Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi
Download 0.82 Mb.
|
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-asosiy savol: Jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari Dars maqsadi
- 4-savol bayoni
Nazorat savollari:
1. Jadidchilar qaysi sohalarda ish olib borganlar? 2. Jadidchilarning etakchilari qanday yutuqlarga erishdilar va yo’l qo’ygan xatolari? 3. Yuqorida nomlari tilga olib o’tilgan jadidchilardan tashqari yana qaysi jadidchilarni bilasiz? 4-asosiy savol: Jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari Dars maqsadi: Jadidchilar harakatining rivojlanish bosqichlari va ularning xususiyatlari to’g’risida talabalarga bilim berish. Identiv o’quv maqsadlari: 4.1. Jadidchilik harakati shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan ichki va tashqi omillarni o’rganadi. 4.2. Buxoro amirligida jadidchilik harakatining o’ziga xos jihatlarini o’rganadi. 4.3. Xiva xonligida jadidchilik harakatining o’ziga xos xususiyatlarini baholaydi. 4-savol bayoni: O'lkada jadidchilik harakatining paydo bo'lishi va rivojlanishida Sharq mamlakatlari, birinchi navbatda Yaqin Sharq va Turkiyaning, xususan, «Yosh turklar» partiyasining ijobiy va demokratik ta'siri bo'lgan. Turkistonning o'zidagi Muqimiy, Furqat, Avaz O'tar, Berdaq va boshqalarning ilg'or demokratik qarashlaridagi g'oyalar bilan sug'orilgan asarlarisiz jadidchilik harakatini tasavvur etish mumkin emas. Siyosiy hurriyat va Turkiston milliy istiqloli masalalarini ilk bor ko'tarib chiqqan shaxs buxorolik qozi Abdurashid Ibrohimiov (1851-1944) bo'lgan. U Turkiya, Makka va Yevropa davlatlarida bo'lib, bu mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotni o'rgangan va o'zi ko'rgan-bilgan g'oyalarni Turkiston xalqlari o'rtasida keng tashviq va targ'ib qilgan. Chunki XX asr boshlarida yashagan jadidlar siyosiy hurlikka, milliy istiqlolga ega bo'lish uchun yosh avlodning siyosiy ongini oshirish, ularni Yevropa sivilizatsiyasi ruhida va darajasida tarbiyalamoq lozim deb, tushunganlar. Turkistonda jadidichilik harakatining katta ijtimoiy siyosiy kuch sifatida maydonga chiqishida barcha shart-sharoit va omillar yetilgan edi. Ma'lumki, Yevropa XVIII-XIX asrlarda o'z boshidan texnika taraqqiyotini kechirib, XX asr madaniyati va turmushi uchun mustahkam poydevor yaratilgan edi. Osiyo, jumladan, Turkiston esa bu sohada orqada qolib ketgandi. Uchta o'zbek xonliklari (Buxoro, Xiva, Qo'qon)ning o'zaro birodarkushlik urush va nizolari, Rossiyaning bu davlatlarga bostirib kirishi, mintaqaning mustamlaka holatiga tushib qolishi, mustamlakachilik milliy zulmning o'rnatilishi va uning kuchavib ketishi o'sha qoloqlikni yanada chuqurlashtirib yuborgan edi. Qoloqlik va jaholatni, o'lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketgani, islom va shariat oyoq osti qilingani va bunday og'ir fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish haqida o'z zamonasining ilg'or, ziyoli qatlamlarida fikr-mulohazalar paydo bo'la boshladi. Ijtimoiy uyqudan uyg'onish, milliy uyg'onish tarixiy zaruriyat bo'lib qoldi. Boshqacha qilib aytganda, jadidichilik harakati ijtimoiy rivojlanishning, tarixiy taraqqiyotning talab va ehtiyojlariga javob tariqasida obyektiv ravishda maydonga keldi. O'lkada millatning dard alamlarini, butun ayanchli, mudhish fojiali, og'ir qismatini o'z qalbi va vujudidan o'tkazib, o'zining butun borlig'ini, aql-zakovatini, ongli hayotini erk ozodlik taraqqiyot uchun safarbar etgan ziyolilarning butun bir yangi avlodi shakllanadi. Turkistonda jadidchilikning maydonga kelishi va rivojlanishida Usmonli Turk imperiyasidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy-mafkuraviy g'oya va harakatlarning ham ta'siri kuchli bo'ldi. 1889-yilda «Ittihod va taraqqiyot» nomli hurriyatparvar jamiyatlar butun Turkiya bo'ylab maydonga keladi. Turkiyada tahsil ko'rayotgan turkistonlik yoshlar o'z vatanlariga qaytib ona vurtiarida ham o'shanday «Ittihod va taraqqiyot» jamiyatlarini tashkil etganlar. Turkistonda jadidchilik g'oyalarini aholi o'rtasida keng tarqatish va Abduqodir Shakuriy targ'ibot qilishda tatar ziyolilarining xizmatlari ham katta bo'ladi. Ana shunday ma'rifatparvardan biri Ismoil Gaspirinskiy (1851 1914) edi. U 1908-yilda Turkistonda bo'lib ilg'or ma'rifatvarlardan Muftiy Mahmudxo'ja Behbudiy, A.Shakuriy va boshqalar bilan uchrashadi, o'zbek, tojik, tatar bolalari uchun yangi maktablar ochib jadidchilik g'oyalarini keng tarqatadi. Bunday g'oyalarni tarqatishda Ismoil Gaspirinskiyning o'zi tashabbus ko'rsatib chiqargan «Tarjimon» gazetasining o'rni katta bo'ladi. U musulmon milliy ozodlik harakatining yolboshchisi sifatida tanilgan edi. «Dor ul-rokat musulmonlari» ilmiy-fantastik asari, «Yuz yildan so'ng 2000-sana» badiiy-publitsistik roman, «Turkiston ulamosi» kabi kitoblar uning qalamiga mansub edi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling