О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
-
“Himoya qilishga ruxsat beraman”
|
Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani
|
_______________p.f.n.I.To’raqulova
|
“____” __________________ 2022 y.
|
5110900 – PEDAGOGIKA – PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
RIVOJLANISH PSIXOLOGIYASI.PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: BIXEVIORIZM VA IJTIMOIY ÒRGATISH YÒNALISHIDA IJTIMOIY XULQ ATVOR MUAMMOLARINING ÒZIGA XOSLIGI.
Bajardi: Sh. Berdiboyeva
Ilmiy rahbar: J.Majidov
JIZZAX -2022
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB Ijtimoiy bixeviorizm va ijtimoiy xulq atvor
Ijtimoiy bixeviorizmda aqliy jarayonlarni o'rganish
Bixeviorizmning asosiy xatolari
Ijtimoiy òrgatish yònalishida ijtimoiy xulq atvor muammolarining òziga xosligi
II.BOB Bixeviorizm asoslari va ijtimoiy xulq atvor muammolarining òziga xosligi
2.1 Bixeviorizmning kuchli tomonlari va ijtimoiy xulq atvorga tasiri
2.2 Bixeviorizm nazariyasi va yo’nalishlari
XULOSA VA TAVSIYALAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Bixeviorizm - bu odamlar nima uchun ular kabi harakat qilishlarini anglash maqsadida tarix davomida vujudga kelgan asosiy nazariy oqimlardan biridir. Ushbu paradigma u voqelikni ob'ektiv kuzatishiga asoslanadi, kuzatiladigan va o'lchanadigan dalillarga asoslangan empirik va ilmiy bilimlarni izlash jarayoni muhimligidir.
Bixeviorizm – inglizcha “xulq-atvor” degan ma’noni bildiradi.
Bixeviorizm – xulq psixologiyasi bo’lib, u inson va hayvonlar xulq-atvori qonuniyatlari muammolarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bunday ta’rif I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, D.Uotson, E.Tolmen, B.Skinner, K.Xallar tomonidan berilgan. Xulq-atvor stimul-reaksiya formulasi asosida o’rganilgan. Reaksiya bu – tashqi stimulga beriladigan javob, uning vositasida individning tashqi muhitga moslashuvi ro’y beradi. Inson xulq-atvori qonuniyatlari tashqi stimul qonuniyatlaridan keltirib chiqariladi.1
Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Hall va V.Skennerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, Dj.Tibo, G.Kelli diada - ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma xil eksperimental ko’rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini qo’lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o’tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustahkamlash g’oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli o’laroq ijtimoiy psixologik bixevioristlar hayvonlar o’rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g’oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to’plangan dalillar modelini insonlarda qo’llash hollari kuzatildi
Do'stlaringiz bilan baham: |