Qo‟chqorov bahodir abdullajonovich o‟qish darslarida
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
охирги вариант
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13. Qahramonlarga tavsif.
- 15. O‟quvchilarni rag‟batlantirish. Izoh.
12. Umumlashtiruvchi suhbat. Darsda kim haqida hikoya qilingan asarni
o‘rgandik? Kurush nima uchun massagetlar yeriga ko‘z olaytirdi? Kurushning taklifini To‘maris nima uchun rad etdi? Kurush qanday qarorga keldi? Samo bilan aloqa deganda nimani tushundingiz? To‘maris nima uchun janga tayyorlana boshladi? 13. Qahramonlarga tavsif. Tavsif T chizma asosida beriladi. Bunda o‘quvchilar To‘maris va Kurushni taqqoslaydilar, to‘g‘ri xulosa chiqaradilar: - To‘maris - sezgir ayol. Chunki u Kurushning niyatini darrov fahmladi. - U ehtiyotkor. U xalqini urush ofatlaridan saqlash uchun Kurush taklifini yumshoqlik bilan boshqa ko‘rsatib rad etadi. -To‘maris- jasur ayol. U dushmanga qarshi urushdan cho‘chimaydi. Shuning uchun u elchiga : ―Biz urushdan qo‘rqmaymiz va o‘z ona yurtimizni himoya qilamiz, shohingga ayt‖. – deydi. Shu tarzda Krezning ayyorligi, mug‘ambirligi, Kurushning bosqinchiligi, molparastligi, elchining ayg‘oqchiligi haqidagi fikr-mulohazalar eshitiladi. 88 To‘maris Kurush Sezgir Ayyor Ehtiyotkor Mug‘ambir Jasur Bosqinchi Vatanparvar Molparast Suhbat yakunida tarbiyaviy xulosa chiqariladi: -―To‘maris‖ asarini o‘qish orqali sizda qanday tuyg‘u paydo bo‘ldi? ― Siz kimning o‘rnida bo‘lishni istar edingiz?‖, ―Siz o‘z shaxsingizda qanday xislatlar bo‘lishini istaysiz?‖ 14.Uyga. 1 va 2-bo‘limni o‘qib, qayta hikoyalashga: ko‘z yugurtirdi, ko‘zlarida yongan qiziqish, uloq chopish, chavandozlik, nigoh kabi so‘z va iboralar ma‘nosini izohlab berishga tayyorlanib kelishi vazifa qilib beriladi. 15. O‟quvchilarni rag‟batlantirish. Izoh. O‘quvchilar tarixiy davrdan hikoya qiluvchi afsona va rivoyatlarni ham tarixiy haqiqatga aylanishini, u real voqelikda yuz bergan deb o‘ylashni istaydilar. Dars yaxshi tshkil etilsa va o‘tilsa, To‘maris haqidagi afsona o‘quvchilarga tarixiy haqiqat kabi tuyuladi. Bunday shaxs va oqealar tarixda bo‘lgan deb biladilar, o‘quvchilarda unga o‘xshash istagi paydo bo‘ladi. Vatanning gullab- yashnashi uchun har bir shaxs harakat qilishi lozimligini anglay boradilar. ―Bunga erishish uchun nima qilish kerak?‖ – degan savol berilsa, o‘ylashga majbur bo‘ladilar. Shunda, hozir ularning oldidagi biron-bir vazifa yaxshi o‘qish, bilimlarini boyitish, o‘qiganlariga amal qilish ekanligini o‘qituvchi ta‘kidlab, ularning shaxsni shakllantirib borishi lozim. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling