Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


Tajriba-sinov ishlari natijalarining statistik tahlili va xulosalar


Download 214.19 Kb.
bet20/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalarining statistik tahlili va xulosalar
Ushbu mavzuni о‘qitish uni ta’limning qaysi bosqichida tajriba sinovi tarzida о’tkazish mavzuning asosiy amaliy metodik qismini tashkil etadi. Pedagogik faoliyatda qо’llaniladigan har qanday texnologiyaning ishonchliligi, samaradorligi va uning chin zaruratini aniqlashda tajriba-sinov ishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilish jarayonida amalga oshiriladigan tashkiliy va uslubiy tadbirlar orasida tajriba-sinovlarni tashkil qilish va о‘tkazish muhim bosqich hisoblanadi.
Shuning uchun ushbu tajriba-sinovlar xususida qisqacha (muxtasar) ma’lumot berilishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik tajriba-sinovlar о‘tkazishning asl mohiyati amaldagi pedagogik jarayonlarni takomillashtirishga olib boradigan tadqiqotlar va ularning farazlariga muvofiq ravishda, aniq maqsad sari yо’naltirilgan yangi yо’nalish, mazmun, usul, vosita va yangi ta’lim-tarbiyaviy muhit yaratishdan iboratdir.
Masalani aniq tasavvur qilish uchun asosiy tushunchalarning ta’riflarini aniqlab olishimiz lozim.
Tajriba-sinov –bu shunday tafakkur metodi bо’lib, uning yordamida tabiiy yoki sun’iy tarzda yaratiladigan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan jarayonlar tadqiq qilinadi, muammolarni hal qilishning yangi vositalari izlanadi va amalda sinab kо’riladi.
Pedagogik tajriba-sinov-bu ilmiy-pedagogik tafakkur metodi bо’lib, pedagogik omillar, shart-sharoitlar, jarayonlar va uslubiy yondashuvlar orasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniq rejalar asosida oydinlashtirish imkoniyatini beradigan tadbirlardir.
Nazariy metod-pedagogik texnologiyani modellashtirish, tahlil qilish, sintezlash, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish, uning tizimlarini integratsiyalashtirish va ular о’rtasidagi eng muhim qonuniy bog‘lanishlarni aniqlashdir.
Tajriba-sinov ishlari natijalarining ishonchliligi va kafolatlanganligi muhim kо‘rsatkichdir. Tajriba-sinovlarni amalga oshirish natijasida har xil kutilmagan xulosa va natijalar olinishi mumkinligi nazarda tutilishi lozim. Buning sababi shundaki, tajriba-sinovlar yakuni hamma vaqt ham kafolatli natijalarni beravermaydi. Tajriba-sinovlarning muvaffaqiyati kо’p jihatdan uni о’tkazuvchining о’quv va malakasi, metodik mahorati, bilim va tajribasi, respondentlar (tajriba-sinov ishtirokchilari)ning soni va ularning bu tadbirlarga munosabatlariga bog‘liq.
Tajriba-sinovlarga kirishishdan oldin shu sohaga doir eng maqsadga muvofiq ish metodini belgilab olish muhimdir. Bu metodlar, asosan, yuqorida aytilgan nazariy hamda empirik tajribalarga asoslangan ikki asosiy guruhga bо’linadi.
Tajriba-sinovga mavzu qilib olingan muammoga bog‘liq barcha meyoriy va metodik hujjatlar, tavsiyalar, yо’niqnomalarni о’rganib chiqish zarur hisoblanadi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatiga doir turli hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuvlar olib borish, og‘zaki va yozma sо’rovlar о’tkazish, anketa va test savollariga javoblar olish, turli ilg‘or tajribalarni о’rganish va umumlashtirish ishlarini amalga oshirish ham pedagogik tajriba-sinovlarga yordam beradi.
Bunday ishlarni tashkil etish va о’tkazish borasida pedagogik texnologiya asoslariga doir о‘quv qо‘llanmasini davlat tilida birinchilardan bо’lib yaratgan mualliflar J.G‘.Yо’ldoshev va S.A.Usmonov eng asosiy tasniflarni taklif etganlar.

Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling