Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
охирги вариант
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
Darsning maqsadlari:
a) ta‘limiy: Vatanga muhabbat va milliy istiqlol tuyg‘usini o‘quvchilar ongiga singdirish. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning ―Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir‖ asari borasida, asardagi 65 ma‘naviyat-insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbai ekanligi to‘g‘risida ularga tushuntirish; b) tarbiyaviy: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. Ona yurtiga sadoqatli farzandlar bo‘lib kamol topishlariga hissa qo‘shish; c) rivojlantiruvchi: mustaqil fikrlash va tafakkurini o‘stirish. Dars turi:yangi bilimlarni shakllantiruvchi. Dars metodlari:bahs-munozara, klaster, savol-javob, guruhlar bilan ishlash. Darsning jihozi: Vatanimizning tarixiy shaharlari, qadimiy obidalar, mustaqilligimizdan so‘ng bunyod etilgan go‘zal maskanlar, bog‘lar aks etgan fotosuratlar , Shoirlarimizning yurtimizni madh etib yozgan she‘rlari, vatan haqidagi hikmatli so‘zlar, hadislardan namunalar. Darsning borishi. Tashkiliy qism. O‘qituvchi: Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi, Bir o‘lkaki, qishlarida shivirlar bahor, Bir o‘lkaki, sal ko‘rmasa Quyosh sog‘inar, Bir o‘lkaki, g‘ayratidan asabi chaqnar … Aziz o‘quvchilar! Bugungi darsimiz Vatan mavzusida bo‘lib, mashg‘ulotimiz davomida biz yurtimizning buguni, ertasi, kelajagiga nazar tashlaymiz.Mustaqillik tufayli qo‘lga kiritgan yutuqlarimiz to‘g‘risida fikrlashamiz. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi o‘quvchilar tomonidan ijro etiladi. 66 O‘qituvchi: Vatan bu-bizning ota-bobolarimiz, buyuk ajdodlarimiz yashagan yurt. Qani, bolalar, siz ham so‘zlarimga qo‘shimcha kiriting-chi. 1-o‘quvchi: Vatan bu- biz tug‘ilib o‘sgan, kindik qonimiz to‘kilgan zamin, bizlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazayotgan qutlug‘ maskan. 2-o‘quvchi: Vatan bu- bizning quvonchimiz va qayg‘ularimizning guvohi bo‘lgan serquyosh diyor. 3-o‘quvchi: Vatan bu- baxtiyor avlodlarimiz yashaydigan, kelajagi nurli yurt. O‘quvchilar jo‘rlikda: Men seni sevaman, onajon Vatan, Sen borim- borlig‘im, keng jahonimsan. Toabad omon bo‘l, bo‘lgin salomat, Baxtimning taxtisan, pok imonimsan. O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar! Vatan tabarruk maskan, ajdodlardan qolgan buyuk meros, aziz xotiradir. Shu bois Vatan deganda biz nafaqat mana shu yurt tuprog‘ini, balki shu zaminda bo‘y ko‘rsatgan giyohdan tortib, uning daryo-yu soylari, barcha tog‘-u toshlarigacha, odamlaridan tortib, to eng mitti jonivorlarigacha ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Aslida Vatanimizdagi oddiy xas ham, oddiy chag‘ir tosh ham biz uchun muqaddasdir. Azaldan ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etgan, qayga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olgan, uni yot kuchlardan, shum niyatlardan himoya qilgan. Har bir insonning vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblangan. Shukrlar bo‘lsinki, Mustaqillik tufayli milliy va ma‘naviy qadriyatlarimiz tiklandi. Milliy marosimlarimiz, bayramlarimiz, xalqimiz ardoqlagan azaliy udumlarimiz xalqimizga qaytdi. 67 Mustaqil respublikamizning ravnaq topishi bizning aqlu kamolimiz, bilim olish yo‘lidagi intilishimiz va xulqimizga bog‘liqdir. Demak, mustaqil vatanga har tomonlama yetuk komil farzandlar kerak ekan. Aziz o‘quvchilar bugungi darsimizni bahs-munozara tarzida o‘tkazamiz.Bu shartni bajarishda ikki guruhga bo‘linib olamiz,guruhlarni nomlaymiz.Endi ikki :‖Barkamol avlod‖ va ―Komil inson‖ deya nomlangan guruhlarimiz shartlar asosida bir-birlari bilan bellashadilar. ―Istiqlolga erishgan yurtim ta‘rifi‖, deya nomlangan 1-shartni bajarishni ―Barkamol avlod‖ guruhi a‘zosi :ona vatanda yashamoq ulkan taxtdir. Shuning uchun g‘urbatda, begona yurtlarda sarsonu sargardon bo‘lgan zotlar Vatan dog‘ini hech kimsaga ko‘rsatmasin, deya nolayu faryod qilgan. G‘ariblik dardini Alisher Navoiy bobomiz quyidagi ruboiysida shunday tasvirlaydi: G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulg‘a tikondek oshiyon bo‘lmas emish. ―Komil inson‖ guruhi a‘zosi: Ha, tog‘ri. Umrining ko‘p qismi Vatandan yiroqda o‘tgan shoh va shoir Z.M. Bobur bobomiz ham bu borada quyidagi misralarni bitgan: Yod etmas emish kishini g‘urbatda kishi Shod etmas emish ko‘ngilni mehnatda kishi Ko‘nglim bu g‘ariblikda shod o‘lmadi, oh, G‘urbatda sevinmas emish, 68 albatta, kishi. ― Barkamol avlod‖ guruhi: Vatan ozod va mustaqil bo‘lsa, uning bag‘ri jannat bog‘laridek fayzli, odamlari baxtli bo‘ladi. Shuning uchun vatanning ozodligi va mustaqilligi uning har bir farzandi uchun jon kabi aziz va muqaddasdir. Inson uchun ona yagona bo‘lgani kabi Vatan ham yagonadir. ―Komil inson‖ guruhi: hurmatli prezidentimiz: ―Vatanga muhabbat hissi odamning qalbida tabiiy raishda tug‘iladi. Ya‘ni inson o‘zligini anglagani, nasl- nasabini bilgani sari yuragida yurtiga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi.‖., degan edilar. ―Barkamol avlod‖ guruhi yurtboshimiz istiqlol yo‘lida milliy davlatchiligimizni tiklashda uning jahon hamjamiyatidan munosin o‘rin egallashda va huquqiy demokrtik jamiyat asoslarini barpo etishda beqiyos xizmatlar qildi. Presidentimizning izchil va qat‘iy siyosati tufayli xalqimiz eng og‘ir vziyatlarda ham tanlagan yo‘idan qaytmadi, aksincha, hozir ham yuksak maqsafdlarni ko‘zlab olg‘a intilmoqda. ―Komil inson‖ guruhi: O‘zbekiston o‘zi uchun demokratik rivojlanish, fuqarolik jamiyati qurish yo‘lini aniq ravshan belgilab olgandir va bu maqsad Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan. ―Barkamol avlod-Vatan tayanchi‖ deganda nimani tushunasiz?‖ deya nomlangan ikkinchi shart bo‘yicha guruhlar javoblari. ―Barkamol avlod‖ guruhi: O‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik kabi yaramas illatning oldini olish maqsadida va zamonaviy axborot resurslari, xususan, internet tizimidan keng foydalanish yo‘lga qo‘yildi. ―Komil inson‖ guruhi: Ayniqsa, jismoniy tarbya va sport bilan shug‘ullanishni kundalik hayotimiz tarziga aylantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar alohida ahamiyatga egadir. O‘quvchilar yoshlar o‘rtasida ―Umid nihollari‖, ―Barkamol avlod‖ va ―Universiada‖ kabi sport musobaqalarining bosqichma-bosqich o‘tkazib borilishini 69 ham yurtimizda sportni keng ommalashtirishga berilayotgan katta e‘tibor samarasidir, deb qabul qilish lozim. Vatanimizning ravnaq topishida shu Vatanning har bir farzandi, o‘sib kelayotgan barkamol alod avvalambor, o‘z oldiga bunyodkor g‘oyalarni qo‘ymog‘i lozim. ―Barkamol avlod‖ guruhi: Xalqimizning bosh maqsadi – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish ekan, har birimiz ―Shu ozod Vatan uchun nima qildim, nima qilmoqchiman?‖ degan savolni o‘zimizga beraylik. Yurtimizning tinchligi, bugungi kunda har birimizning ogohligimizga bog‘liq. ―Komil inson‖ guruhi: Men shu ozod va obod Vatanimda erkin va farovon yashayotganimdan faxrlanaman. Vatanimni jondan, dildan sevib, kelgusida unga munosib komil farzand bo‘laman. Guruhlar klaster usulida Vatan so‘ziga ta‘rif beradilar. Serquyosh o‘lkamOna tuprog‘im Sevimli diyor men tug‘ilgan zamin ota makonim muqaddas makon O‘qituvchi: Ha, to‘g‘ri. Vatanimizni qanchalik sevsak, yurtimiz betakror va yagona ekanini yanada to‘liqroq his etamiz. Darsimizni hurmatli Prezidentimizning ―O‘g‘il – qizlarimizdan bitta iltimos:ota-onalaringizga, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro‘yobga chiqarishda hormang, charchamang‖, degan ajoyib so‘zlari bilan yakunlamoqchiman. Mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savollar: Vatan 70 1. ―Mustaqillik bizga nima berdi?‖ degan savolga sizning javobingiz. 2. Vatanimizda ta‘lim sohasidagi o‘zgarishlar. Biz, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar. 3. Nima uchun yurtimizni faxru g‘urur bilan kelajagi buyuk, hur O‘zbekiston deya ataymiz? 4. Vatanga munosib farzand bo‘lishimiz uchun qanday ishlarni amalga oshirmog‘imiz kerak? O‘quvchilar savollarga javob berish asosida Vatan haqidagi tushunchaning naqadar chuqur va teran ma‘noga egaligini o‘zlarining javoblari orqali bayon etishadi. Dars yakunida g‘olib guruhlar aniqlanadi va baholari e‘lon qilinadi. Uyga vazifa: ―Mustaqillik uchun kurashgan ma‘rifatparvar bobolarimiz‖ mavzusida referat tayyorlab kelish, Vatan haqida she‘rlar yodlash. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling