Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi


Download 214.19 Kb.
bet7/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: Dissertasiya ishida ilmiy bilishning qiyosiy solishtirish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, kontent analiz, manbalar tahlili singari usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati.
Uzluksiz ta’lim tizimidagi ijtimoiy-gumanitar fanlarini yangi go‘yalar bilan boyitish imkoniyatlari vujudga keladi. Bu go‘yalar bilan pedagogika nazariyasi va falsafa fanini yanada boyitishga keng imkoniyatlar yaratiladi. Bu tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyatini tashkil etadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ta’lim muassasalarining darsdan tashqari o‘tkaziladigan ma’naviy-siyosiy tadbirlarni olib borishda ham biz yaratgan tavsiyalardan foydalanish imkoni yaratiladi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasidan tarixchilar, faylasuflar va milliy go‘ya, ma’naviyat asoslari bilan shug‘ullanuvchi o‘qituvchilar, magistrlar, talabalar foydalanish mumkin.
Magistirlik dissertatsiyasi mavzusining tuzilishi va hajmi. Magistrlik ishi “Kirish”, yetti rejani o‘z ichiga olgan uch bob, “Xulosa” hamda “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati”dan iborat.


I BOB. MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAGʻRIKENGLIKNI TA’MINLASHNING NAZARIY-METODOLOGIK TAHLILI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. O‘zbekistonning kelajagi tinchlik va bag‘rikenglik, madaniyatlararo uyg‘unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.”Bizga ma’lumki, ko‘p millatli demokratik jamiyatda ko‘pincha millatlararo munosabatlar davlat siyosatining asosiy komponenti sifatida namoyon bo‘ladi. Tarkibi va mazmuni jihatidan har xil xalqlar birligidan tashkil topgan bizning jamiyatimizda millatlararo totuvlikni saqlashga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
O‘zbekistonning boyliklari ko‘p, lekin bizning eng katta boyligimiz, eng katta qadriyatimiz, bu - jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikdir. Shu sababdan, bugungi kundagi yana bir muhim vazifa mamlakatimizda millatlar va konfessiyalararo totuvlik go‘yasining doimiy ustuvor bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq. Bunda insonparvar, adolatli, huquqiy jamiyat qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mamlakatimiz aholisi ongida har bir millatning o‘z milliy madaniyati borligini, har bir etnos, etnik guruh dunyoda yagona ekanini, ularga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, zinhor birini boshqasidan ustun qo‘yish mumkin emasligini nazardan qochirmaslik muhim.
Millatlararo totuvlik – millatlararo ahillik, xalqaro do‘stlikdir. Millatlararo totuvlik milliy istiqlol mafkurasining asosiy go‘yalaridan sanalib, muayyan hudud, davlatda turli millat vakillarining hamjihatlikda, birgalikda, hech qanday nizolarsiz hamkorlikda faoliyat yuritishini ifodalovchi tushunchadir. Millatlararo totuvlikni bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosi deb atash mumkin. Millatlar o‘rtasidagi mushtarak ezgu maqsadlarni nazardan qoldirmaslik azaliy qadriyatlar taraqqiyoti asosini tashkil qiladi. 
Mamlakatimiz hududida qadimdan ko‘plab millat va elat vakillari hamjihatlikda yashab kelmoqda. Ular o‘rtasida asrlar davomida milliy nizolar bo‘lmagan. Xalqimiz azaldan bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, kechirimlilik, boshqalarning urf-odat va qadriyatlarini e’zozlash kabi umuminsoniy fazilatlarini ko‘rsatib kelgan. Millatlararo totuvlik umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, tinchlik hamda barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobida dinning jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida, jumladan, shunday deydi: “Biz din bundan buyon ham aholini oliy ruhiy, axloqiy va ma’naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan bahramand qilishi tarafdorimiz. Lekin biz hech qachon diniy da’vatlar hokimiyat uchun kurashga, siyosat, iqtisodiyot va qonunshunoslikka aralashish uchun bayroq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz”12. Chunki bu holni davlatimizning xavfsizligi, barqarorligi uchun jiddiy xavf-xatar deb hisoblagan.
Jamiyatda dinlar va millatlararo totuvlik hamda bagʻrikenglikni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasini bugun dunyo jamoatchiligi, xalqaro ekspert va mutaxassislar alohida eʼtirof etmoqda.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston bu sohada koʻp asrlik ijobiy tajribaga ega. Shu bilan birga, mamlakatimizda turli din tarafdorlarining diniy ehtiyojlarini qondirish uchun imkoniyatlar doimiy ravishda kengayib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida dinlararo ziddiyatlar kuchayib borayotgan bir vaziyatda koʻplab xorijiy ekspertlar xalqaro munosabatlarda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlashga asoslangan oʻzbek modelini oʻrganishga foydali va oʻrnak olsa arziydigan omil sifatida qaramoqda.
Davlatimiz dinni hamisha ijtimoiy madaniyatning ajralmas va muhim boʻlagi sifatida qabul qilgan. Din xalq maʼnaviyatini oziqlantiruvchi chashmadir. Har kim xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Mazkur norma Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham aks etgan. Umuman olganda, diniy eʼtiqod erkinligi gumanistik madaniyatning eng buyuk yutugʻi hisoblanadi. Bu tushuncha inson dindan mutlaqo yuz oʻgirishi mumkinligini anglatmaydi. Hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqini biz “vijdon erkinligi” tushunchasi bilan ifodalaymiz. Biroq vijdon erkinligi niqobi ostida terroristik yoki ekstremistik qarashlarni targʻib qilish hamisha qattiq qoralangan. Darvoqe, 2018 yilda yurtimizda “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganini eslatmoqchiman. Hujjatda “ekstremizm”, “terrorizm”, “radikalizm” tushunchalariga taʼrif berilgan. Bu juda muhim. Sababi ularni farqlamaslik yoki turlicha talqin qilish global illatlarga qarshi kurashishni qiyinlashtiradi.
Biz azaldan bagʻrikeng xalqmiz tarixiga nazar tashlang: qadimda Xitoy, Hindiston, Yevropa, Erondan keluvchi savdo karvonlari Buyuk Ipak yoʻli orqali yurtimiz hududini kesib oʻtgan. Hozir ham Oʻzbekistonda oʻnlab millat va elat vakillari bahamjihat yashamoqda. Boshqa mamlakatlardagi oʻzbek diasporalari bilan aloqalar mustahkamlanyapti. Xorijdagi vatandoshlarimiz ishtirokida turli xalqaro anjuman va simpoziumlar tashkil qilinmoqda. Oxirgi yillarda islom mamlakatlari bilan hamkorlikka ham alohida eʼtibor qaratildi13. Ayniqsa, davlatimiz rahbarining maʼrifiy islomni tiklash va targʻib etish, bu boʻyicha bebaho ilmiy asarlar yaratgan buyuk mutafakkir bobolarimiz merosini oʻrganish hamda ommalashtirishga doir tashabbuslari xalqaro jamoatchilik tomonidan qizgʻin kutib olingani behad quvonarli hol. Maʼrifiy islom boʻyicha Oʻzbekiston dunyoga ibrat boʻlmoqda.


1.1. 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning nazariy va amaliy ahamiyatini aks etishi.
Davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri – jamiyatda millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni ta’minlash, doʻstlik muhitini va koʻp millatli katta yagona oila tuygʻusini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarni kengaytirishga yoʻnaltirilgan keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.
Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari turmushga faol tatbiq etilmoqda, bu qoidalar O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari millatidan qat'i nazar Oʻzbekiston xalqini tashkil etishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi o‘zining hududida yashovchi millat va elatlarning tili, urf-odati va an’analariga hurmat bilan munosabatda boʻlishini, ularni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini e’lon qiladi va kafolatlaydi”14.
Oʻzbekistonning boyliklari koʻp, lekin eng katta boylik, eng yuksak qadriyat – jamiyatda hukm surayotgan tinchlik, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikdir. Zero, bugungi davrda hayotning oʻzi turli millat, e’tiqod va din vakillari oʻrtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy xonadonimiz bo‘lgan Vatanimiz va jamiyatimiz, har birimizning oila-roʻzgʻorimiz, farzandlarimiz kelajagini ta'minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi. Shu nuqtai nazardan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan, keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilgan va 2017 yil 7 fevralda tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ushbu masalaga alohida e'tibor qaratildi. Bu dasturilamal hujjatning beshinchi ustuvor yo‘nalishi «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish»15deb nomlangani bejiz emas. Chunki davlatning mustaqilligi va suverenitetini, mintaqamizda xavfsizlik, barqarorlik hamda ahil qo‘shnichilik muhitini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida yurtimizning nufuzini oshirish yo‘lida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada kuchaytirish, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan o‘zaro manfaatli va amaliy siyosat yuritish davr talabidir.Bularning barchasi, o‘z navbatida, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida mustaqil O‘zbekistonda millatlararo munosabat, o‘zaro totuvlik va hamjihatlik munosabatlarining shakllanishining xususiyatlari va jihatlari obyektiv ochib berildi.
Millatlararo munosabatlarda har bir xalq va millatning milliy an’ana va qadriyatlariga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lishni taqazo etadi. Davlat milliy siyosatida bu borada yana bir yangi istiqbolli rivojlanish strategiyasi tanlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va 2017 yilning 7 fevral kungi Farmoni bilan tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutdi.
Ta’kidlash joizki, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasi beshta ustuvor yo‘nalishining aynan beshinchi bandi «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash» deb nomlanib, millatlararo totuvlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga ham katta ahamiyat berildi.
Ikkinchidan, jamiyatimizda barqarorlik, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlikni saqlab qolishda mintaqamizda sodir bo‘layotgan turli hil mojarolarning mohiyatini chuqur anglab yetish, ularni keltirib chiqarayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Barqarorlikni saqlab qolish faqat fuqarolarning tinch – totuv yashashining, shuningdek, jamiyatimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma’naviy yangilanish va yuksalishning asosiy garovidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, - bugungi kunda asosiy vazifamiz - mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro obro‘sini oshirish, xonadonimizdagi xavfsizlik, barqarorlik, tinchlik va totuvlikka nisbatan bo‘layotgan har turli tahdid va xavf – xatarlarga nisbatan ogoh va hushyor turishdir.
Uchinchidan, jamiyatimizning har bir qatlamiga umuminsoniylikning ustuvorligi, milliy qadriyatlarga sodiqligi, insonparvarlik, vijdon erkinligi, fikrlar xilma-xilligi; demokratiya, kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga o‘tish, jamiyat hayotini erkinlashtirish go‘yalarini singdirish lozim. Bular o‘z navbatida umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligining talablariga to‘la to‘kis mos keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida jamiyat hayotining, xususan, mafkuraviy jarayonlarning ham huquqiy me’yorlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdir16, deb belgilab qo‘yilgan. Albatta, davlat, jamiyat, siyosiy tizimining o‘zagi, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyoti uchun mas’ul bo‘lgan siyosiy unstitutdir. Shu ma’noda, u jamiyatning mustahkam jipslashuvi, fikrlar xilma – xilligi va qarashlar rang–barangligi asosida hayotdagi jarayonlarning muvofiqlashuvidan manfaatdordir.
To‘rtinchidan, bugungi globallashuv sharoitida jahonning turli mamlakatlarida turli qonli to‘qnashuv va siyosiy tortishuvlar, ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar kechayotgan bir paytda O‘zbekiston Respublikasida tinch-osuda, millatlararo hamjihatlikda fuqarolar ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqdalar.
Beshinchidan, jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar jarayonida egallab turgan o‘rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo‘lishimiz shart.Bizningcha jamiyatda millatlararo munosabatlar rivojini ta’minlashda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
- millatlararo munosabatlar jamiyatning siyosiy-huquqiy barqarorligiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘lib, u o‘z navbatida etnik muvozanatni va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaydi.
- jamiyatda har bir millatning urf-odat, an’ana, qadriyatlari singari o‘ziga xos xususiyatlari mavjudki, bu narsalar boshqalardan hurmat va e’tiborni talab etadi.
- jamiyatda ma’naviy dunyoqarashning pastligi ya’ni boshqa millatga nisbatan o‘z millatini ustun qo‘yish, o‘zga urf-odat, madaniyat va an’analarni mensimaslik ham millatlararo munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
- demokratik jamiyatda millatlararo munosabatlarda muvozanatni ta’minlashda har bir millatga xos etnopsixologiyani inobatga olish talab etiladi.
Davlatimiz rahbari ayni sohada imzolagan ikki hujjat, ya'ni 2017 yil 19 maydagi va 2019 yil 15 noyabrdagi farmonlari bir-birini qaysi jihatlar bilan to‘ldiradi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 19 maydagi Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida katta, ko‘p millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan ta’sirchan tashkiliy-institutsional chora-tadbirlarni o‘zida qamragan.Bu haqda fikr yuritganda, avvalambor, shu paytga qadar faoliyat yuritib kelgan ikkita yirik tuzilma – Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etilganini ta'kidlash lozim. O‘z navbatida, davlatimiz rahbarining 2019 yil 15 noyabrdagi farmoni asosida millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish va yanada takomillashtirishga doir eng muhim vazifalar belgilab berildi. Bu istiqbolli vazifalar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari doirasida amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlash lozim.
Birinchidan, millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
Ikkinchidan, Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konseptsiyasi tasdiqlandi.
Uchinchidan, 2019–2021 yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konseptsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Bugungi kunda mazkur Kontseptsiya va “Yo‘l xaritasi”ning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish hamda monitoring qilish bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi izchil shug‘ullanmoqda. Bunda Prezidentimiz Farmoni doirasida ushbu Qo‘mitaning tuzilmasi yanada takomillashtirilgani muhim ahamiyat kasb etdi. Yana bir muhim jihat: Prezidentimiz 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zarurligini qayd etib, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasi bilan har yili 30 iyul` – Xalqaro do‘stlik kuni sifatida keng nishonlanishi, shu bois mazkur sanani O‘zbekistonda “Xalqlar do‘stligi kuni” deb belgilashni taklif etgani yurtimizda istiqomat qiluvchi ko‘p millatli fuqarolarimizni benihoya quvontirdi. Endilikda O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 10 fevraldagi Qonuniga asosan, mamlakatimizda 30 iyul` – Xalqlar do‘stligi kuni etib belgilangan. Bu Qonun hududida 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari o‘zaro ahillikda istiqomat qiladigan O‘zbekiston jamiyatida xalqlar va davlatlar o‘rtasida hamjihatlik, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan juda muhimdir. Prezidentimiz 2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahon hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalarga to‘xtalib, “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyani qabul qilish bo‘yicha taklif bildirgandi. 2018 yil 12 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi 51-yig‘ilishida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi 193 ta a’zo mamlakat tomonidan yakdillik bilan qabul qilindi.
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasining aynan O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilishida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Bugun millatlararo totuvlik va konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi O‘zbekiston namunasi jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Binobarin, ona zaminimizda dinlararo bag‘rikenglik va millatlararo hamjihatlik chuqur tarixiy ildizlarga ega.
Jamiyatimizda do‘stlik va ahillik, tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlash, hech shubhasiz, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, gumanitar va ma’naviy sohalarda shiddatli islohotlarni izchil amalga oshirish hamda xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada yuksaltirishning muhim omili va zarur sharti hisoblanadi.

Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling