Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Download 0.82 Mb.
bet21/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

Asosiy savollar:

  1. Turkistonda dastlabki jadid maktablari.

  2. Jadidlar tomonidan hozirgi O`z.MUning milliy asosi – Musulmon xalq dorilfunining tashkil etilishi.



Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: “Usuli savtiya”, boshlang’ich jadid maktablari, etti yillik jadid maktablari, “Ustodi avval”, “Adibi avval”, “Adibi soniy”, “oxranka”, rus-tuzem maktablari, Musulmon xalq dorilfununi, Turkiston xalq universiteti, ToShDU, O’zMU, Munavvar Qori Abdurashidxonov.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Qishloq joylarda jadid maktablari faoliyati haqida ma’lumotlar bormi?
2. Sobiq sovet davrida jadidlar faoliyatiga bo’lgan munosabat qanday edi?
1-asosiy savol: Turkistonda dastlabki jadid maktablari.
Dars maqsadi: Jadid milliy xalq maorifi, uning asoslarini yoritib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Turkiston jadid maktablarining tashkil etilishi va uning fidoiylarini bilib oladi.
1.2. Jadid maktablarida o’qitiladigan fan, darsliklar, moddiy-texnik bazasi haqida tasavvurlarga ega bo’ladi.
1.3. Jadid oliy ta’limining shakllanishi va uning tarixiy ahamiyati.
1-savol bayoni:
Turkistonda jadidchilikning maydonga kelishi va rivoj­lanishida Usmonli Turk imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mafkuraviy g'oya va harakatlarning ham ta'siri kuchli bo'ldi.
Ayniqsa, Turkiya sultoni Abdulhamid II davrida (1876-1909) mamlakatni qoloqlikdan olib chiqishga qaratilgan islohotlar, qabul qilingan qator qonunlar va ularning hayotga tatbiq etilishi Turkiston xalqlari uchun ham ahamiyatli edi. Turkiyadagi progressiv islohotlar, Yevropa madaniyati va turmush tarzini mamlakatda keng omillashuviga olib keladi. Bu ijobiy tendensiya Turkistonga ham o'z ta'sirini o'tkazgan. Shuningdek XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk islohotchisi va «Tarjimon» jaridasi (1883-yildan Qrimda chiqa boshlagan) tachkilotchisi Ismoil Gaspiralining faoliyati ham Tur­kiston jadidlariga juda kuchli ta'sir ko'rsatgan. Uning jadidchilik faoliyati butun Sharqda, jumladan, Turkistonda mashhur bo'lib ketgandi. Ismoil Gaspirali Turkistonda bo'lgan va o'zining o'tkir asarlari bilan o'lka jadidlarining dunyoqarashiga katta ta'sir ko'rsatgan. Ayniqsa, yangi usul maktablarining vujudga kelishida turtki, namuna bo'lgan.
Bu vaqtda Turkistondan, Xiva xonligidan, Buxoro amirligidan Turkiyaga borib tahsil ko'rayotgan ko'plab ziyolilar, bu mamlakatda amalga oshirilayotgan ijobiy islohotlar, ilg'or Yevropa turmush tarzi, texnika taraqqiyoti, madaniyati, ma'rifatidan ta'sirlanish, unga havas bilan qarash, o'z vatanlarida ham bu kabi o'zgarishlar bo'lishini qo'msash his-tuyg'ulari uyg'ona boshlaydi.
1889-yilda «Ittihod va taraqqiyot» nomli hurriyatparvar jamiyatlar butun Turkiya bo'ylab maydonga keladi. Turkiyada tahsil ko'rayotgan turkistonlik yoshlar o'z vatanlariga qaytib ona vurtiarida ham o'shanday «Ittihod va taraqqiyot» jamiyatlarini tashkil etganlar.
O'lkada jadidchilik harakatining paydo bo'lishi va rivojlanishida Sharq mamlakatlari, birinchi navbatda Yaqin Sharq va Turkiyaning, xususan, «Yosh turklar» partiyasining ijobiy va demokratik ta'siri bo'lgan. Turkistonning o'zidagi Muqimiy, Furqat, Avaz O'tar, Berdaq va boshqalarning ilg'or demokratik qarashlaridagi g'oyalar bilan sug'orilgan asarlarisiz jadidchilik harakatini tasavvur etish mumkin emas.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling