Qo‘l yozma huquqida Himoya qilishga ruxsat udk 32(575. 1): 2: 34 Magistratura bo‘limi boshlig‘i D. Mamatkulov


Download 214.19 Kb.
bet4/31
Sana17.06.2023
Hajmi214.19 Kb.
#1541681
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Yuldashova Qunduz Bozorovna11 (2)

Birinchidan, turli millat va din vakillarining o‘z salohiyatini to‘laqonli amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun konstitutsiyaviy kafolatlar belgilangan. Bunda, eng avvalo, fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, teng huquq va erkinliklarini, ularning qonun oldida tengligini ta’minlash alohida e’tiborga olingan.Shu va boshqa masalalarni o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi;
Ikkinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash O‘zbekistonning zamonaviy davlat sifatida rivojlanish strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kreativ va innovatsion uslublarini ishlab chiqish hamda ularni o‘z vaqtida amalga oshirish choralarini ko‘rishni taqozo etadi;
Uchinchidan, mamlakatimizda millatlararo va konfessiyalararo muloqotni rivojlantirish borasida institutsional yondashuvni keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini yoritish zarur.
To‘rtinchidan, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida muhim o‘rin egallay boshladi. Hukumat xalqaro tashkilotlar hamda ushbu sohadagi mutaxassislar bilan konstruktiv muloqot va hamkorlik o‘rnatishga alohida e’tibor qaratish masalalarini nazariy jihatlarini tahlil va tadqiq etish dolzarb vazifalardan biridir.
Tadqiqotning obekti: Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashning tashkiliy-huqiqiy jihatlarini o‘rganish, tahlil va tadqiq etish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti: Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlashning tashkiliy huquqiy asoslarini o‘rganish, tahlil va tadqiq etishning usul, metod va vositalari.
Tadqiqotning maqsadi: Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlashning tashkiliy huquqiy asoslarini ilmiy- nazariy va pedagogik jihatdan o‘rganish, tanlangan mavzu doirasida tajriba-sinov ishlarini olib borishdan iborat.

Download 214.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling