Qobiljonova Diyoraning "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim"
Ta’lim sifatini oshirish- Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to’g’ri yo’lidir”
Download 19.11 Kb.
|
insonga etibor insho
Ta’lim sifatini oshirish- Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to’g’ri yo’lidir”
Ta’limning buguni va ertasi.O’tkan 2022-yilda ta’lim uchun bir qator yangiliklar bo’ldi.Jumladan maktab darsliklarining yangilanishi, Yevropa dasturi asosida o’qitilishi boshlangan tabiiy fan, boshlang’ich sinflar uchun butunlay o’zgacha uslubda ishlab chiqilgan ona tili va o’qish savodxonligi, matematika darsliklari yuzasidan bir qancha e’tirozlar bo’lgani hech kimga sir emas.O’ylaymizki, kirib kelgan ushbu yilda ta’limdagi o’zgarishlar o’zining ijobiy samarasini beradi. Ta’limning poydevori o’z ishiga mas’uliyatli, fidokor ustozdir.Yurtimiz tarixida ko’p yillar davomida ustoz mavqeyiga bo’lgan e’tiborsizlik tufayli ta’limda sezilarli kamchiliklarga duch keldik.Bugunda esa ustoz nomining ulug’lanishi , ularga berilayotgan imkoniyatlar meni quvontiradi. Jumladan, har bir o’qituvchi o’z bilimiga yarasha baholanish imkoniyatiga ega bo’ldi.Oliy va birinchi toifali ustozlarni bilimlariga yarasha rag’batlantirilishi haqidagi qaror buning yaqqol isbotidir. Hozirda amalda ilk bor qo’llanilishi boshlangan”Vazir ustamasi” loyihasi asosida har bir tumanda bir qator yutuqlarga erishgan ustozlarni yil davomida oylikdan tashqari rag’bat pullari bilan rag’batlantirish ustozlarga bo’lgan e’tiborning namunasidir.Yana Prezidentimiz tomonidan o’qituvchi maqomini , ularning sha’ni va qadr qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash kerakligi haqidagi fikrlari ustozlar qalbiga o’zgacha surur baxsh etdi. Prezidentimiz bu yil uchun belgilangan vazifalar qatorida yuqori sinf o’quvchilari uchun darsliklarni takomillashtirishga e’tibor qaratishni ta’kidladilar.Chunki bugunda o’quvchilar maktabdan ona tili , kompyuter texnalogiyasi va chet tilini o’rganib chiqishi zarur. Prezidantimiz yuqori sinflarda dars jarayoni sifatini tanqid ostiga oldilar , bu tanqidlar o’z samarasini berishi va sifat yaxshilanishiga umid qilamiz. Yaqin yillarda maktab ta’limini tamomlagan o’quvchi sifatida ayta olamanki, maktabda ba’zan ustozning vaqti tarbiya berish bilan o’tib ketadi.Ta’lim esa ikkinchi darajaga tushadi. Qachonki maktabda ta’lim sifati yaxshilansa, repititorlarga bo’lgan ehtiyoj kamaysa, oliy ma’lumotli xalq qatlamini ko’paytira olamiz. Chunki oddiy xalqning ko’p qismi farzandini pulli ta’limga berishga qodir emas. Maktab ta’limi rivojlansa , malakali ustozlar ko’paysa millatimizda ziyoli qatlamning ko’payishiga erishish mumkin bo’ladi deb o’ylayman. Har tomonlama ta’lim rivojlanish uchun yagona yo’l bo’lib qoladi.Biz yangi O’zbekistonni sifatli ta’lim bilan qurishimizga ishonamiz! 2022-yil nihoyasiga bag’ishlangan yig’ilish yakunida yangi 2023- yil uchun belgilangan ustuvor yo’nalishlar haqida VII Qashqadaryo akademik litseyi katta o’qituvchisi G’olib Xudoyqulov senat a’zolarini tanishtirib o’tdilar.Jumladan, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog’onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o’zgarishi kerakligini alohida ta’kidladilar.Avvalambor ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o’tish, ikkinchidan “Yangi O’zbekistonni” ijtimoiy davlat tamoyili asosida qurish, mamlakatda ta’lim sifati hamda o’qituvchi kasbining nufuzini oshirish eng asosiy vazifalardan biri qilib belgilandi.Keyingi vazifa esa boshlang’ich sinflarda mutlaqo yangicha metodika asosida yaratilgan darsliklar bo’yicha o’qitilishini yo’lga qo’yish masalasi bo’ldi.To’rtinchidan, tabiatni asrab- avaylash, suv, havo va atrof muhitni toza tutish har bir fuqoroning amaliy masalasiga aylanishi kerakligi ta’kidlandi.Jumladan “Yashil makon” loyihasi doirasida ishlar yanada kengaytiriladi. Beshinchi yo’nalish- erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog’lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini, tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash borasida ham muhim vazifalar belgilab berildi. Bu yil uchun qo’yilgan ustuvor yo’nalishlar bilan tanishib chiqar ekanmiz, insonga e’tibor va sifatli ta’lim eng ustuvor yo’nalish ekanligiga ishonch hosil qilamiz. So’zimizni yana ta’limda bizni kutayotgan o’zgarishlar bilan davom ettirsam. Prezidentimiz yil yakuniga bag’ishlangan yig’ilish davomida ta’limni butunlay yangicha metodika bilan davom ettirilishi kerak ekanini ta’kidlab o’tdilar. Hozirda ta’lim vazirligi tomonidan o’rganilayotgan va sinov tariqasida qo’llanilishi boshlangan Finlyandiya ta’lim metodikasining ta’lim tizimimizga kirib kelayotgani, aynan biz istagan yangicha uslub bo’la oladi deb o’ylayman. Bilamizki Finylandiya ta’lim sohasida yuqori darajaga erishgan, butun jahon oldida o’zining o’zgacha ta’lim metodikasiga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. Hususan meni qiziqtirgan eng muhim jihatlar Finlyandiya ta’limida tenglik muhim o’rin kasb etishidir. Mamlakatda maktablar past va yuqori o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun farqlanmaydi, ya’ni ixtisoslashgan maktablar ham , past o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun maktablar ham yo’q ular birgalikda ta’lim oladi. Finlyandiyada fanlar farqlanmaydi. Matematika hech qachon san’atdan muhimroq deyilmaydi. Aksincha, qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinadi va ularning sport, musiqa, tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishlari aniqlanadi. Tizimning alohida ta’kidlanishi kerak bo’lgan jihati, o’qituvchi o’quvchining ota-onasi haqida savollar berishi ta’qiqlanadi.Ota-ona kim bo’lishidan qat’I nazar bolalar ajratilmaydi. Sinflarda bolalar “yaxshi” va “yomon” o’quvchi etib nomlanmaydi.Ko’rish va eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalar uchun alohida sinf tashkil etiladi, ammo ular ham sog’ bolalar bilan bir maktabda ta’lim oladilar. Buning asosiy sababi esa finlar alohida munosabatga talabgor insonlarni jamiyatga maksimal darajada moslanishlariga harakat qiladilar. Ko’ryabmizki Finlyandiya ta’limining ko’plab jihatlari bizning ta’limdan butunlay yiroq.Bizning ta’limda doimiy ravishda bilimdon o’quvchi yuqori ko’tariladi, o’zlashtirishi pastroq o’quvchi e’tiborsiz qoladi.Ota-onalar ko’p hollarda bolalarining qiziqishlariga e’tibor berishmaydi. Men bu kabi kamchiliklarni ko’plab keltirishim mumkin. Ammo bugun davlatimiz ta’limga Finlyandiya tizimini to’laqonli joriy qila olishi bu eng katta yutuqlarimizdan biri bo’ladi deb o’ylayman.Bu murakkab, mashaqqatli yo’lda ta’lim ustunlari bo’lgan ustozlardan talabchanlik, ma’sul hodimlardan esa ishlariga mas’uliyat bilan yondoshishlarini kutib qolamiz. Yuqorida keltirgan asosiy tamoyillardan biri ixchamlashgan siyosat yuritishga qaratilgan edi.Bugunda yurtimizda bir qancha vazirliklar soni qisqargani aynan shu tamoyil asosida olib borilgan islohotlardan biridir.Bugunda xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim vazirliklarining qo’shilishi ta’lim tizimida uzviylikning ta’minlanishiga asos bo’ladi.Huddi shu kabi oliy ta’lim va innavatsion rivojlanish vazirligi hamkorlikda ish olib borishi biz talabalarga ham bir qancha qulayliklar yaratadi deb o’ylayman. Keling endi oliy ta’lim tizimidagi o’zgarishlarga nigoh tashlaylik. Oxirgi yillarda oliy ta’limda o’qitishning yangi “kerdit modul” tizimi joriy etildi.Barcha oliygohlar asta sekinlik bilan ushbu tizimga o’tishmoqda. Men talaba sifatida “kredit modul” shaffoflikka asoslangan boshqaruv shakli deb hisoblayman.Oliy ta’lim bugunda diqqat markazida turgan muhum masalalardan biridir. Har sohada bo’lgani kabi oliy ta’lim ham kamchiliklardan holi emasligi tabiiy hol. Prezidentimiz 2023- yil uchun rivojlanishning ustuvor maqsadlarini belgilash davomida oliy ta’limga bo’lgan e’tiborni kuchaytirishga bo’lgan vazifalarni belgilab o’tdilar. Hususan, kafedralar faoliyatini kengaytirish, o’quv jarayonini bozor talablariga moslastirish va ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash, oliy ta’limda ilmiy salohiyatni oshirish, ilm- fan va innovatsiyani rivojlantirish, professor o’qituvchilar va talabalar uchun qog’ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali korrupsion holatlar va byurakratiyani kamaytirishga oid vazifalar sanab o’tildi. Xulosa o’rnida ayta olamanki ,yuqorida keltirilgan o’zgarishlar, ba’zi tanqidiy qarashlar o’z samarasini beradi. Bugun yurtimizning rivojlanishi uchun avvalo ta’lim va inson erkinligiga e’tibor qaratilar ekan, albatta oliy maqsadga erishmasdan qolmaymiz! Chunki, inson erki muqaddas davlat doimo yuksalishda bo’ladi, ta’lim esa bizni dunyoga tanitadigan qurolimiz bo’lib xizmat qiladi. Insho so’ngida O’zbekiston yozuvchlar uyushmasi a’zosi Baxtiyor Yo’ldoshevning “Kelajagi yorug’ Vatanim” nomli she’rini keltirishni lozim topdim. » Insonga e’tibor va sifatli ta’lim,» Bu yilim nomidan shodlandi dilim, Kelajagi yorug‘, boqiy elimda, Abadiy yashnagay baxt, saodat, ilm. Dono Yurtboshimning murojaatnomasi, Baxsh etdi, mehribon xalqimga qudrat. Hali ko‘p ulug‘vor ishlardan yashnab, Vatanim shodlikka burkangay albat. Yurtboshim aytgandek, jadid bobolar, Ijodin o‘qisa yoshlar kuch olib. Hayotda yashasang bo‘lib chin inson, Bo‘lsang har sohada muzaffar g‘olib. Yangi yil omadli kelsin bo‘lib hur, Shogirdlar ilmdan taratsin bir nur. Yaxshilik ezgulik sochib bir yog‘du, Qalblardan so‘nmasin bir umr surur! Download 19.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling