Qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
-§. Ish olib borishni nazorat qilish
Download 32.69 Kb.
|
elektr toki haqida
7-§. Ish olib borishni nazorat qilish
84. Ishga qo‘yilgandan so‘ng brigada tomonidan xavfsizlik talablarining bajarilishi ustidan nazorat ish bajaruvchiga (kuzatuvchiga) yuklanadi. U iloji boricha xavfi yuqoriroq ish bajarilayotgan joyda turib o‘z ishini shunday tashkil qilishi kerakki, o‘sha yerdan turib ishlayotgan barcha brigada a’zolari ishini nazorat qila oladigan bo‘lsin. Kuzatuvchiga o‘rindoshlik asosida nazorat qilishdan boshqa biron ishni bajarish taqiqlanadi. 85. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) ish joyidan vaqtincha ketishi zarur bo‘lganda, agar uning o‘rnini ish rahbari, ishga qo‘yuvchi yoki naryad berish huquqiga ega bo‘lgan xodimga almashtirish imkoniyati bo‘lmasa, ish bajaruvchi brigadani (taqsimlovchi qurilmasidan chiqarib, eshiklarni qulflab, xodimlarni HL tayanchlaridan tushirib va hokazo) ish joyidan chiqarishi shart. Ish bajaruvchi (kuzatuvchi) almashtirilganda, u naryadni o‘z o‘rniga vaqtinchalik qoldirilgan xodimga berib ketishi shart. 1000 V gacha bo‘lgan kuchlanishli elektr qurilmalarida farmoyish bo‘yicha ishlar bajarilayotgan bo‘lsa, zarurat bo‘lganda, ish bajaruvchining qisqa vaqtga ketishiga ijozat beriladi. Bunday paytda brigadaning III guruhga mansub bir yoki bir necha a’zolari ish joyida qolib ishni davom ettirishlari mumkin. 86. Ish bajaruvchining ruxsati bilan brigada a’zolaridan biri yoki bir nechtasi ish joyidan vaqtincha ketishlariga ijozat beriladi. Bunda ularni brigada tarkibidan chiqarish talab qilinmaydi. 1000 V dan yuqori bo‘lgan kuchlanishli elektr qurilmalarida ish joyida qolgan brigada a’zolarining soni, ish bajaruvchi bilan hisoblaganda ikki kishidan kam bo‘lmasligi shart. III guruhga mansub brigada a’zolari TQdan mustaqil chiqishlari va yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin, I va II guruhga mansub brigada a’zolari esa faqat III guruhga mansub brigada a’zosi yoki elektr qurilmasini bir o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar hamrohligida chiqishlari va yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin. TQdan chiqqandan so‘ng eshikni ochiq — qulflanmagan holda qoldirish taqiqlanadi. Ishga qaytgan brigada a’zolari faqat ish bajaruvchining ruxsati bilan ishga tushishlari mumkin. Agar elektr qurilmasi joylashgan xonani qulflashning iloji bo‘lmasa, ish bajaruvchi brigada a’zolari qaytgunga qadar ish joyini tashlab ketish huquqiga ega emas. 87. Ushbu Qoidalarning buzilishi yoki ishlayotganlar hayotiga xavf tug‘diruvchi boshqa holatlar aniqlanganda, brigada ish joyidan chiqarilishi va ish bajaruvchidan naryad qaytarib olinishi shart. Brigadaga faqat aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingandan so‘ng birlamchi ishga qo‘yishda ko‘rsatilgan talablar bajarilganda yangidan ishlashga ijozat berilishi mumkin. Download 32.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling