Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyati


Download 214.19 Kb.
bet13/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

2.2. Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyati
Milliy qadriyatlar tushunchasining mazmun-mohiyatini tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish kerak. Tushunchaning ta’rifi, tavsifi, mazmuni, kelib chiqishi va rivojlanishi, ijtimoiy maqsadi va vazifalari, shakllari, jamiyat hayotining boshqa sohalariga ta’sirini bilish lozim. Qadriyat tushunchasi – juda keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uning bir qismi – milliy qadriyatlardir. Ko‘pincha milliy – ma’naviy qadriyatlar shaklida manbalarda uchraydi. Ushbu tushuncha ikki – «milliylik» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada paydo bo‘lgan ma’naviy hodisadir. Milliy qadriyatlar tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: millat, elat uchun zarur va ahamiyatli, qadr-qimmatli bo‘lgan, manfaati va ehtiyojlariga, orzuumidlarini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladigan ma’naviymafkuraviy ahamiyat kasb etadigan boyliklar – milliy qadriyatlardir41.
Har bir xalqning o‘zi uchun e’zozli, qimmatli bo‘lgan ma’naviy boyliklari bo‘ladi. Bular asrlar davomida avloddan – avlodga o‘tib kelgan, hozirgi kunda ham o‘zining ahamiyati va qadrini yo‘qotmagan, shu xalqning iftixori manbaiga aylangan durdonalardir. Masalan, O‘zbeklar Samarqand, Buxoro va Xiva singari tarixiy obidalari, dunyo sivilizasiyasiga hissa qo‘shgan buyuk shaxslari bilan, qirg‘iz xalqi «Manas» dostoni bilan, misrliklar qadimiy piramidalari, fransuzlar
Parijdagi Luvr saroyi bilan haqli ravishda faxrlanadilar.
Millat va elatning o‘ziga xos tarixiy merosi, san’ati va adabiyoti bilan bir qatorda ularning urf-odati va marosimlari, madaniy munosabat va axloqiy fazilatlari ham ma’naviy qadriyatlar tizimiga kiradi. Bular xalqning o‘ziga xosligini saqlab qolishda, yosh avlodni tarbiyalashda, shaxsning ijtimoiylashuvida muhim rol uynaydi. Qadriyatlar tizimida millat, unga xos belgilar, jihatlar, xususiyatlar, ularning vujudga kelish jarayonlariga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan hudud va u bilan bog‘liq tuyg‘ular, millatning o‘rmishi, tarixi, madaniyati, u yaratgan madaniy boyliklar va ma’naviy meros bilan bog‘liq qadriyatlar ham muhim o‘rinni egallaydi.
Milliy qadriyatlarda millat, muayyan bir xalqning dunyoqarashi va hayotga munosabati, ichki tabiati va turmush tarzi o‘z ifodasini topadi. Bular millatning ma’naviy-ruhiy olami va tafakkur tarzi, orzu –umidlari va ideallari, vijdoni va or-nomusida aks etadi. N.Ortiqovning fikricha, “milliy qadriyatlar tor va keng ma’noda ishlatiladigan tushunchadir. Milliy qadriyatlar tor ma’noda muayyan bir millatning, elatning qiziqishlari va manfaatlarini ifodalovchi munosabatlar yig‘indisini, mazmunini tashkil etsa, keng ma’noda muayyan bir davlatda yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlari va qiziqishlarini ifodalovchi munosabatlar yig‘indisini aks ettiradi”.
Milliy qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishi har bir millatning o‘ziga xos tarixi, tili, madaniyati, axloqiy va psixologik fazilatidan, yashash sharoiti, turmush tarzi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘langandir. Milliy qadriyatlarning har bir ko‘rinishini uzoq tarixiy taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlarnini chuqur o‘rganish orqaligina to‘g‘ri tushunib olish mumkin. Millat mavjud ekan milliy
qadriyatlarning ahamiyati aslo kamaymaydi. Millatlarning ma’naviyat jihatidan bir-biriga yaqinlashib borishi ham milliy qadriyatlarning rivojlanishi va amal qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Q.Nazarovni fikricha, milliy qadriyatlar: kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy biriligini taʼminlaydigan etnik makonda shakllanadi, rangbarang tarzda, turli shakllarda namoyon bo‘ladi, kishilarning ongiga, hayot tarziga o‘ziga xos tarzda taʼsir qiladi;
Kishilarning o‘zaro munosabatlarida, ijtimoiy faoliyatlarida ko‘zga tashlanib turadi hamda ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, ehtiyoj va intilishlar uchun maʼnaviy asos bo‘ladi;
Moddiy, maʼnaviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishi, kishilar uchun zaruriyat sifatida o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi, ularga foyda keltirishi ham mumkin; ijtimoiy rivojlanish jarayonida o‘zgarib, takomillashib, rang-barang jihatlar avlodan avlodga o‘tadi, meros qoladi.
Umuminsoniy qadriyatlar qandaydir o‘zgarmas, aqidaviy tushunchalar emas. Davrlar o‘tishi, sharoit, talab va ehtiyojlarning o‘zgarishi bilan ularning mazmuni, baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Lekin, bu o‘zgarishlardan qat’iy nazar umuminsoniy qadriyatlar odamlarni jipslashtiruvchi, ma’lum maqsadlar, ijtimoiy, ma’naviy kamolotning muayyan maqsadlari uchun birgalashib kurashishga,
harakat qilishga chorlovchi ijtimoiy hodisalardir. Q.Nazarovning fikricha, “umuminsoniy qadriyatlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, unga mansub turmush, oila, urug‘, qabila, elat, millat, xalq, davlat va boshqalarning ijtimoiy holati, ma’naviy hayoti, axloq, huquq, din, madaniyat, nafosat, san’at, ilm-fan sohalari bilan bog‘liqlikda ham namoyon bo‘ladi”42. Umuminsoniy qadriyatlar milliy yo mintaqaviy qadriyatlarning umumlashgan ifodasidir. Umuminsoniy qadriyatlar
butun insoniyatga xos qadriyatlar asosida tashkil topadi va rivojlanadi, ular, ayni vaqtda, barcha milliy qadriyatlarning bir-biriga yaqinlashishi va rivojlanishiga ham xizmat qiladi.
Insonparvarlik go‘yalariga sadoqat, demokratiya, ijtimoiy adolat hamma yerda barqaror bo‘lishiga intilish, inson huquqlari poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, hamma xalqlarning milliy mustaqillik uchun bo‘lgan kurashlarini himoya qilish, kishilarni do‘stlik, hamkorlik va hamdardlikka chorlash, hamma yerda tinchlik, osoyishtalik qaror topishiga harakat qilish, atrof muhitni toza saqlash umuminsoniy qadriyatlarning hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etayotgan jihatlaridir.
Umuminsoniy qadriyatlar insonlarda axloq va madaniyatning ustunligini
e’tirof etishda, ularni turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumli mamlakatlar hamkorligining umumiy yo‘nalishini hosil qilishda va dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy ishlarni tushunishida, madaniy-ma’naviy, ilmiy-texnikaviy, harbiy sohaning, aloqaning mamlakatlarda va xalqlarda rivojlantirishda ko‘rinadi.
Umuminsoniy qadriyatlar o‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosida amal qilishi, dunyodagi ko‘plab xalqlar, elatlar, millatlarning o‘tmishidagi, hozirgi davrdagi va istiqboldagi taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o‘zida jahon
sivilizasiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalanganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlar tubdan farq qiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar kategoriyasining mazmunini o‘rganish uchun, avvalo, «umuminsoniylik» tushunchasining ma’nosini tahlil qilmoq lozim. Bu tushuncha jamiyatning asosiy jihatlari, turli ijtimoiy sifatlar, xususiyatlar va boshqalarning umuminsoniy xarakterga ega ekanligini anglatadi.
«Umuminsoniylik» tushunchasida qadriyatlarni tirik tabiatning bir qismi bo‘lgan odam zotining hayoti va kamoloti hamda tarixiy, siyosiy va boshqa birliklar (ijtimoiy sub’ektlar) uchun ahamiyati ham o‘z aksini topadi. Shu bilan birga umuminsoniylikda umumijtimoiy munosabatlar, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-axloqiy jihatlar, ijtimoiy muhitning eng umumiy tomonlari bilan bog‘liq sifatlar ham aks etadi. Bir so‘z bilan aytganda, umuminsoniylik odamlar uchun umumiy bo‘lgan mezonlar, ob’ektiv holatlar, xususiyatlar, shartsharoitlar va boshqalarni o‘zida aks ettiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi.
Milliy qadriyatlarda salbiy tomonlar, jihatlar borligini eslasak, ular ham goho umuminsoniy qadriyatlarga qarshi chiqishini, butun manfaatlaridan o‘zining tor, egoistik manfaatlarini ustun qo‘yishi mumkinligini anglaymiz. Milliy qadriyatlarning umuminsoniy taraqqiyot talablariga zid kelmasligi uchun ham milliy qadriyatlar va madaniyatlarning rasional, maqsadli boshqarishga qodir milliy kuchli davlat zarurdir. Bunga O‘zbekistonning diniy bag‘rikenglik, millatlararo munosabatlarni targ‘ib etayotganligi ibratli misoldir.
Ma’lumki, dunyo yaralgandan beri insonlar hamisha bir-biriga intilib yashaganlar. Hayot taqozosi bilan kimdir kimningdir yordamiga muhtojlikdan, kimdir ruhiy madad olish uchun, kimdir ilm o‘rganish uchun hamkorlik qilib keladilar.
Dunyo yaralgandan beri insonlar hamisha bir-biriga intilib yashaganlar. Hayot taqozosi bilan kimdir kimningdir yordamiga muhtojlikdan, kimdir ruhiy madad olish uchun, kimdir ilm o‘rganish uchun hamkorlik qilib keladilar.
Ammo atrofimizda yaxshilik va yomonlik, yovuzlik va ezgulik, jaholat va ma’rifat hamisha bir-biri bilan to‘qnashgan, bir-biri bilan kurashib keladi.
Birodarlik, diniy bag‘rikenglik, do‘stlik va hamkorlik insoniylik fazilatlardan biri sifatida, ajdodlarimizdan bizlarga juda katta ma’naviy meros bo‘lib qolgan. Prezidentimiz shu yilning yanvar oyida Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Biz jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik muhitini mustahkamlash borasidagi ishlarni izchil davom ettiramiz. Bu borada 30 iyul – “Xalqaro do‘stlik kuni” munosabati bilan yurtimizda birinchi marta “Do‘stlik haftaligi”ni va “Do‘stlik” xalqaro forum-festivalini o‘tkazishni taklif etaman.
Mamlakatimizda “jaholatga qarshi – ma’rifat” degan ezgu go‘ya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ‘ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo‘lib qoladi.
Joriy yilda hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy, kalom ilmi asoschisi Abu Mansur Moturidiy va uning davomchisi Abu Muin Nasafiyning hayoti, ilmiy merosiga bag‘ishlangan hamda diniy bag‘rikenglik mavzularida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi”, deb ta’kidlab o‘tgan edilar.
Bugungi kunda bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mamlakatimiz azal-azaldan turli milliy va elat vakillari turli dinlarga e’tiqod qilib, do‘stona, birodarlikda, tinchlik-totuvlikda yashagan o‘lka bo‘lib hisoblanadi. Tarixdan ma’lumki ajdodlarimiz yurtimizdagi boshqa din vakillariga hamisha hurmat va ehtiromda munosabatda bo‘lganlar. Vatanimizning rivojlanish bosqichlarida, uning har bir yutug‘i, ijtimoiy iqtisodiy jihatdan ravnaq topishida ham ular halol mehnatlari bilan bir-biriga yelkadosh bo‘lib xizmat qilganliklari ko‘pgina tarixiy manbalarda qayd qilib o‘tilgan.
Jumladan Prezidentimiz Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengashining beshinchi Sammitida so‘zlagan nutqida “Eng muhimi, bugungi kunda jahon ishonch inqiroziga yuz tutmoqda. Zero, mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi ishonch xavfsizlik va barqarorlikning eng muhim shartidir.
Nazarimizda, ishonch inqirozini bartaraf etish va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘lida, birinchi navbatda, inson kapitalini rivojlantirish uchun kulay sharoitlar yaratish zarur”, deb alohida ko‘rsatib berdilar.
Biz “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat Dasturida xuddi shu yo‘nalishdagi ustuvor vazifalar belgilanib, amalga oshirilayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.
Ayniqsa kambag‘alchilikka qarshi kurashish–har bir nochor oila a’zolarining bilim olishini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish uchun malakasini oshirish, ishsizlikni bartaraf qilish, yosh qizlarimizni turmushga tayyorlash, ularning oliy ma’lumot olishini ta’minlash, hunarmandchilikni rivojlantirish,har bir oilaning o‘z tomorqasidan unumli foydalanishiga erishish singari omillar orqali–inson kapitalini rivojlantirish, xavfsizligini ta’minlash yo‘lida qulay sharoitlar yaratish bugungi davr talabiga aylanmoqda.
Bugungi kunda bunday faoliyatning o‘ziga xos shakllari vujudga kelmoqda. Oilasi kambag‘al deb hisobga olingan fuqaro jamoatchilik tomonidan otaliqqa olinsa, mazkur fuqaroga ijobiy ta’sir ko‘rsatish davlat va jamoat tashkiloti vakillari yordamida amalga oshiriladi.
Ayniqsa yangidan tashkil qilingan Mahalla va oila instituti masalalari Vazirligi, uning viloyat boshqarmalari, tuman bo‘limlarining yordam ko‘rsatish uslubi eng samarali uslublardan biri bo‘lib, oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy foydali aloqalar o‘rnatish, shu fuqaroning nega kambag‘al bo‘lib qolgani, uning hayotdagi maqsadlarini o‘rganib ularga ko‘mak berishni nazarda tutadi. Yordam berishda kambag‘allikka yuz tutgan oilada xalqimiz urf-odatlari, qadriyatlar qay tarzda shakllanganligini o‘rganish ham katta ahamiyatga ega. Bunda jamoat, diniy tashkilotlar, ijtimoiy reabilitasiya markazlari va homiylar yordami ham kerak bo‘ladi.
Shu o‘rinda bu fuqaroning hunarga yo‘naltirilishi, tadbirkorlikka o‘qishi, ishga joylashtirilishi ham juda muhimdir.
Shuningdek, hayotda xavfsizlik, millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, o‘zaro do‘stlik-birodarlikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar ham uchrab turmoqda. Bu ayrim noislomiy diniy konfessiya vakillarining aholi ichida missionerlik bilan bog‘liq noqonuniy faoliyat olib borayotganligida ko‘rinadi.
Missionerlik muayyan din, yoki sekta vakillarining o‘z diniy ta’limotini targ‘ib qilish va tarqatishga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. Ular o‘zi e’tiqod qiluvchi diniy ta’limotni o‘zga din vakillari ichida tarqatish bilan shug‘ullanadilar. Ular milliy dinlardan boshqa deyarli barcha dinlarda uchraydi. Ko‘p hollarda xristianlikning katolik va pravoslav yo‘nalishlarida missionerlik bilan ruhoniylar shug‘ullansa, protestant konfessiyalarida missionerlik barcha dindorlarning burchi hisoblanadi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Markaziy Osiyo mintaqasida ham turli noislomiy diniy konfessiyalar tomonidan o‘z diniy qarashlarini mahalliy aholi ichida keng targ‘ib qilishga qaratilgan faol harakatlar amalga oshirildi. Mintaqa mamlakatlarida tub aholi uchun an’anaviy bo‘lmagan diniy konfessiyalarga mansub tashkilotlar ham rasmiy ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yurita boshladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ayrim noislomiy diniy konfessiyalarning vakillari, shu jumladan norasmiy jamoa a’zolari tomonidan qonunga xilof ravishda diniy saboq berish, noqonuniy yo‘llar bilan diniy adabiyotlarni respublika hududiga olib kirish va tarqatish, xususiy xonadonlarda belgilangan tartiblarga zid ravishda diniy yig‘inlar o‘tkazish, eshikma-eshik yurib diniy qarashlarini targ‘ib qilish, aholi ichida o‘zlarining diniy ekspertizadan o‘tkazilmagan buklet, jurnal, elektron disklarini tarqatish kabi qonunbuzarliklar sodir etilib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, bugun musulmon olamida murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlar kechmoqda. Yaqin Sharq va boshqa hududlardagi qator mamlakatlar chuqur siyosiy tanglik, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik va qurolli to‘qnashuvlarni boshidan kechirmoqda. Mazkur hududlarda go‘yoki haqiqiy “islomiy davlat” qurish shiori ostida ochiqdan-ochiq zo‘ravonlik, insoniylikka zid vahshiyliklarga asoslangan jamoalar ko‘paydi. Terrorchilik harakatlari nafaqat beqarorlik hukm surayotgan hududlarda, balki Fransiya, Germaniya, Belgiya kabi Yevropa mamlakatlarida, Rossiya singari MDH tarkibidagi davlatlarda ro‘y bermoqda.
Aqidaparast oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, , diniy ekstremistik mazmundagi materiallarni elektron ko‘rinishda tarqatish, internet orqali targ‘ibot o‘tkazish bilan amalga oshirmoqda.
Ularning bosh maqsadlari islom ta’limotidan mutlaqo bexabar bo‘lgan ota-onalar yoshlarni – “jihod”, “hijrat”, “shahidlik”, “kofir bo‘lish” kabi diniy tushunchalarni soxta talqin qilish orqali ularni hayot jarayonlaridan, o‘qish yoki ishidan ajratib olib notinch Suriya, Iroq, Afg‘oniston yoki Pokiston kabi mamlakatlarga jo‘natib, ongsiz terrorchilar aylantirishdir.
Shu tariqa diniy ekstremizm shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlariga tahdid solmoqda.
Global muammoga aylangan ekstremizmga qarshi kurashish borasida xalqaro miqyosda ham, mamlakatimizda ham qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan.
Jumladan, “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni o‘zida jamlagani bilan ahamiyatli bo‘lib hisoblanadi.
Qonunga ko‘ra ekstremizm – ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hokimiyatni zo‘rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o‘zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasidir. Ekstremistik faoliyat esa O‘zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumi asoslarini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga, hududiy yaxlitligi va suverenitetini buzishga, hokimiyat vakolatlarini egallashga yoki o‘zlashtirishga, qonunga xilof qurolli tuzilmalar tuzishga yoki ularda ishtirok etishga, terrorchilik faoliyatini amalga oshirishga, zo‘rlik yoki zo‘rlik ishlatishga oshkora da’vat qilish bilan bog‘liq holda milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishga, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga, shuningdek, ekstremistik tashkilotlarning atributlarini yoki ramziy belgilarini tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etishga, biror-bir ijtimoiy guruhga nisbatan siyosiy, mafkuraviy, irqiy, milliy, etnik yoki diniy adovat yoxud dushmanlik sababli ommaviy tartibsizliklarni amalga oshirishga, yuqoridagi kabi harakatlarni amalga oshirish uchun oshkora da’vat qilishga qaratilgan harakatlarni rejalashtirishga, tashkil etishga, tayyorlashga yoki sodir etishga doir faoliyat43dir.
Qonunda ko‘rsatilganidek, mamlakatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash, oshkoralik muhitini yaratish, javobgarlikning muqarrarligini anglatish ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hisoblanadi. Undan tashqari, ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda bu bo‘yicha aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish kabilar davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida ekstremistik faoliyatning har qanday ko‘rinishlari, yuridik shaxslar tashkil etilganda ularni ekstremistik tashkilotlarning nomi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki o‘xshash bo‘lgan belgilarni o‘z ichiga olgan nomlardan foydalanish ta’qiqlanadi.
Shu bilan birga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida rasmiy ogohlantirish chiqarish, yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida taqdimnoma kiritish, ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash, ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash, yuridik shaxsning faoliyatini to‘xtatib turish, tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish kabi ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan.
Qonunda O‘zbekiston Pyespublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi, deyilgan. Agar shaxs ekstremistik faoliyatda ishtirok etishni o‘z ixtiyori bilan rad etib, tegishli davlat organlariga xabar bersa, og‘ir oqibatlarning va ekstremistlarning maqsadlari amalga oshishining oldini olishga faol ko‘maklashsa, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi ham qonunda belgilangan.
Qonundagi talablarni bajarish va ekstremizmga qarshi kurashish, ekstremistlarning qora niyatlari amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaslik har birimizning vazifamiz hisoblanadi.
Tinchlikni saqlash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Afsuski, hayotimizda sodir bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlarni ko‘rib ko‘rmaslikka oladigan, tinchlikni saqlash faqat davlatning ishi deb o‘ylaydiganlar, farzandlarining tarbiyasi bilan qiziqmaydigan ota-onalar ham borligini qayd etish lozim.
Vatan oiladan boshlanadi. Oilada tinchlik bo‘lsa, mahalla, qishloq, shahar, viloyat va nihoyat, mamlakatda osoyishtalik bo‘ladi, yurt ravnaq topadi. Farzandlarimizning ilmiy salohiyati, kasbu hunarlari bilan axloqiy fazilatlarini ham o‘stirib borishimiz kerak. Yosh avlodning turli yot oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik nafaqat davlatimiz yoki ta’lim muassasalarining vazifasi, balki har bir ota-onaning ham muqaddas burchidir.
Bugungi kunda Prezidentimiz diniy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli istiqbolli rejalarni belgilab berganlar.
Aholi, xotin-qizlar va yoshlarni diniy ekstremizm, terrorizm singari buzg‘unchi va yot go‘yalar ta’siridan saqlash maqsadida yurtimizdagi barcha o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarida “Diniy ekstremizm va terrorizm – yoshlar kelajagiga tahdid”, “Ma’rifiy islom aqidaparastlikni qoralaydi”, “Missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari” mavzularida uchrashuv va seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.
Bilamizki, tahdidlarga qarshi tura oladigan, o‘z ma’naviy salohiyatini isbotlashga qodir avlod tasodifan, o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Bunga yillar davomida muntazam va uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilangina erishish mumkin. Xalqimiz tabiatiga xos mehr-oqibat, ahillik, o‘zaro totuvlik singari fazilatlarni yosh avlod ongi va qalbiga chuqur singdirish ertangi kunimiz yanada charog‘on bo‘lishining, ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqishining muhim mezonidir. Ana shu mezonlardan biri yuqorida ham ta’kidlab o‘tilganidek jamoat tashkilotlarining bu borada hamkorlikda faoliyat olib borishidir.
Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik albatta turli millat vakillari va xalqlarimizning o‘zaro do‘stlik va birodarlik fazilatlariga asoslangan. Prezidentimiz bu borada “O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida o‘z an’analariga doimo sodiq bo‘lib, bu yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi.
Mamlakatimizda etnik o‘ziga xoslikni rivojlantirish va millatlararo munosabatlarni yanada uyg‘unlashtirishda milliy madaniy-markazlarning o‘rni nihoyatda katta. Turli millat vakillari o‘z madaniyati, tili, urf-odatlarini rivojlantirib, bir-birini o‘zaro boyitishga, ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi. Yurtimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, do‘stlik va birdamlik muhitining hukm surishi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun kunda xalqaro terrorizm, radikalizm, mutaassiblik, ekstremizm kabi illatlarning chegara bilmasligi, bu jahon jamoatchiligida jiddiy tashvish va xavotir uyg‘otayotgani ajablanarli emas. Mazkur illatlarga qarshi kurashda millatlararo totuvlik va hamkorlik yetakchi o‘rinni egallaydi.
Yurtimizning bu borada olib borayotgan sa’y-harakatlari dunyo miqyosida o‘zga mamlakatlarga namuna bo‘layotganligi alohida e’tirof etilmoqda. Bu haqda fikr yuritilganda 2018 yil 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” nomli maxsus rezolyusiya qabul qilinganligini alohida eslab o‘tish o‘rinlidir. Mazkur rezolyusiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil sentyabr oyida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi sifatida aytib o‘tish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida: “O‘zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida o‘z an’analariga doimo sodiq bo‘lib, bu yo‘ldan hech qachon og‘ishmasdan ilgari boradi. Mamlakatimizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlashga birinchi darajali e’tibor qaratiladi. Bu – bizning eng katta boyligimiz va uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash barchamizning burchimizdir” ,–deya bejiz ta’kidlanmagan.
Xalqimiz mintaliteti va ma’naviyatiga xos bo‘lgan millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlanishi avvalo, jamiyatimizda ezgu go‘yalar va insoniy fazilatlarni kamol toptirish, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni hukm surishining asosiy kafolati sanaladi. Va bundan keyin ham millatlararo totuvlik va hamjihatlik yurtimizda tinchlik, barqarorlikni saqlashning samarali omili bo‘lib qolaveradi.
Ko‘p millatli jamiyatda bag‘rikenglik, o‘zaro ishonch va hurmat- millatlararo hamjihatlikning poydevori, mamlakatdagi xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni uyg‘unlashtirishning harakatlantiruvchi kuchidir. Millat va elatlarning bag‘rikengligi, o‘zaro hurmati – jamiyat madaniyatlilik darajasining ko‘rsatkichi, davlatdagi millatlararo totuvlikning asosi va shu bilan birga kelgusidagi muvaffaqiyatli rivojlanishning eng muhim sharti hamdir.
Bu borada yurtimizda millatlararo ahillik va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yuqorida ta’kidlangan jihatlarni e’tiborda tutib shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda ijtimoiy sohalarda salbiy hodisalar ro‘y berishi uchun hech qanday asos yo‘q. Chunki respublikada fuqarolik to‘g‘risida, aholini ish bilan ta’minlash haqida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa bir qator qonunlar qabul qilinganki, ularda fuqarolarning tub joyli millatga mansub bo‘lmagan shaxslarning huquqlari boshqalar bilan birga fuqarolikka ega bo‘lish, ozod mehnat, erkinlik, mashg‘ulot va ish turini tanlash kabi huquqlar bilan ta’minlanadi.
O‘zbek xalqining hayotida ro‘y berayotgan chuqur o‘zgarishlarda O‘zbekistonda yashovchi boshqa xalqlarning vakillari ham bir jon, bir tan bo‘lib qatnashmoqdalar. Ana shu xalqlarning hayotida ham chuqur tarixiy o‘zgarishlar faol sodir bo‘lmoqda. Millatlararo hurmat va totuvlik ruhi bilan ajralib turadigan O‘zbekistonda millati, diniy e’tiqodi, tilidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning yakdilligini ta’minlash siyosati yuritilyapti.
Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik beg‘ubor osmon, munavvar kunlarimizning qadr-qimmati, ahamiyati har qachongidan ham ortib bormoqda. Ana shu tinchlik, osoyishtalik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Yurtimizda xilma–xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zaminda buyuk go‘ya va sof niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashi bag‘rikenglikning yorqin namunasidir.


Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling