Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida


Mavzu: O‟zbekiston respublikasining davlat madhiyasi. Abdulla Oripov


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1613166
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
охирги вариант

Mavzu: O‟zbekiston respublikasining davlat madhiyasi. Abdulla Oripov 
 Dars maqsadlari: 
1. 
Ta‟limiy maqsad: O‘zbekiston respublikasining davlat madhiyasi 
misolida o‘quvchilarning mustaqilik haqidagi tushunchalarini boyitish 
2. 
Tarbiyaviy 
maqsad:o‘quvchilarda 
mustaqil Vatanimiz bilan 
faxrlanish va milliy g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otish 
3. 
Rivojlantiruvchi maqsad: to‘g‘ri, ifodali va ongli o‘qish sifatlarini 
takomillashtirish, nutqini rivojlantirish, nutq madaniyatini tarbiyalash.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi 
Dars shakli: noan‘anaviy dars 
Dars metodi: kichik guruhlar bilan ishlash, izohli o‘qish, suhbat, 
tarmoqlash. 
Dars jihozi: sinf bayramona bezatiladi, yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev va 
O‘zbekiston qahramoni, shoir A. Oripov portreti, O‘zbekiston Respublikasi davlat 
madhiyasi yozilgan, gerb, bayroq tasviri ifodalangan plakat. O‘zbekistonning 
Mustaqillikdan keying taraqqiyoti tasvirlangan suratlar ilinadi. Texnik vositalar 
o‘rnatiladi. Taqdimot. 
Tashkiliy qism. 
O‘quvchilar 3 guruhga bo‘linishadi. Sinfning ilg‘or o‘quvchilari qolgan 
o‘quvchilar javobini hisobga olib, baholab borishadi.
Darsning borishi. 
Kirish suhbati: 
O‟qituvchi: Bugun Vatanimizda qanday kun? 
O‟quvchi: 2-sentyabr – hamma maktablarda o‟qish boshlangan kun. 
O‟qituvchi: Shodlik to‟lsin desangiz 
Yuragimga, dilimga 
A‟lo o‟qing maktabda 
Mehr qo‟yib bilimga. 
Shundan so‘ng o‘quvchilar bilan yozgi ta‘ti haqida suhbat uyushtiriladi. 


32 
1. 
Suhbatdan so‘ng o‘qituvchi darsda qanday qatnashish kerakligi 
xususida savoollar beradi. 
O‘quvchilarning javoblari quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

Darsda tartib –intizomga rioya qilaman. 

Savollarga qo‘l ko‘tarib javob beraman. 

Darsda faol ishtirok etaman. 

Aytilayotgan ma‘lumotlarni e‘tibor bilan tinglayman. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yozilgan lenta qo'yiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasiga o‘quvchilar jo‘r bo‘ladi. 
O‘zbekistonning go‘zal tabiati, davlat tashkilotlari, go‘zal maskanlari, ishlab 
chiqarish korxonalari va boshqa tarixiy qadamjolar tasvirga olinga video lenta 
namoyish qilinadi. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling