Qobiliyati. Kadrlar mas'uliyati va bugungi kunda rahbar kadrlar oldiga


Download 123.5 Kb.
bet5/6
Sana06.04.2023
Hajmi123.5 Kb.
#1331394
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-мавзу (1)

- aqliy salohiyat, uzluksiz ta'lim doirasida orttirilgan qobiliyatni o'z ichiga oladi;
- ijtimoiy salohiyat, samarali ijtimoiylashuvni ta'minlaydigan muloqotga kirishish qobiliyatini o'z ichiga oladi;
- professional tajriba bilan bog'liq salohiyat, kasb malakasi bilan bog'liq tajribani umumlashtirish ko'nikmalarini o'z ichiga oladi;
- psixologik-fiziologik salohiyat.
Kadrlar salohiyati – davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari faoliyatining samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Biroq kadrlar salohiyati faqat ularning qobiliyati bilan o'lchanmaydi, balki ularni ro'yobga chiqarish imkoniyati ham muhim sanaladi. Bundan tashqari, rahbar kadrlarda malakalarni shakllantirish, ulardagi mavjud ko'nikmalarni yanada rivojlantirish hamda bu jarayonlarni amalga oshirishda jamiyat, tashkilot va inson manfaatlaridan kelib chiqish ustuvor ahamiyat kasb etadi.


3. Kadrlar mas'uliyati va bugungi kunda rahbar kadrlar oldiga qo'yilayotgan talab va vazifalar.
Bugungi kunda mas'uliyat muammosini qayta anglash jarayoni yuz bermoqda. Hozirgi tadqiqotlarda asosiy e'tibor mas'uliyatni oshirishning jamiyat hayotidagi tangliklar va boshqariluvchi muhitning ziddiyatliligi bilan belgilanuvchi sub'ektiv omiliga qaratilmoqda.
Ko'pgina olimlar mas'uliyatga o'zaro aloqador taraflarning manfaatlari va erkinligini ta'minlovchi, davlat va jamiyat tomonidan kafolatlangan munosabat sifatida yondasha boshlamoqdalar. Ularning fikricha, davlat boshqaruvida mas'uliyatni oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va axloqiy xususiyatga ega chora-tadbirlar majmui zarur. Ayrim mualliflar mas'uliyat deganda so'zning keng ma'nosida shaxsning jamiyatga (umuman insoniyatga) nisbatan xizmatga doir va axloqiy joizlikni amalga oshirish darajasi bilan tavsiflanuvchi alohida ijtimoiy va ma'naviy-axloqiy munosabati in'ikosini tushunadilar.
Ba'zan mas'uliyatga axloq va huquq kategoriyasi sifatida ta'rif beriladi. Bu holda u shaxsning jamiyatga nisbatan o'z ma'naviy burchi va huquqiy me'yorlarni bajarishi bilan tavsiflanuvchi alohida ijtimoiy va axloqiy-huquqiy munosabatini aks ettiradi. Bu ma'noda mas'uliyat boshqaruv qarorlarini qabul qilishda davlat hamda jamiyat mahalliy manfaatlarining anglanish darajasidir.
Ba'zi asarlarda mas'uliyat «shaxs xulq-atvori ustidan ijtimoiy nazoratni amalga oshirish shakli sifatida, pirovard natijaning ko'zlangan maqsadga, boshqaruv sub'ektining siyosiy, yuridik, ijtimoiy va boshqa munosabatlarining ob'ekt bilan muvofiqligi mezonlari sifatida, bajarilgan ish uchun tashkilot, davlat va jamiyat oldida javob berish qobiliyati sifatida, rahbarning kasbiy, shaxsiy va ishbilarmonlik fazilatlari omili sifatida, uning faoliyat uslubi xususiyati sifatida, boshqaruvni rag'batlantirish va uning samaradorligi omili sifatida» ta'riflanadi.
Birinchi prezidentimiz I.Karimovning ma'ruzalari, nutqlari va chiqishlarida rahbar kadrlar masalasi, rahbarlik lavozimining ahamiyati, uning mas'uliyati va jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojida rahbarning o'rni haqidagi muammolarga alohida to'xtalib o'tiladi.
Bugungi kunda hukumat oldida turgan vazifalarning to'laqonli bajarilishi ikki talabga bog'liq ekanligi namoyon bo'lmoqda.

Download 123.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling