Darsning maqsadi: О’quvchilarga Millatlararo munosabatlar va diniy bag‘rikenglik terminini mazmun-mohiyati, bugungi kunda taraqqqiyotning ta’minlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilayotganligi, jamiyatimizda etnik munosabatlar va madaniy markazlarda olib borilayotgan tadbirlarning yoshlarning ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyatini tushuntirish.
Shu о’rnida har qanday dars о’zining mazmun-mohiyati, individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda – ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga bо’linishini nazarda tutish lozim:
Ta’limiy: Bolalarga internet va taxdidlar haqida ma’lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: О’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Ulug‘ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bо’shliq bо’lmagani kabi, insonning qalbi va ongida ham bо’shliq bо’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Odamlarning dunyoqarash, fikrlash tarziga asoslanuvchi murakkab hodisa bo‘lmish millatlararo munosabatlarning holati va rivojlanishi ko‘p jihatdan mamlakat aholisining bag‘rikenglik darajasiga bog‘liqdir. Milliy bag‘rikenglik (millatlararo bag‘rikenglik) uning ustuvor jihatlaridan biridir. Bu esa millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik madaniyatini umumbashariy qadriyatga aylantirish masalasining qanchalik muhimligini ko‘rsatib berish. Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan о’zar, birlashmagan tо’zar “ maqolining hayotdagi isbotini kо’rsatish bilan о’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga о’rgatish;
Rivojlantiruvchi: О’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida о’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bо’lib, guruhlar bilan ishlash, test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. О’quvchilarning tо’g‘ri fikrlashini rivojlantirish.
Mazkur darsni tashkillashtirish jarayonida DTS talablarida mazkur mavzuni о’qitishga qо’yilgan talablarga ham alohida e’tibor qaratish zarur bо’ladi.
Shundan sо’ng dars turi va dars jihozlari aniqlab olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |