Qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


-§. Ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yish


Download 32.69 Kb.
bet10/15
Sana08.01.2022
Hajmi32.69 Kb.
#247118
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
elektr toki haqida

6-§. Ish joyini tayyorlash va ishga qo‘yish

75. Ish joyini tayyorlash bo‘yicha naryadda ko‘rsatilgan choralarni o‘zgartirish taqiqlanadi.

Ish joyini tayyorlashga taalluqli choralarning to‘g‘riligiga va yetarliligiga, shuningdek, ishning xavfsiz bajarilishiga shubha paydo bo‘lganda, ushbu ish joyini tayyorlash to‘xtatilishi shart.

76. Ish bajaruvchi ishga qo‘yuvchi vazifasini o‘rindoshlik asosida bajargan hollarda, u ish joyini III guruhga mansub brigada a’zolaridan birortasi bilan tayyorlashi shart.

77. Ishga qo‘yuvchi ishga qo‘yishdan oldin ish joyini tayyorlash bo‘yicha texnik tadbirlarning bajarilganligiga ishonch hosil qilishi shart. Ishonch shaxsan ko‘rish bilan, tezkor jurnaldagi yozuvlar bo‘yicha, tezkor sxema bo‘yicha yoki navbatchi, tezkor ta’mirlovchi xodim va iste’molchilar xodimlarining xabarlari bo‘yicha hosil qilinishi mumkin.

78. Ish rahbari va ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ishga qo‘yishdan oldin, ishga qo‘yuvchidan ish joylarini tayyorlashda qanday choralar ko‘rilganligini aniqlashi va ushbu tayyorgarlikni ish joyi chegarasida shaxsan ko‘zdan kechirishi shart.

Ishga qo‘yishdan oldin ish joyi tayyorligini ish rahbari ishga qo‘yuvchi bilan birga yoki uning ruxsati bilan o‘zi mustaqil, ish bajaruvchi — ish rahbari yoki ishga qo‘yuvchi bilan birga tekshirishi shart.

79. Naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishga qo‘yish bevosita ish joyida amalga oshirilishi shart.

Farmoyish bo‘yicha ishlashda ish joyini tayyorlash kerak bo‘lmagan hollarda ishga qo‘yish ish joyida amalga oshirilishi shart emas, HL, AHL va KLda esa talab qilinmaydi.

80. Ishga qo‘yish ish joyining tayyorligi tekshirilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

Bunda ishga qo‘yuvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:

naryad yoki farmoyishda ko‘rsatilgan brigada tarkibining shaxsiy guvohnomalariga mosligini tekshirishi;

sog‘ligi yomon va mast holatdagi ishchilarni brigada tarkibidan chiqarishi;

yo‘l-yo‘riq berishi: brigadani naryad, farmoyish mazmuni bilan tanishtirishi; ish joyining chegaralarini ko‘rsatishi; ish joyiga yaqin turgan uskunalarni va kuchlanish bor-yo‘qligidan qat’i nazar yaqinlashish taqiqlangan ta’mirlanayotgan va qo‘shni ulanishlarning tok o‘tkazuvchi qismlarini ko‘rsatishi;

kuchlanish yo‘qligini brigadaga tarmoqda o‘rnatilgan yerga ulagichlarni ko‘rsatishi yoki ish joyidan yerga ulagichlar ko‘rinmagan taqdirda, 35 kV va undan past kuchlanishli elektr qurilmalarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish bilan keyinchalik tok o‘tkazuvchi qismlarga qo‘l tekkizish orqali isbot qilishi shart (konstruksiyasi imkon beradigan joylarda).

81. Ishga qo‘yishda ishga qo‘yuvchidan tashqari ish bajaruvchi ham brigadaga yo‘l-yo‘riq berishi shart. U ishlarni xavfsiz bajarish choralari, shu jumladan, ularning texnologiyasi, asboblar, moslamalar, yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlardan foydalanish haqida ham yo‘l-yo‘riq beradi. Zarur bo‘lganda ish rahbari yo‘riqni to‘ldirishi mumkin.

Yo‘l-yo‘riq berilmasdan brigadani ishga qo‘yish taqiqlanadi.

82. Yo‘l-yo‘riqni berish va ishga qo‘yish ishga qo‘yuvchi, ish bajaruvchining (kuzatuvchining) va brigada a’zolarining imzolari bilan ushbu Qoidalarga 3-ilovada keltirilgan naryadning 3-jadvalida kuni va vaqti ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi.

Ishga qo‘yishda berilgan yo‘l-yo‘riqni yo‘l-yo‘riq berish jurnalida rasmiylashtirish talab qilinmaydi.

83. Ishga qo‘yish naryadning har ikki nusxasida rasmiylashtiriladi. Naryadning bir nusxasi ish bajaruvchida (kuzatuvchida), ikkinchisi esa navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan ishga qo‘yuvchida qoldiriladi.

Ish bajaruvchi o‘rindoshlik asosida ishga qo‘yuvchi vazifasini bajarganda ishga qo‘yish naryadning bir nusxasida rasmiylashtiriladi.

Farmoyish bo‘yicha ishga qo‘yish tezkor jurnalda yoki ushbu Qoidalarga 5-ilovada keltirilgan naryadlar va farmoyishlar bo‘yicha ishlarni qayd etish jurnalida rasmiylashtiriladi.




Download 32.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling