Qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


Download 32.69 Kb.
bet8/15
Sana08.01.2022
Hajmi32.69 Kb.
#247118
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
elektr toki haqida

4-§. Brigada tarkibi

68. Brigada a’zolari soni va uning tarkibi ularning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhlarini hisobga olgan holda ish bajarish sharoitlariga hamda brigada a’zolari ustidan ish bajaruvchining (kuzatuvchining) nazoratini ta’minlash imkoniyatiga qarab belgilanadi.

Ish bajaruvchi rahbarlik qilayotgan brigada a’zosi II guruhga mansub bo‘lishi shart. Ishlar kuchlanish ostida bajariladigan bo‘lsa, brigada a’zosi III guruhga mansub bo‘lishi shart, HLda bajariladigan ishlar bundan mustasno (ushbu Qoidalarning 332-bandi), bunday ishlarni IV guruhga mansub brigada a’zosi bajarishi shart.

Brigadaga uning III guruhga mansub har bir a’zosiga I guruhga mansub bir ishchini kiritishga ijozat beriladi. Lekin I guruhga mansub brigada a’zolarining umumiy soni 3 kishidan ortmasligi kerak.

Ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda (120 — 124127, 487525-bandlariga qaralsin) ishlarni farmoyish bo‘yicha bir kishi bajarishiga ruxsat etiladi.

69. Navbatchi o‘zidan yuqori turuvchi navbatchining ruxsati bilan naryadga kiritilmasdan, tezkor jurnalga yozib qo‘yilib, ta’mirlash brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin.

70. Brigada tarkibini o‘zgartirish, naryad beruvchiga yoki ushbu elektr qurilmasida ushbu ishni bajarish uchun naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xodimga ijozat beriladi. Brigada tarkibini o‘zgartirish haqidagi ko‘rsatmalar telefon, radioaloqa yoki kuryer orqali ishga qo‘yuvchiga, ish rahbariga yoki ishni bajaruvchiga yuborilishi mumkin, u o‘z imzosi bilan ushbu o‘zgartirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan xodimning familiyasi, ismi va otasining ismini naryadga yozib qo‘yadi.

Brigada tarkibini o‘zgartirishda ushbu Qoidalarning 68-bandi talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilmasligi shart. Ish bajaruvchi brigada tarkibiga qo‘shilgan yangi ishchilarga yo‘l-yo‘riq berishi shart.

71. Ish rahbari yoki ish bajaruvchi almashtirilganda yoki brigada tarkibi yarmidan ko‘pga o‘zgartirilsa, naryad yangidan berilishi shart.


Download 32.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling