Qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Qisqa muddatli va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar


Download 32.69 Kb.
bet7/15
Sana08.01.2022
Hajmi32.69 Kb.
#247118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
elektr toki haqida

3-§. Qisqa muddatli va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar

66. Qisqa muddatli, ya’ni davomiyligi 1 soatdan ortiq bo‘lmagan ishlar farmoyish bo‘yicha ta’mirlash xodim tomonidan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodim nazorati ostida, shuningdek, navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimning o‘zi tomonidan bajarilishiga ruxsat beriladi.

Bunday ishlarga quyidagilar kiradi:

elektr dvigatel va boshqa uskunalardan kabellar, simlar, shinalarni ajratish yoki ulash;

TQda releli himoya, avtomatika, telemexanika va aloqa, shu jumladan, yuqori chastotali himoya va aloqa filtrlarining tuzilmalari va zanjirlaridagi ishlar;

0,4 kV li HLni, shuningdek, barcha kuchlanishli KLni ajratish yoki ulash, fazirovka qilish, KL zanjirlarining butunligini tekshirish, transformator shoxobchalarini almashlab ulash, moy o‘lchagich oynalarini va yakka izolyatorlarni artish, qo‘shimcha moy quyish va tekshirishga olish, moyni quritish va tozalash apparatlarini ulash va ajratish, havo o‘chirgichlarining manometrlarini almashtirish, tok o‘tkazuvchi qismlarning qizishi va titrashini tekshirish, elektr o‘lchash ombirlari bilan o‘lchash, simlar va shinalardan begona narsalarni, HL simlaridan qulagan daraxtlar, shox-shabba va boshqalarni olib tashlash;

elektr qurilmalarining, energetika tizimining dispetcherlik va texnologik boshqarish vositalari (keyingi o‘rinlarda — DTBV) (aloqa va telemexanikaning kabel va havo liniyalari, yuqori chastotali kanallar, telemexanika va aloqa tuzilmalari), kanallarining, issiqlik avtomatikasining, issiqlik texnika o‘lchovlari hamda himoya tuzilmalarining, masofadan boshqarish vositalari, signalizatsiya va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari texnik vositalarining (keyingi o‘rinlarda — IAO‘), iste’molchilar elektr ta’minotining normal ishlashiga xavf soluvchi nosozliklar paydo bo‘lganda, ularni bartaraf qilish uchun kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar.

67. Ushbu Qoidalarning 66-bandida keltirilgan ishlarni bajarishda ishlayotganlarning soni nazorat qiluvchi xodim bilan birgalikda 3 kishidan ortmasligi shart.

1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarida ishlaganda, ishni bajarayotgan yoki nazorat qilayotgan navbatchi yoki tezkor ta’mirlovchi xodimlardan boshlig‘i IV guruhga mansub, 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida — III guruhga mansub bo‘lishi shart. Brigadaning qolgan a’zolari III guruhga mansub bo‘lishlari kerak. Iste’molchini ta’minlovchi ulanishlardagi ishlarga iste’molchi xodimi jalb qilinishi mumkin.

Ishni boshlashdan oldin ish joyida barcha texnik tadbirlar amalga oshirilishi shart, ochiq taqsimlovchi qurilmalarda ish joyini arqon yoki shnur bilan o‘rashdan tashqari bunday hollarda ochiq taqsimlovchi qurilmasida ish joyini arqon bilan o‘rash shart emas.

Ushbu Qoidalarning 66-bandida qayd etilgan ishlarni bajarish uchun 1 soatdan ko‘p vaqt yoki 3 kishidan ortiq odam talab etilsa, u holda ushbu ish naryad bo‘yicha bajarilishi shart.


Download 32.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling