Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/34
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1613166
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34
Bog'liq
охирги вариант

 
 
 


51 
II.O‟tilgan mavzuni mustahkamlash:
O‘quvchilarga 3 xil kuydan pacha qo‘yib beriladi. Kuylar qanday bir-biridan 
farq qilgani so‘raladi. 
1.―Kuy sehri‖ matnini o‘quvchilar so‘zlab beradilar. 
2.Matn yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. 
1.Qo‘shiqlar tarixi haqida nimlarni bilasiz? 
2.Yaxshi qo‗shiq va musiqa insonga qanday ta‘sir ko‗rsatadi? 
3.Hududlarda rivojlangan qo‘shiqchilik san‘ati haqida nimalarni bilasiz? 
4. O‘zbek milliy san‘atiga hissa qo‘shgan olim san‘atkorlardan kimlarni bilasiz? 
5.―Kuy sehri‖ kim haqida? 
3. ―O‘yla ,izla, top?‖,ta‘limiy o‘yini o‘tkaziladi.
Bunda o‘quvchilarga o‘zbek 
milliy cholg‘u asboblarida chalingan kuylar orqali asboblar nomini topish 
topshirig‘i beriladi.
III.Yangi mavzusini bayon qilish: 
Hurmatli o‘quvchilar bugun siz bilan biz xatti- harakatlarimiz nazoratchisi-
baxtimiz qomusi haqida suhbatlashamiz.
Insonning biror kuni yo‘qki, u maqsadsiz yashagan bo‘lsa. Maqsadsiz hayot- 
besamar 
umr 
deganidir.Bolajonlar, 
aql- 
idrok, 
turmush 
tarzimiz, 
imkoniyatlarimizdan kelib chiqib, maqsadlarimiz birlashsa, jamiyat va mamlakat 
maqsadlariga mushtarak bo‘ladi. Bular muayyan davrning taraqqiyoti va 
istiqbolimnizning asosiga aylanadi. 


52 
Istiqlol sari maqsadsiz qadam tashlab bo‘lmaydi. Shuning uchun biz avvalo 
yangi, mustaqil davlat qurayotgan ekamiz, bizning bu yo‘ldagi bosh maqsadimizni 
hurmatli birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov erkin demokratik davlat barpo etish 
hamda fuqarolik jamiyatini mustahkam poydevorini yaratish deb aniq qilib 
belgilab berganlar. 
O‘quvchilar, ushbu kun haqida aytib o‘tganlarida, ushbu qutlug‘ sana 
umumxalq bayrami sifatida yurtimizda nishonlanishi, bu kunda barcha xalqimiz 
dam olishlari haqida ham aytib o‘tadilar.O‘qituvchi bu javoblarni umumlashtirib
ushbu qutlug‘ sana umumxalq bayramimiz qatoridan joy olib, har birimizning 
bugungi hayotimizni, kelajagimizni, inson sifatidagi haq- huquqimizni va 
erkinligimizni ta‘minlashda beqiyos o‘rni bor. 
Xo‘sh, Konstitutsiya nima? Biz u haqida nimalarni bilamiz? O‘quvchilar 
bilan birgalikda darsni ochib beriladi. 
O’quvchi:
―KONSTITUTSIYA‖ so‘zi lotincha ―constitution‖ so‘zidan olingan bo‘lib 
―tuzilish‖, ―tartib‖, ―nizom qoidalari‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Har bir inson 
o‘z huquq va burchlarini bilishi lozim. Insonning eng oliy huquqi tinch yashash 
huquqidir. 
O’qituvchi:
-Xo‘sh Qonun deganda siz nimani tushunasiz? 
O’quvchi:
-Qonun har bir inson bajarishi shart bo‘lgan va davlat tomonidan o‘rnatilgan 
tartibdir. Qonunlarning eng yuqorisi Konistilutsiya deb ataladi. Bu hujjat bizning 
asosiy Qonunimiz baxtimiz Qomusidir. 
O’qituvchi: 
―Huquq degani nima?‖ 
O’quvchi: 
-Huquq – davlat hokimiyati tomonidan belgilanadigan va qo‘riqlanadigan, 
jamiyatda kishilarning o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan qonun qoidalar
me‘yorlar majmuidir. 


53 
-Biz yaxshi yashash, erkin fikrlash, sog‘lom rivojlanish huquqiga egamiz. 
O’quvchi: 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda 
O‘zbekiston Respublikasining 12-chaqirig‘i Oliy Kengashining 11-sessiyasida 
qabul 
qilingan 
va 
8-dekabr 
umumxalq 
bayrami, 
dam olish kuni deb belgilab qo‘yilgan. Bu O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining 
qarori 
bilan 
tasdiqlangan. 
Konstitutsiya 
bizning 
asosiy 
qonunimizdir. 
O’quvchi: 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ―Muqaddima‖, 6 ta bo‘lim, 26 bob 
hamda 128 ta moddadan iborat bo‘lib, unda adolat ustuvordir. Shuning uchun ham 
Konstitutsiyamiz, ―Adolat qomusi‖ deb ataladi. 
O’quvchi: 
Konstitutsiyamizning har bir bandida insoniylik, inson manfaatlaridan kelib 
chiqqan adolatli qonunlar ifodalangandir. 
O’quvchi: 
Unda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, odillik bilan belgilab 
qo‘yilgan. 
O’quvchi: 
Shuningdek Konstitutsiya har bir davlatning o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlarini to‘la ifodalovchi, barcha insonlarni baxt-saodatga yetaklovchi, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini burchlarini belgilab beruvchi hujjat 
hisoblanadi. 
O’qituvchi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari bilan tarnishing. 

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling