Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida


Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/34
Sana19.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1613166
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
Bog'liq
охирги вариант

 


24 
“Quruvchi” o‟yini 
―Quruvchi‖ o‘yini o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib, darsda o‘tilgan mavzuni 
yoki yangi mavzuni mustahkamlash qismida yoki darsdan tashqari vaqtda 
o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi avvaldan darsga tayyorgarlik ko‘rib qog‘ozdan 
―g‘ishtchalar‖ yasaydi va bu g‘ishtchalarga savol yozilgan qog‘ozlarni yopishtirib 
chiqadi. ―G‘ishtchalar‖ soni o‘quvchilar soniga teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak. 
O‘quvchilar minora yoki devor qurishlari uchun joy ajratiladi. Har bir guruhdan 
bittadan bola chiqadi va g‘ishtchani olib savolni o‘qiydi. Agar bolalar savolga 
to‘g‘ri javob bersalar o‘zlarining maydonlriga g‘ishtni teradilar. Agar noto‘g‘ri 
javob bersalar, o‘qituvchi g‘ishtchani olib qo‘yadi. O‘yin shu tahlitda 
barchao‘quvchilar qog‘ozni olib bo‘lgunlariga qadar davom etadi. Qurilish 
maydonchasida eng ko‘p g‘isht tergan o‘quvchilar guruhi g‘olib hisoblanadi. 
G‘ishtchalarga quyidagicha savollar yozish mumkin: 
1. 
O‘zbekiston qachon o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan? 
2. 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti kim? 
3. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i qachon qabul qilingan? 
4. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi qachon qabul qilingan? 
5. 
Mustaqillik bayrami qaysi kuni nishonlanadi? 
Yuqoridagi o‘yinlardan foydalanish darsni qiziqarli bo‘lishini taminlaydi.
Syujetli, rolli o‟yinlar. Bu o‘yinlar bolalarni ma‘naviy –axloqiy tarbiyalashda 
muhim o‘rin egallaydi. Bunday o‘yinlar odatda jamoaviy harakterga ega. Mazkur 
turdagi o‘yinlar rolli, dramali o‘yinlar va rejissorlik o‘yinlari kabi turlarga 
bo‘linadi. Bunday o‘yinlar asosini mavzu, mazmun va rol tashkil etadi.
Rollarga bo‟linib ijro etiladigan o‟yinlar. Bu usulni qo‘llash orqali o‘quv 
maqsadlariga erishibgina qolmay, o‘qituvchi o‘quvchilarda bilim olishga qiziqish, 
moyillik uyg‘otish, darsni boshlanishida qo‘llanganda esa o‘quvchilarni darsga 
ruhiy tayyorlash ham mumkin. O‘yin qiziqarli o‘tishini , aqliy mehnati yoqimli 
mehnat jarayoniga o‘tishiga qulay imkoniyat beradi. 


25 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilar ertak yoki hikoya qahramoni rolini o‘ynash 
jarayonida obrazni o‘ziga hos xususiyatlarini, matn mazmunini yaxshiroq bilib 
oladilar.
Kompyuter o‘yinlari. Bu o‘yinlarning qulayligi shundan iboratki, ular 
o‘yinda qo‘yilgan vazifalar yechimini rollarda ko‘rsatadi, masalan, ular 
hamkorlikda amalga oshirayotgan harakatlarni uning qatnashchilarini emotsional 
holatlarda yaqqol namoyish etadilar. Natijada bolalar hayotdagi turli vaziyatlarda 
ma‘naviy- axloqiy qoidalarga rioya qilish tajribasini o‘rganadilar. Sayohat 
o‘yinlari romantikaga boy bo‘lganligi sababli bolalarda qiziqish uyg‘otadi, ularni 
syujet rivojlanishida faol qatnashishga undaydi. Albatta bunday o‘yinlarni tashkil 
etishda o‘qituvchi muhim o‘rin egallaydi. Sayohat o‘yini bola harakati, fikri, his-
tuyg‘ularini, uning bilimga bo‘lgan ehtiyojini qondirish shakli hisoblanadi.
O‘yinning nomi, unda bajariladigan topshiriqlarning ifodalanishi bolalarni 
faollikka undashi lozim. Mazmunni idrok etishning topshiriq berish, uni hal etish 
yo‘llarini ko‘rsatish, sayohat yo‘nalishini aniqlash kabi usullarni birgalikda 
qo‘llanadi. 
Bunday o‘yinlarda qo‘shiqlar, topishmoqlar ham bo‘lishi mumkin. 
Ko‘pincha sayohat o‘yinlarini ekskursiyaga o‘xshatadilar. Bu noto‘g‘ri 
albatta,chunki ekskursiya - bu ta‘lim berishning shakli, mashg‘ulot turi, 
ekskursiyaning asosiy maqsadi bevosita kuzatishni talab qiladigan biron bir narsa 
bilan tanishtirishdan iborat. 
Shuningdek, sayohat o‘yinlarini sayrga ham o‘xshatmaslik kerak, chunki 
sayr qilish sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Albatta, sayr qilish vaqtida 
ham ta‘limiy vazifa bajarilishi mumkin. Masan 4-sinfda sayohat o‘yinidan 
Normurod Norqobulkovning ―Xarita‖ asari bo‘yicha foydalanishimiz mumkin.
O‘quvchilar biz qishloqqa sayohat qilmoqchimiz. Bizga har bir bekatda bittadan 
savol berishadi. Agar savolga javob bera olmasak biz yo‘lda qolib ketamiz. 


26 
Quyidagi chizma doskaga ilib qo‘yiladi: 
Bu mahallalarning har birining tagiga savol yoziladi. O‘quvchilar bekatda 
uchragan savollarga javob berib yo‘llarida davom etadilar. Bu o‘yinni sinf uchun 
umumiy, guruhlarga ajjratib yoki individual tarzda qo‘llash ham mumkin.
Darsda ta‘lim-tarbiya birligiga alohida e‘tibor qaratish, o‘quvchilarni erkin 
fikr bildirishga undash, darsda o‘quvchilar faolligini oshirish ―Sayohat o‘yini‖ 
asosida tashkil etilgan darsning asosiy maqsadi bo‘lishi lozim.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling