Qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti


Xom-ashyobop o’simliklarning ishlatilishiga ko’ra turlari


Download 1 Mb.
bet5/11
Sana17.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1208733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pulli kurs ishi

1.2 Xom-ashyobop o’simliklarning ishlatilishiga ko’ra turlari

O’zbekiston foydali xomashyo o’simliklarini ishlatilishiga ko’ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1.Oziq-ovqat o’simliklari; 2.Sabzavot-poliz


o’simliklari; 3.Ziravor o’simliklar; 4.Dorivor o’simliklar; 5.Vitaminli o’simliklar; 6.
Saponinli o’simliklar; 7.Manzarali o’simliklar; 8.Narkotik o’simliklar; 9.Asal
beruvchi o’simliklar; 10.Bo’yoq beruvchi o’simliklar; 11.Efir moyli o’simliklar;
12.Tolali o’simliklar; 13.Oshlovchi moddali o’simliklar; 14.Moyli o’simliklar;
15.Em-xashak o’simliklari; 16.Madaniy o’simliklar; 17.Zaharli o’simliklar va b.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham barcha sohalarda bo’lganidek,
boshqa fanlarning yutuqlariga tayanmasdan turib, o’zi mustaqil ravishda rivojlana
olmaydi. O’z navbatida O’zbekiston foydali o’simliklari fani ham
o’simlikshunoslik, botanika, farmokognoziya, agrokimyo, tuproqshunoslik,
o’simliklar fiziologiyasi, o’simliklar biokimyosi, o’simliklar biotexnologiyasi,
kimyo, fizika va boshqa fanlarning yutuqlariga tayangan holdagina o’z oldiga
qo’ygan maqsadlarga erisha oladi.
O’zbekiston foydali o’simliklari fanining biologiya yo’nalishi talabalariga
o’qitiladigan barcha fanlar bilan bog’liqligi katta. O’simliklar dunyosini bilish va
yaxshi o’rganishda ayniqsa kimyoviy-biologik fanlarni chuqur o’zlashtirishning ahamiyati katta. Biologiya yo’nalishining birinchi va ikkinchi kurslarida o’tiladigan botanika
(o’simliklar anatomiyasi va mofologiyasi, o’simliklar sistematikasi), kimyo
(ayniqsa organik va analitik kimyo), ekologiya va tabiatni muhofaza qilish va
boshqa fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari, chet tili)
O’zbekiston foydali o’simliklari fanini o’qitishga asos bo’lsa, O’zbekiston foydali
o’simliklari fanining o’zi eng muhim va qimmatbaho hisoblangan, xalq
xo’jaligining turli sohalarida ishlatiladigan o’simliklar va ulardan foydalanish
usullari, o’simliklarni sug’oriladigan yerlarda o’stirish texnologiyasi to’g’risida
batafsil ma’lumot beradi.
Talabalar botanika fani orqali o’simliklarning anatomik tuzilishi va
morfologik belgilarini o’rganadilar, ularning sistematik guruhlarini, tabiiy tarqalish
maydonlarini bilib oladilar. Kimyo fanidan o’simliklarning kimyoviy tarkibi va
kimyoviy tasnifini o’rganadilar. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanini o’qish
jarayonida o’simliklarni ekologiyasi, o’simliklarni muhofaza qilish, ulardan oqilona
foydalanish, muhofazaga muhtoj turlar haqida o’rganadilar.
Informatika va axborot texnologiyalari fanini o’zlashtirish orqali dunyo
florasiga oid turlar bilan internet ma’lumotlari orqali tanishishlari mumkin, chet
tilini mukammal o’rganish orqali talabalar boshqa chet mamlakatlar florasiga
mansub bo’lgan qimmatbaho o’simlik turlari haqidagi ilmiy manbalarni va
ma’lumotlarni o’zlari mustaqil holda chet tilida batafsil o’qib o’rgana oladilar va h.
Ma’lumki har bir fanning o’ziga xos metodlari — uslublari mavjud.
O’zbekiston foydali o’simliklari fani esa nomlari yuqorida ko’rsatilgan barcha
fanlarning uslublariga tayangan holdagina taraqqiy eta oladi.
Foydali o’simliklarning o’rganilish tarixi. Qadim-qadimdan insoniyat
o’simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalanib keladi. Foydali o’simliklar
to’g’risidagi ma’lumotlar avloddan-avlodga, qabiladan-qabilaga faqat og’zaki
tarqalgan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling