Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
охирги вариант
Harakatli o‟yinlar. Bu o‘yinlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini jismoniy
jihatdan, ma‘naviy jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi. Ular qoidada belgilangan shartli maqsadga erishishga yo‘naltirilgan faol harakatlarini bajarishni talab qiladi. Bu o‘yin orqali o‘quvchilarda 4-sinfdanoq birdamlik, hamkorlik, bir-birini hurmat qilish, o‘ylaganini tez aytib olish kabi ko‘nikmalarni hosil qilish mumkin. 4-sinfda harakatli o‘yinlardan asosan dam olish daqiqasi sifatida foydalaniladi. Masalan,Chumchuq churq-churq etadi. Donni cho‘qib ketadi. Don cho‘qisa mayliga Hamma yoqqa sochadi. O‘ng qo‘limda besh barmoq. Chap qo‘limda besh barmoq. 1, 2, 3, 4, 5; 1, 2, 3, 4, 5. 23 Ikkalasi do‘st, o‘rtoq. Shu bilan birga quyidagi o‘yinlardan foydalanish mumkin. ―So‘zdan so‘z tuzish‖ o‘yini darsni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunda doskaga har bir qator uchun so‘zlar yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar esa so‘zdagi harflardan boshqa so‘zlar tuzadilar. Bu o‘yin musobaqa tarzida tashkil etiladi. O‘yin quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. O‘zbekiston chamanzorvatan O‘zchaman ana Bekzor tan O‘zbekmaza tana Ma‘lum vaqt belgilanadi. So‘ng g‘olib qator aniqlanadi. Bu o‘yin orqali o‘quvchilarning faolligi oshadi. U nima qilayapti?(pantomima). O‘quvchilardan biri bolalar oldiga chiqib ovozsz harakatlar qiladi. O‘quvchilar jamoasi birgalikda uning harakatlarini izohlab berishlari lozim. Bunday o‘yin o‘qish va ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish, ziyraklik va zeriktirmaslik uchun o‘tkaziladi. Masalan: Abdulla Oripov ―Iqboli buyuksan‖ she‘ri. Avvalo rahmatdir onaga. So‘ng esa albatta otaga. Bizlarga eslatmish hayotni. Unutang hech qachon ustodni. Sen o‘zbek elining farzandi. Istiqlol yurtining dilbandi. Vataning g‘oyatda keng erur, Barchaga barobar teng erur… Ushbu she‘rni o‘rganishda doskaga bittadan bolani chiqarib stol ustida kichkina varaqchalarga yozib qo‘yilgan bittadan qog‘ozni olishlari aytiladi. So‘ng bolalar o‘z harakatlarida ona, ota, ustod va farzandlarni ifodalashadi, boshqa o‘quvchilar topadilar. O‘yin shu tarzda davom etadi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling