Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1613166
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
охирги вариант

 
 
3-xatjild 
 
 
4-xatjild 

  
… bobomiz ko`plab obodonchilik ishlarini amalga oshirgan.
… bobomiz osmondagi yulduzlarni sanagan.
… juda ko`p she‘rlar yozgan.
… ulug` odamlari - shoir-u olimlari, atoqli davlat arboblari bilan 
dunyoga mashhur .
… bobomiz ko`plab obodonchilik ishlarini amalga oshirgan.
… bobomiz osmondagi yulduzlarni sanagan.
… juda ko`p she‘rlar yozgan.
… ulug` odamlari - shoir-u olimlari, atoqli davlat arboblari bilan 
dunyoga mashhur .
… bobomiz ko`plab obodonchilik ishlarini amalga oshirgan.
… bobomiz osmondagi yulduzlarni sanagan.
… juda ko`p she‘rlar yozgan.
… ulug` odamlari - shoir-u olimlari, atoqli davlat arboblari bilan 
dunyoga mashhur .
… bobomiz ko`plab obodonchilik ishlarini amalga oshirgan.
… bobomiz osmondagi yulduzlarni sanagan.
… juda ko`p she‘rlar yozgan.


39 
Vatan--- vuqaddas dargoh. Uning har bir qarichi biz uchun 
azizdir. Shu yurtda tug‘ilib, o‘sib, shu yurtda kamol topgan zot
borki,umr bo‘yi unga nisbatan buyuk muhabbat bilan yashaydi. Bu 
jannatmakon diyorda ne-ne ulug‘ zotlar o‘tmagan. Ularning vatan
ravnaqiga qo‘shgan hissalari ham dunyoga mashhurBiz Mirzo
Ulug‘bek, Xorazmiy, Beruniy, Farg‘oniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy, 
Mirzo Bobur kabi bobolarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.
Ularning qoldirgan boy merosini o‘qib- o‘rganamiz. Nafaqat biz,
balki butun dunyo ilm ahli ham ularning zakovatiga qoyil qolishgan.-
--O‘quvchilar, siz uchun eng aziz joy qayer?—Eng aziz joy – 
O‘zbekiston.---Eng aziz narsa-chi? ---Shu ona tuproq.---,,Tinch elning 
bog‘igullar‖ , deydi donishmandlarimiz.Shukrona aytamiz: Vatanimiz
tinch, yurtimiz obod.Osoyishtalik tufayli kundan kunga rivojlanib 
borayotgan davlatimiz jahonga yuz tutmoqda. Tinchlik bor joyda 
bolalar kulgusi jaranglab turadi. Hayot gullab yashnaydi. Bizning
mana shunday osoyishtaligimizniqo‘riqlayotgan harbiy askarlarimizga 
bugun tasonnolar aytamiz. Ular tufayli yurtimizda osuda tonglar
otmoqda. Dunyoda ona yurtni himoya qilishdan ortiq muqaddas burch 
yo‘qdir.Vatanni himoya qilish – o‘z ota- onasini, oilasini,uyini, xalqini


40 
himoya 
qilish 
demakdir.
III.Yangi 
mavzu 
bayoni:
O‘qituvchi: Har bir o‘g‘il bola yoshligidan ,,Katta bo‘lsam,
albatta, Vatan himoyachisi bo‘laman‖,-deya akalari kabi botir askar 
bo‘lishni orzu qiladi. Bizning sinfda ham 14 nafar o‘g‘il bola bo‘lib, 
endigina 8 yoshni qarshilaganlar. Ular ham ulg‘ayib, albatta o‘z 
niyatlariga yetadilar. O‘zbekiston Respublikasi armiyasi safida xizmat 
qilib, ona yurt tinchligini muhofaza qiladilar. 1992- yil 14- yanvar kuni
,,O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini tashkil etish haqida‖ 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e‘lon qilindi.


41 
Shunga ko‘ra biz har yili 14- yanvarni Vatan himoyachilarl kuni 
sifatida nishonlaymiz. 
Qomusimizning fuqarolarning burchlari to‘g‘risidagi 11-bobida 
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston 
Respublikasi har bir fuqorosining burchi ekanligi ko‘rsatib 
qo‘yilgan. Mudofaa- O‘zbekiston davlatini, uning hududini, 
chegaralari, xalqi va boyliklarini dushmandan himoya qilishdir. 


42 
Chegaralarimizni mustahkam
qo’riqlaymiz.
Dilshod Rajab haqida ma‘lumotlar beriladi. 
She‘r ifodali qilib o‘quvchilarga o‘qib beriladi. 
She‘r yuzasidan suhbat.
-O‘quvchilar she‘r sizlarga yoqdimi? 
- She‘r nima haqida ekan? 
O‘quvchilar she‘rni ichlarida oqib chiqadilar. Jo‘r bo‘lib o‘qish 
mashq qilinadi.
Qatorlararo she‘rni o‘qish musobaqasi o‘tkaziladi. Qaysi qator 
o‘quvchilari she‘rni tez, to‘g‘ri, ifodali o‘qishda ilg‘orlik qilsa o‘sha 
qator g‘olib sanaladi. 
O‘quvchilardan tushunmagan so‘zlari so‘raladi va lug‘at ishi 
o‘tkaziladi
She‘rni topshiriq bilan o‘qitiladi.--- Baxtimiz ayvoni deganda 
nimani tushunasiz, mardlar maydoni nima? 
,,Vatanimga hizmat qilaman‖ videoroligi namoyish etiladi. 
O‘quvchilarga slayd ko‘rsatiladi. 


43 
Kichik sahna ko‘rinishi: unda harbiy askar va uning ukasi
dialogi, Ona vatanni himoya qilib qaytgan sevimli nabirasi bilan
faxrlangan buvi obrazlari tasvirlanadi. 
---Bugun Qurolli Kuchlar safida bizning mard, jasur
akalarimaz o‘z yigitlik burchini o‘tashmoqda. Ular tufayli yurtimizda 
osoyishtalik hukmron. Biz sarkardalar avlodidanmiz. Kelajakda
Sohibqiron bobomiz Amir Temurdek mard, jasur, eli va yurtiga sodiq,
sheryurak Jaloliddin Manguberdidek vatanparvar insonlar bo‘lib
kamol topamiz.
O‘quvchilarga milliy qahramonimiz Shiroqning jasorati haqida 
so‘zlab beriladi.
Vatanparvar ajdodlarimiz haqida qisqacha ma‘lumotlar beriladi. 
O‘zbekiston 
xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning
,,Mendurman‖ klipi ko‘rsatiladi. 
IV.Mustahkamlash: savol-javob o‘tkaziladi: 
1. 14- yanvar qanday 
kun? 
2. Harbiylarni biz nima uchun ,,Vatan himoyachilari‖ deymiz?
3. Sizning tanishlaringiz yoki qarindosh – urug‘laringiz orasida 
harbiylar bormi? 
Darslikdagi 
maqol 
o‘qib 
beriladi. Bolalarga o‘qitiladi. 
O‘quvchilardan ona yurt haqida maqollar so‘raladi. 
---Vatanni himoya qilish uchun har bir yigit- qiz yoshlikdan 
qo‘rqmas, jasur,jismonan baquvvat, sog‘lom,eng asosiysi, vatanparvar 
bo‘lib ulg‘ayishi kerak.Ona vatanimizning ertasi, uning gullab
yashnashi, chegaralarimazning mustahkam qo‘riqlanishi biz,
yoshlarning qo‘limizda. Kelajakda bizlar ham akalarimiz kabi ona-


44 
Vatanimizning qo‘rqmas, jasur, mard posbonlari bo‘lib
yetishmog‘imiz kerak. 
Vatanni astoydil himoya qilgan kishi --- qahramon. Mehnatda 
sidqidildan o‘zini ko‘rsatgan va yangilik yaratgankishi ---mehnat 
qahramoni, o‘quvchilardan-chi? A‘lo o‘qib, odobli bo‘lib, maktabda 
barchaga namuna bo‘lgan o‘quvchi---qahramondir. U ajoyib
vatanparvar hisoblanadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling