Qobiljonova Diyoraning "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim"
“Har bir islohot xalq uchun xizmat qilishi kerak”
Download 19.11 Kb.
|
insonga etibor insho
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ “Avallo- inson, keyin – Jamiyat va davlat” degan g’oyani Konsititutsiya va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerak”
“Har bir islohot xalq uchun xizmat qilishi kerak” degan jumlalarining amalini bugun ko’ryapmiz. Xo’sh, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” deya nom olgan bu yilda davlat tomonidan olib boriladigan muhim islohotlar qanday degan savolga javob izlab ko’raylik. Avvalo ertamiz haqida so’z yuritishdan avval kechagi kunlar sarhisobini qilaylik. O’tgan yillar davomida mamlakatimizda erishilgan muhim yutuqlardan biri korrupsion holatlarning keskin kamaygani, o’qituvchi maqomining yuksalganini chuqur mamnuniyat bilan eslasak arziydi.Biz o’tkan yillarda ta’lim tizimidagi siljishlar, xalqaro ta’lim dasturlari asosida maktablarda qo’llanilayotgan yangiliklar, kirib kelgan ushbu yilda ham amalga oshirilishi, ko’zlangan maqsadlarga erishilishiga umid bildiramiz. Sifatli ta’lim tamoyili, tizimdagi yangiliklar, xususan Finylandiya ta’limi haqida iliq fikrlarimni so’zlarim davomida bildirishga harakat qilaman.
Insonga e’tibor xalq mushkullarini yengil qilish demakdr.O’tgan yil davomida meni va vatandoshlarimizni quvontirgan eng yaxshi yangiliklardan biri byurakratiyani qisqartirishga qaratilgan ishlar bo’ldi deb o’ylayman.Byurakratiya nafaqat ishchi hodimni balki xalqni ham ortiqcha qiyinchilikka qoldirgan asl muammolardan edi.Bugunda biz elektron hukumat imkoniyatlarining oshgani, 15 dan ortiq soliq, kommunal xizmatlar uchun talab etiladigan hujjatlarning qisqarganining guvohi bo’lmoqdamiz. Iqtisodiy sohaga kiritilgan va yangi yilda yanada yengillashtirilishi kutilayotgan yana bir masala -xususiylashtirish.O’tkan 2022- yilda qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berilgan edi.Buning to’lovi esa yer solig’ining 20 barobar miqdori etib belgilangan. Kirib kelgan ushbu yilda bu miqdor 5-10 barobarga pasayishi kutilmoqda. Xalq boy bo’lsa davlat ham boy bo’ladi shiori bugun aynan o’z aksini topmoqda, albatta xususiy yer mulkiga ega bo’lgan fuqaro undan o’z iqtisodiy rivoji uchun unumli foydalana oladi. Prezidentimiz o’z nutqlarida “ “Avallo- inson, keyin – Jamiyat va davlat” degan g’oyani Konsititutsiya va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerak” degan fikrlari albatta o’z aksini topishiga ishonamiz.Buning isboti o’laroq belgilangan “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” tamoyili asosida barcha masalalar xalq bilan birgalikda amalga oshirilishi bizni mamnun qildi. Men yosh avlod sifatida Yangi O’zbekistonni inson qadri ulug’ bir maskan sifatida tassavur etaman. “ Download 19.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling