoniy» («Yashirin») taxallusini qo'llagan. Devonga kiritilgan 12 asar fors-tojik tilida yozilgan. Hamza she'riyatida oliyjanob insoniy fazilatlar, sof sevgi-muhabbat, xalqqa, millatga sadoqat ulug'lanadi, ma'rifat, madaniyatga da'vat kuylanadi. Bu borada Hamzaning «Yig'la Turkiston» she'ridagi quyidagi satr ibratlidir:
Yig la, yig 'la, Turkiston, yig 'la Turkiston,
Ruhsiz tanlar tebransun, yig'la, Turkiston.
Qo`l ushlashing, birlashing emdi, Turkiston,
Ma 'rifatni xushlashing kelmay tobuston,
Kinalarni tashlashing, bitsun jahliston,
Taraqqiyga boshlashing, o'lsun sidkislon.
Maktab oching, bayonlar, bo'ling himmatli,
Bo 'Isun о 'qub sibyonlar oliy g 'ayratli,
Shoyad bo Jsun millatga sodiq xizmatli,
Bu ko'ngullar quvonsun qolmay hasratli.
Darig' tutmang ilm uchun ketsa molu jon,
O'quv far zligi ming yil Qur 'onda farmon.
Ma 'rifatsiz topulmas ahkomi imon,
Ilmsizga aytulmas komil musulmon.
Hamza ijodiy dunyoqarashining shakllanishida uning 1911-yilda Afg'oniston, Hindiston, Makkai mukarrama, Madinai munavvara, Shorn, Bayrut, Istanbul kabi xorijiy mamlakatlar va shaharlarga qilgan safari katta rol o'ynadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling