II bob bo‘yicha xulosalar
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda milliy o‘zlikni saqlab qolish, etnik qadriyatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq jarayonlarga, yaqin o‘tmishdagidan farqli ravishda, millatchilikning o‘sishi deb emas tegishli tashkiliy asoslar yaratilmoqda. Korrupsiyani rivojlantirishga asos bo‘ladigan mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik singari vayronkor go‘yalarga kurash harakatlar strategiyasining asosini tashkil qiladi:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining davlat milliy siyosati davlat va uning idoralarining milliy masala va millatlararo munosabatlar sohasidagi qarashlari sistemasini, asosiy tamoyillari, ustuvor yo‘nalishlari va vazifalarini o‘zida ifodalaydi;
ikkinchidan, davlat milliy siyosati millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, va erkinliklarini taʼminlashning umumiy dasturinn shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qiladi;
uchinchidan, davlat milliy siyosati O‘zbekiston Respublikasida yashovchi turli millat va elat vakillarining intilishlarini mamlakatning birligi va yaxlitligini saqlash manfaatlari bilan uyg‘unlashtirishi, ularning har tomonlama hamkorligini mustahkamlash, milliy madaniyatlarini asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan ishlarning asoslarini belgilaydi;
to‘rtinchidan, davlat milliy siyosati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa normativ - huquqiy aktlar, umumeʼtirof etilgan xalqaro huquqiy normalar, xalqaro huquqiy shartnomalarda belgilangan huquq va erkinliklar va majburiyatlarni amalga oshirish, mamlakatda yashovchi millat va elat vakillarining huquq va
erkinliklarini taʼminlaydi;
beshinchidan, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish insonparvar demokratik tamoyillarga asoslangan fuqaroviy jamiyat qurishning asosiy shartlaridan biri ekanligini va milliy xavfsizligi, barqarorligini mustahkamlash, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikka qarishi kurash izchilligini taʼminlash hamda ularga qarshi milliy go‘yalar tizimini, qonunchilik bazasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |