Qo‘lyozma huquqida Nigora O‘rinboyeva (Mo‘minova)ning «O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalaridagi hududiy o‘zgarishlar»


Download 275.48 Kb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi275.48 Kb.
#1578329
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ташки иктисод БМИ

HULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyin rivojlanish yo’lini kuzatar ekanmiz O’zbekiston hukumatining bu borada olib brogan islohotlari o’z samarasini yaqqol ko’rsatdi. Hukumatning olib borgan siyosati, ayniqsa tashqi iqtisodiy faoliyati olib borgan ishlari tahsinga loyiqdir. MDH mamlakatlari bilan investitsiyaviy, savdo- iqtisodiy hamkorlik yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu albatta, mamlakatimizda yaratilayotgan qulay investitsion muhit, xorijiy korxonalar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imtiyozlarning mahsulidir. O`zbekiston o`z taraqqiyot yo`lidan dadil borar ekan, xorijiy davlatlar bilan, xususan, MDH mamlakatlari bilan o`zaro teng manfaatli iqtisodiy aloqalarni rivojlantirib boradi. Bu albatta, respublikamiz iqtisodiyotining jadal rivojlanishida, O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Republikasi tashqi siyosatida MDH mamlakatlarining o`rni haqida quyidagi fikrlarni bildirishimiz mumkin:


- Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini tartibga soluvchi huquqiy asoslar yaratildi. - O`zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini belgilab beruvchi huquqiy asoslarning yaratilishida xalqaro huquq normalariga rioya qilindi.
- O`zbekiston tashqi siyosat tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda MDH
mamlakatlari bilan keng ko`lamli hamkorlikni yo`lga qo`ydi. - O`zbekiston va MDH o`rtasidagi aloqalarning muhim jihati –iqtisodiy yo`nalishdagi hamkorlik hisoblanadi;
- O`zbekiston xalq xo`jaligini rivojlantirishda MDH davlatlari bilan hamkorlik bundan keyin ham muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar tahlil qilinganda quyidagi xulosalarga kelindi:
- Hamkorlikning ikkinchi davri (2000-2019-yillar)da iqtisodiy aloqalarning o`sishi kuzatildi. -O`zbekistondan MDH davlatlariga asosan xom ashyo resurslari va tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda;
- O`zbekistonga MDH davlatlaridan asosan tayyor mahsulotlar import qilinmoqda;
- O`zbekiston va MDH mamlakatlar bilan neft-gaz sohasidagi hamkorlik istiqbolli yo`nalishlardan hisoblanadi. Bu borada MDH mamlakatlarining investitsiyalarini jalb qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq.
- O`zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalari tahlili shuni ko`rsatdiki, O`zbekiston-Rossiya o`rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayniqsa, mamlakatimiz sanoat korxonalarini texnik jihatda modernizarsiya qilish bo`yicha yangi loyihalarni amalga oshirish lozim;
Xullas, boshqa sohalar bilan bir qatorda, O`zbekistonda yuqori xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish va uning turlarini kengaytirish, birinchi navbatda to`qimachilik sanoati, elektromaishiy texnika, mashinasozlik va aviasozlik sohalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilishda o`zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish zarur.
Bugungi kunda O`zbekistonning MDH mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
O`zbekiston va MDH mamlakatlari uchun manfaatli bo`lgan yuqori samarali ishlab chiqarish korxonalarining faoliyatini qo`llabquvvatlash va ularni rag`batlantirish;
MDH mamlakatlari investorlarini to`laqonli axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil, xom-ashyo va mehnat salohiyati to`g`risida ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun har bir hudud bo`yicha viloyatlarning investitsiya salohiyati bo`yicha veb-sayt tashkil etish, shuningdek, investitsiyaga oid konferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar ko`lamini yanada kengaytirish;
Aloqalarning rivoji, iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati bo`yicha o`quvchi-yoshlarda kengroq tasavvur hosil qilish uchun viloyatlar hududidagi qo`shma korxonalarga (O`zbekiston-Rossiya, O`zbekiston-Qozog’iston, O`zbekiston-Belarussiya) sayohat va ekskursiyalar tashkil etish;
Bu kabi tadbirlar O`zbekiston va MDH mamlakatlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalar davomiyligini va barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi, deb hisoblayman.



Download 275.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling