Qobiliyati. Kadrlar mas'uliyati va bugungi kunda rahbar kadrlar oldiga


Ta'lim-tarbiya tizimiga rahbarlik va pedagogik boshqaruv qobiliyati


Download 123.5 Kb.
bet4/6
Sana06.04.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1331394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу (1)

2. Ta'lim-tarbiya tizimiga rahbarlik va pedagogik boshqaruv qobiliyati.
Eng qulay ya'ni optimal boshqarish deganda minimal imkoniyatlar asosida, maksimal natijaga erishish jarayoni tushiniladi. Boshqa insonlarni boshqarish mahorati – bu doimiy ravishda o'zgarib turadigan va uzluksiz rivojlanishda bo'ladigan dinamik jarayondir. «Insonlarni boshqarish mahorati» xodimlarga munosabatda, ijodkor shaxslardan tarkib topgan samarali komandani tashkil etish uchun, sog'lom shaxslararo o'zaro munosabatlar yordamida uyushgan va to'la ishonch muhitini yaratish lozimligini ko'rasatadi.
Hozirgi davrda ma'naviy boshqaruv g'oyat katta ahamiyatga ega. Bu shakldagi boshqarish umumiy ta'lim maktablari, maktabgacha, maktabdan tashqari bolalar muassasalari, xalq ta'lim organlari, o'rta maxsus kasb hunar ta'limi va oliy o'quv yurtlari, pedagogik kadrlar malakasini oshirish institutlarini boshqarishni, fan, adabiyot, san'at, madaniyat, sog'liqni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o'z ichiga oladi.
Pedagogik boshqaruvga xodimlarning malakasi, qobiliyati, qiziqishlarni hisobga olgan holda ularni to'g'ri tanlash va joy-joyiga qo'yish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qo'llanilayotgan usullar tizimini uzluksiz takomillashtirish va ta'lim tarbiya, jarayoniga texnika vositalarini joriy etish masalalari kiradi. Ta'limda boshqarish bu – boshqaruvchining – o'qituvchining mavjud imkoniyatlari (fan yuzasidan mavjud bilimlari, egallagan turli o'qitish uslublari, o'quv vosita va qurollari, pedagogik mahorati) asosida talaba – o'quvchida kerakli (zarur bo'lgan) bilim, ko'nikma va malakalarni qo'yilgan maqsadga mos shakllantirish jarayonidir.
Albatta ta'limni boshqarishni turli yo'llar bilan amalga oshirish mumkin. Ayniqsa hozirgi paytda ta'lim – tarbiya jarayonini boshqarishga turli ilg'or pedagogik texnologiyalar (IPT) qo'llanilib kelinmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirilgan bosh maqsad va pirovard natija har jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash, XXI asrning erkin fikrli, o'z vatani va xalqini manfaatlariga sadoqatli yorqin shaxslarni voyaga etkazishda namoyon bo'ladi. Ta'lim oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta'lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog'liq.
Kadrlar mahorati va salohiyati” atamasi personalning muhim xususiyatlari – ulardagi ochiq va yashirin qobiliyatlarni (hali foydalanilmagan, talab etilmagan) hamda professional, shaxsiy imkoniyatlarni o'zida ifoda etadi.
Kadrlar salohiyati quyidagilarda namoyon bo'ladi:

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling