Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


Ta’lim muassasalarida mavzu doirasida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish


Download 214.19 Kb.
bet16/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

3.1. Ta’lim muassasalarida mavzu doirasida tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
Biz yurtimizda yangi hayot asoslarini barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va uning axloq normalaridan voz kechilganidan sо’ng jamiyatda paydo bо‘lgan go‘yaviy bо‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bо‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini о’z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Bu boradagi eng muhim vazifa shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyoti va uni yangilashga, ma’naviy hayotimizni, internetdagi turli tahdid va xurujlardan himoya qilish masalasiga bо’lgan о‘z burchi va mas’uliyatini aynan ana shu asosda aniqlab olishi zarur.
Bunday keng kо’lamli va о’ta muhim masalalarni hal qilishda davlatimiz va jamiyatimiz ijtimoiy fanlar sohasida faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy о’quv yurtlari, turli ijtimoiy markazlar, avvalambor, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti Ma’naviyat asoslari va huquqiy ta’lim kafedra о’qituvchilari tomonidan har tomonlama asoslangan chuqur taklif va tavsiyalarni kutishga tо‘la haqlidir.
О‘qitish metodi deganda, ta’lim jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchilarning
ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi. Maktablardagi tarbiya va huquq darslarini mazmunili va samarali tashkil etish uchun quyida bir necha ta’limning interfaol metodlarini sanab о’tamiz.
Muammoli ta’lim texnologiyasi: Muammoli ta’lim texnologiyalari о’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi. Muammoli ta’lim о‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini о’stirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli ta’limning bosh maqsadi – о’quvchilarning muammoni tо’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga о’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qо’llash asosiy masalalardan biri о’rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Turli о’quv fanlari bо’yicha о’qituvchilar darslar jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ularni yechish usullarini oldindan kо’zda tutishlari kerak.

Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling