Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov
Pedagogik tajriba-sinov ishlari tahlili
Download 214.19 Kb.
|
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)
2. Pedagogik tajriba-sinov ishlari tahlili
Tadqiqot ishi maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda bu jarayonning samaradorligini oshiruvchi quyidagi amaliy tamoyillar aniqlandi va joriy qilindi. Tarbiya fanini о’qitishda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga doir tadqiqotlar о’rganildi va ilmiy tahlil qilindi. О’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari о’quvchilarida ma’naviy bilimlarni shakllantirish pedagogik muammo ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslandi. О’quvchilarda tushunchalarni shakllantirishning pedagogik jihatlari о’rganildi. О’zbekiston Respublikasida millatlararo munosabatlar ravnaqi mavzusini о’qitishda mazmuni ishlab chiqilib, shakl va usullari aniqlandi. О’qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Tarbiya fanini о’qitishning ilmiy, metodik asoslarini milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini shakllantiruvchi samarali vositalari belgilab berildi. Tarbiya darslarida о’quvchilarning mustaqil fikrlash kо’nikmasini rivojlantiruvchi turli metodik tavsiyalar ishlab chiqildi va tajriba-sinovdan о’tkazildi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda tajriba tadqiqot jarayonida: tarbiya fanini о’qitishning faol innovatsion metodlari; bilimlarni shakllantirishning psixologik masalalari; bilimlarning hajmi va mazmuni; mavzuni bayoni ta’rifi, uning texnologik tuzilmasi; о’qituvchining yangi mavzuni bayon qilishi, darsga tayyorgarlik kо’rishi; tarbiya fanidan mustaqil ishlar, ularning turlari va ularga qо’yiladigan talablarni о’z ichiga oluvchi о’quv-uslubiy qо’llanma joriy qilindi. Tajriba-sinov ishlari 2022-2023 yillar mobaynida biz tadqiq etayotgan mavzu “Harakatlar strategiyasi va Taraqqiyyot strategiyasida Millatlararo munosabatlarni shakllantirish Yangilanayotgan O‘zbekistonda asosiy masala” mavzusida bо’lib ushbu mavzu Buxoro viloyati 18-umumiy о’ra ta’lim maktabining 7-A sinf о’quvchilari hamda Romitan tumani 20 - umumiy о’ra ta’lim maktabining 7-B sinf о’zbek tilli guruhlarda “Bitta osmon ostida” mavzusi doirasida tajriba sinovidan о’tkazildi. Mazkur tadqiqot obyektlaridan jami 62 nafar о’quvchilar va 2 nafar о’qituvchilar tajriba-sinov ishlariga jalb etildi. Tadqiqot ishi uch bosqichda amalga oshirildi va uning texnologik tuzilmasi quyidagicha belgilandi: 1. Asoslovchi bosqich. Mazkur bosqichning asosiy vazifalari sifatida tadqiqot muammosi yuzasidan mavjud tarbiyaviy va pedagogik, metodik adabiyotlarni о’rganish, tahlil etish belgilandi. Asosiy tashkiliy chora-tadbirlar sifatida tadqiqotning maqsad va vazifalari, metodlari, ilmiy farazi shakllantirildi. Tajriba obyektlari tanlandi, maktab о’quvchilarining bilish imkoniyatlari va mavjud holati diagnostika qilindi. Mazkur bosqichda ilmiy adabiyotlarning nazariy, qiyosiy tahlili, mavjud meyoriy hujjatlarni, pedagogik tajribani о’rganish, tahlil qilish, kuzatish metodlaridan samarali foydalanildi. 2. Shakllantiruvchi bosqich. Tadqiqot muammosining mavjud holatiga asoslanib mazkur bosqichda maktab о’quvchilarining bilimlarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik, о’quv-metodik shart-sharoitlarini aniqlash, о’quvchilarining tarbiya fanidan tayyorgarligini shakllantirish modelini ishlab chiqish va metodikasini belgilash bilan bog‘liq amaliy faoliyat tashkil etildi Mazkur bosqichning asosiy metodlari sifatida quyidagilar belgilandi: anketa, test, faoliyat mahsulini о’rganish, asoslovchi va shakllantiruvchi tajriba, modellashtirish. 3. Yakunlovchi bosqich. Mazkur bosqichda nazariy - eksperimental tadqiqot natijalarini umumlashtirildi va qiyosiy tahlil qilindi, olingan natijalar miqdor va sifat kо’rsatkichlari bо’yicha yoritildi, rasmiylashtirildi, tadqiqotning ilmiy farazi tasdiqlanib, zaruriy ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Pedagogik tajriba-sinov natijalarining miqdor va sifat tahlilini amalga oshirishda tajriba natijalarini qayta ishlashning matematik statistik metodidan samarali foydalanildi. Tajriba-sinov ishlarining natijalarini aniqlash, tizimli monitoring jarayonini yо’lga quyish maqsadida respondentlar nazorat va tajriba guruhlariga ajratib kuzatildi. Bunda respondent “Bitta osmon ostida” mavzusini mazmunini о’zlashtirishning yuqori, о’rta va quyi nisbatlarida baholandi. Tajriba natijalari maktablarning malakali mutaxassislari, uslubchilaridan tuzilgan «mustaqil ekspertlar guruhi» tomonidan kuzatib, zaruriy holatlarda о’zgartirishlar kiritib borildi. Innovatsion о’qitish metodikasiga asoslanib olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari pedagogika kollejlari о’quvchilarining kasbiy tayyorgarligini shakllantirish samaradorligining ortishida о’z aksini topdi(2-jadval). Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling