Qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
-§. Ishlar to‘liq tugaganidan so‘ng elektr qurilmasini ulash
Download 32.69 Kb.
|
elektr toki haqida
10-§. Ishlar to‘liq tugaganidan so‘ng elektr qurilmasini ulash
100. Faqat ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan yoki uni almashtirgan shaxsdan ruxsat (farmoyish) olingandan so‘ng elektr qurilmasini ulash mumkin. Elektr qurilmasini ulab ishga tushirishga ruxsat (farmoyish) faqat ushbu elektr qurilmasida ish joylarini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan ishni bajaruvchilar va ishga qo‘yuvchilarning barchasidan ish to‘liq tugaganligi, ushbu Qoidalarning 96-bandi talablari bajarilganligi to‘g‘risidagi xabar olingandan va elektr qurilmasini ulash imkoniyati mavjud bo‘lgandan so‘ng berilishi mumkin. 101. Ishlar to‘liq tugagandan so‘ng elektr qurilmasini ulashga ruxsat (farmoyish) olgan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan shaxs ushbu elektr qurilmasini ulashdan oldin ish joylarini tayyorlashda navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodim tomonidan o‘rnatilgan vaqtinchalik to‘siqlarni, ko‘chma plakatlarni va yerga ulagichlarni olishi, doimiy to‘siqlarni tiklashi shart. 102. Tezkor ta’mirlovchi xodimlardan bo‘lgan ishga qo‘yuvchiga elektr qurilmasida ishlar tugagandan so‘ng ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat bergan yoki uni almashtirgan xodimning ruxsatini yoki farmoyishini olmasdan, elektr qurilmasini ulash huquqi berilishi mumkin. Bunday ulashga huquq berilishi naryadning “Alohida ko‘rsatmalar” satrida yozilishi va ishga qo‘yuvchiga ish joyini tayyorlashga va ishga qo‘yishga ijozat berishda tasdiqlanishi shart. Naryadda bunday tasdiqni rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Bunday ulash huquqi faqat ushbu qurilmada yoki uning uchastkasida boshqa brigada ishlashiga ruxsat etilmagan holda beriladi. 103. Avariya holatlarida ta’mirlashga chiqarilgan elektr uskunasini yoki elektr qurilmasini navbatchi xodim yoki ishga qo‘yuvchi, ishni bajarayotgan brigada yo‘qligida ish tamom bo‘lgunga qadar, ish bajaruvchi o‘z ish joyiga yetib kelguncha yoki ular naryadni qaytarib berguncha ish joylarida ishni bajaruvchini elektr qurilmasi ulanganligi va ishni davom ettirish taqiqlanganligi haqida ogohlantirish uchun odamlar qo‘yilishi sharti bilan ulashi mumkin. Download 32.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling