III BOB. TA’LIM MUASSASALARIDA GLOBAL INTERNET TARMOG‘IDAGI TAHDIDLARGA QARSHI MAFKURAVIY PROFILAKTIKANI TAKOMILLASHTIRISHGA OID TAJRIBA-SINOV ISHLARI SAMARADORLIGI
Davlatimiz mustaqillikni qо‘lga kiritgan dastlabki davrlardanoq intellektual salohiyati yuqori kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yо’naltirilgan davlat siyosatini olib bormoqda. Bu yо‘lda amalga oshirilayotgan asosiy vazifalardan biri mustaqil О‘zbekistonni rivojlanishiga asos bо’ladigan yangi ta’lim tizimini yaratilishidir.
Barchamizga ayon bо’lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar о’zibо’larchilikka tashlab qо’yilsa, о‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha, qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bо’lsa, о‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi. Ayniqsa, bugungi kunda internet tizimining yanada rivojlnib borishi natijasida, asosan yoshlarning uning ta’siriga berilishi oqibatida jamiyatimizda yoshlarning milliyligimizga xos bо’lmagan tarzda ta’lim-tarbiyasida о‘zgarishlar sodir bо’lmoqda. Bu orqali xalqaro maydondagi turli siyosiy kuchlar о‘zining milliy va strategik rejalariga erishish uchun «Erkinlik va demokratiyani olg‘a siljitish» niqobi ostida о‘z niyatlarini amalga oshirishga urinmoqdalar. Bu kabi tahdidlarni asl mohiyati va maqsadlarini о’z vaqtida sezish, anglash katta ahamiyat kasb etadi. Shu borada ayrim qudratli davlatlar tomonidan muayyan mamlakatlarga, avvalambor, yer osti, yer usti boyliklariga ega bо‘lgan hududlarga nisbatan olib borilayotgan ana shunday g‘arazli siyosatni dunyoning ayrim mintaqalarida tinch hayotning izdan chiqishi, hokimiyat tepasiga aynan о’sha davlatlarning manfaatlariga xizmat qiladigan kuchlarning kelishi bilan bog‘liq misollarda kо‘rish qiyin emas.
Ana shunday vaziyatda xalqimizning ma’naviy olamini bunday tahdidlardan asrash, hozirgi о‘ta murakkab bir zamonda xalqaro maydonda sodir bо‘layotgan jarayonlarning tub mohiyatiga yetib borish, ular haqida xolis va mustaqil fikrga ega bо‘lish ijtimoiy fanlarning eng dolzarb vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |