Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov
Download 214.19 Kb.
|
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)
I bob bo‘yicha xulosa
Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida ijobiy va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlash borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida millatlararo va dinlararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model turli millat va din vakillari o‘rtasidagi millatlararo va dinlararo muloqot, konstruktiv yondashuv va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslanadi. Shu ma’noda, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va din sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar mamlakatda ushbu sohalarda yangicha yondashuv va strategik maqsadni birlashtirgan tizim shakllanishiga xizmat qildi. Mazkur tizimning muvaffaqiyati esa yurtimizda tinchlikni saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, barqaror rivojlanish uchun zamin yaratmoqda. Zero, zamonaviy davlatning bosh maqsadi jamiyatda hamjihatlik va barqarorlik, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta’minlashdan iborat. Bu borada Asosiy qonunimiz — Konstitusiya nafaqat jamiyat va davlat taraqqiyotini belgilovchi oliy darajadagi siyosiy-huquqiy hujjat, balki mamlakatimizda yashovchi har bir fuqaroning munosib turmush tarzini kafolatlovchi muhim asosdir. Qayd etilgan ma’lumotlar oqilona tashkil etilgan milliy siyosatning mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega ekani ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yuqorida zikr etilgan nazariya va amaliyot shakllaridan mutlaqo farq qiladigan mustaqil O‘zbekiston milliy siyosatining mohiyati birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning “Har qanday millat, u naqadar kichik bo‘lmasin – insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi”, – degan so‘zlarida o‘zining yorqin ifodasini topgan. Mazkur bobdan xulosa shuki, talaba yoshlar, davlat va jamiyat kelajagini o‘ylaydigan har bir shaxs ko‘p millatli jamiyatda kechadigan jarayonni teran nigoh orqali tahlil qiladi. Oliy o‘quv yurtlarida Milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi talabalari va barcha yoshlar uchun O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni milliy go‘ya tamoyilari asosida o‘rganish ahamiyati juda katta. Buni quyidagicha asoslash mumkin: birinchidan, milliy go‘ya va millatlararo munosabatlar fani talaba yoshlarga vatanparvarlik, o‘z millati va milliy qadriyatlaridan faxrlanish tuyg‘sini shaklantiradi. O‘zga millat va elat vakillariga hurmat ruhi bilan qarashni o‘rganadi; ikkinchidan, O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elatlarni turmush darajasi va O‘zbekiston fuqarosi sifatida haq-huquqlari tengligi, barcha qonunlar oldida tengligi eʼtirof etiladi; uchinchidan, millatlararo munosabatlarni takomillashtirib tartibga soluvchi qonun, farmon va qarorlarni mohiyatini tushuntiradi. Poleetnik jamiyatning tuzilishi va turli siyosiy va geosiyosiy jarayonlarni anglaydi; to‘rtinchidan, O‘zbekiston va o‘zbek xalqi, millati mustaqillik yillarida millatlararo munosabatlarni yangicha hal etishda, ijtimoiysiyosiy barqarorlik va etnomadaniy plyuralizmni taʼminlab, demokratik islohotlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishda, erkin va farovon hayot qurish go‘yasi atrofida barcha millat va elatlarni birlashtirishda katta yutuqlarga erishdi. Mazkur yutuqlarni nafaqat o‘rganish, shuningdek uni yanada mustahkamlash va rivojlantirish yo‘llarini izlash darkor. Download 214.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling