Qlichev u., Mamatov sh. Jadidcilik harakati tarixi


Download 0.82 Mb.
bet38/55
Sana14.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1196994
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
portal.guldu.uz-JADIDCILIK HARAKATI TARIXI

Nazorat savollari:
1.
2.
3.


2-asosiy savol:
Turkiston Muxtoriyatining omnia tomonidan qo `llab-quvvatlanishi
Dars maqsadi:
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
1.
2.
3.
2-savol bayoni:
Turkiston Muxtoriyatining omma tomonidan qo `llab-quvvatlanishi
Qo`qon shahrida Turkiston musulmonlarining favqulodda IV qu­rultoyi bo`lib o`tganligi va unda Turkiston muxtoriyatining tashkil etilganligi to`g`risidagi xabar tezda butun o`lka mehnatkashlar ommasi o`rtasida keng tarqaldi va katta qiziqish uyg`otdi. Turli shaharlar va tumanlarda Turkiston muxtoriyati baland va ko`tarinki ruh va shod-u xurramlik bilan kutib olindi, Muxtoriyatni qo`llab-quvvatlab, joylarda ko`p ming kishilik miting va namoyishlar uyushtirildi. Jumladan, 1917-yil, 6-dekabrda Toshkent shahridagi Eski Juva Beklarbegi jome` masjidida uyushtirilgan miting bu xususda xarakterlidir. Unda 60 ming shaharlik fuqarolar qatnashdilar. Mazkur miting tashkilotchilari «Sho`royi Islomchi»lar va «Sho`royi ulamochi»lar edilar. «Ulug` Turkiston» gazetasining bergan xabariga qaraganda: «Masjidning ichki sahni va tomlari odam bilan liq to`lgan». Miting Saidg`ani Mahmud raisligida o`tgan. (Munavvarqori Abdurashidxonov, Mulla Odil, Sherali Lyapin va boshqalar uning o`rinbosarlari edilar). Gazeta miting qatnashchilari Turkiston muxtoriyatini batamom qo`llab-quvvatlaganliklarini yozadi. Miting Turkiston muxtoriyatidan boshqa hukumatni tan olmaslik to`g`risida qaror qabul qildi. Miting ishtirokchilari «Omin, ollohu akbar!» deb yuzlariga fotiha tortib, Xalq kengashiga sodiq qolishga qasamyod qildilar.
Qabul qilingan qarorda jumladan, quyidagi satrlar bor edi: «Biz musulmonlar sinf ayirmalarga qaramasdan, Turkiston muxtoriyatini olqishlagan holda, Qo`qondagi favqulodda qurultoy tarafidan e`lon etilgan Turkistonda xalq hukumatini vujudga kcltiruv haqidagi qarorga butun vujudimiz birla qo`shilib, ishonamizki, buyuk Rossiya inqilobi tarafidan e`lon etilgan hokimiyat asoslarining suyunchi haqini Rossiyaning birlashgan demokratiyasi Turkiston xalqining tarafidan bir og`izdan bayon etilgan tilagiga qo`shilar va o`z kunimizni o`zimiz qura boshlashda yordam etar.
Shunga imon etgan holda biz o`lkadagi hamma musulmonlarni Muxtoriyatli Turkiston hukumati atrofida jipslashib, hozirgi o`lka idorasi boshida bo`lib turgan muvaqqat tashkilotlar bilan qanday boimasin dushmanlarcha muomala qiluvdan saqlanishga da`vat qilamiz.
Turkiston Muxtoriyati amaliy suratda tezroq vujudga kelishi uchun tinch va totuvlikni saqlashimiz kerak. Toki shuning orqasida o`zaro so`g`ish va bugundan e`tiboran hur bo`lgan Turkistonning bir to`g`on kabi xalqlarimiz orasida gunohsiz qon to`kilmasin».

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling