Qodirov rivojiddinnig


Download 153.19 Kb.
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi153.19 Kb.
#1325367
  1   2
Bog'liq
MySQL TASHQI MALUMOTLAR BAZASI BILAN ISHLASH


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
HUZURIDAGI
YANGIQO’RG’ON AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI TEXNIKUMI
2-KURS 8 GURUHINING TALABASI
QODIROV RIVOJIDDINNIG
INTERNET TEXNOLOGIYALARI
O’QUV AMALIYOTI
FANIDAN
AMALIY ISHI

MAVZU: MySQL TASHQI MALUMOTLAR BAZASI BILAN ISHLASH


REJA:
MySQL uzi nima.
Relational Engine so’rovnoma.
SQL Server.


MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.
Ho'sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya'ni faylni ochish, o'qish, yopish,.. ko'p vaqtni olib qo'ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko'p), ma'lumotlar bazasiga o'tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o'xshash juda ko'p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o'zida saqlaydi.
MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.
So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni MYSQLni ko'chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko'ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo'lishi kerak. Bu esa dasturchiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
SQL Serverning asosiy komponenti Ma'lumotlar bazasi Mexanizmi (Database Engine) mavjud. DBE so'rovlarni qayta yuklash Aloqa Mexanizmi(Relational Engine) va ma'lumotlar indekslari fayllari, sahifalari va boshqalarni boshqaradigan Saqlash Mexanizmi(Storage Engine)dan iborat. Saqlangan protseduralar , ko'rinishlar va triggerlar kabi ma'lumotlar bazasi ob'ektlari ham DBE yaratiladi va bajariladi.
Relational Engine
Relational Engine so'rovni himoyaning eng yaxshi usulini aniqlaydigan komponentlarni o'z ichiga oladi. Relyatsion vosita so'rovlar protsessori sifatida ham tanilgan.
Relyatsion vosita kirish so'rovi asosida saqlash mexanizmidan ma'lumotlarni so'raydi va resurslarni qayta ishlaydi.
Relyatsion mexanizmning ba'zi vositalarii so'rovlarni qayta ishlash, xotirani boshqarish, mavzu va narsalarni boshqarish, buferni boshqarish va taqsimlangan so'rovlarni qayta ishlashni o'z ichiga oladi.
SQL Server — ma'lumotlarni saqlaydigan va ularga so'rov qilish yaratuvchi ma'lumotlar bazasi mexanizmi. SQL Server Management Studio — bu SQL Server ma'lumotlar bazasi serverlari bilan ishlash uchun grafik interfeysni ta'minlovchi boshqaruv vositasi. Agar siz ma'lumotlarni saqlamoqchi bo'lsangiz, sizga faqat SQL Server kerak bo'ladi, agar siz ma'lumotlarni GUI vositasi bilan boshqarmoqchi bo'lsangiz, boshqaruv studiyasi ham kerak bo'ladi.

Download 153.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling