Qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Naryad yoki farmoyish berish


Download 32.69 Kb.
bet6/15
Sana08.01.2022
Hajmi32.69 Kb.
#247118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
elektr toki haqida

2-§. Naryad yoki farmoyish berish

58. Naryad ikki nusxada, telefon yoki radioaloqa orqali berilganda esa uch nusxada yoziladi. Telefon yoki radioaloqa orqali berilganda naryad beruvchi bir nusxada, naryad matnini qabul qiluvchi shaxs esa, naryadni ikki nusxada telefon yoki radiogramma holida qabul qiladi va qayta tekshirgandan so‘ng naryad beruvchi imzosi o‘rniga uning familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, naryad yozuvi to‘g‘riligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.

Ish bajaruvchi bir vaqtning o‘zida ishga qo‘yuvchi qilib tayinlangan hollarda naryad ish bajaruvchiga qanday usulda berilishidan qat’i nazar ikki nusxada to‘ldiriladi va naryadning bir nusxasi naryad beruvchida qoladi.

Mahalliy sharoitlarga (dispetcherlik punktining joylashishiga) qarab naryadning bir nusxasi ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchida (dispetcherda) qolishi mumkin.

59. Bir ish rahbariga beriladigan naryadlar sonini naryad beruvchi belgilaydi.

Ishga qo‘yuvchiga va ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) navbatma-navbat ishga qo‘yish va ular bo‘yicha ishlash uchun birdaniga bir nechta naryad va farmoyishlar berilishi mumkin.

60. Naryadni ish boshlangan kundan boshlab 15 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga berishga ruxsat etiladi. Naryadni 1-marta, uzaytirilgan kundan boshlab 15 kalendar kundan ko‘p bo‘lmagan muddatgacha uzaytirish mumkin. Ish jarayonidagi tanaffuslarda naryad o‘z kuchini saqlab qoladi.

61. Naryad muddatini faqat ushbu naryadni bergan yoki ushbu elektr qurilmasida ishlashga naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodim uzaytirishi mumkin.

Naryad muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ruxsat telefon, radioaloqa yoki kuryer orqali ishga qo‘yuvchiga, ish rahbariga yoki ishni bajaruvchiga topshirilishi mumkin, bunday holda ushbu xodim o‘z imzosi bilan naryad muddatini uzaytirgan xodimning ismi va familiyasini naryadda ko‘rsatadi.

62. Naryadlar bo‘yicha ishlar to‘liq tugagandan so‘ng ular 30 sutka davomida saqlanishi shart, keyin esa yo‘q qilib yuborilishi mumkin.

63. Farmoyish bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, uning muddati ijrochilar ish kunining davomiyligi bilan belgilanadi.

64. Ishlashga farmoyish ish bajaruvchiga va ishga qo‘yuvchiga yoki ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat beruvchiga beriladi.

Mahalliy navbatchisi bo‘lmagan elektr qurilmalarida, ish joyida ishga qo‘yish talab qilinmaganda, farmoyish to‘g‘ridan to‘g‘ri ish bajaruvchiga berilishi mumkin.

65. Farmoyish bo‘yicha bajarilishi mo‘ljallangan ishlar naryad beruvchi xodim ixtiyoriga qarab naryad bo‘yicha bajarilishi mumkin. Naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha bajariladigan ishlarni hisobga olish ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.




Download 32.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling