Qo‘lyozma huquqida Nigora O‘rinboyeva (Mo‘minova)ning «O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalaridagi hududiy o‘zgarishlar»


II.BOB. GLOBALLASHUV JARAYONI VA JAHON XO’JALIGIGA


Download 275.48 Kb.
bet2/14
Sana18.06.2023
Hajmi275.48 Kb.
#1578329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ташки иктисод БМИ

II.BOB. GLOBALLASHUV JARAYONI VA JAHON XO’JALIGIGA
O'ZBEKISTONNING INTEGRATSIYALASHUVU.




2.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari.............



40

2.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi hududiy ko’rsatkichlar....................................................................................................

47

2.3. MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari.........................................................................................................

56

2.4. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalari.............................................................................................................



61

XULOSA. . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……………

68

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI. . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

71



KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Jahon xo'jaligining shakllanish jarayoni amalda kishilik jamiyatining jami tarixini o‘z ichiga oladi. Chunki u ishlab chiqarish kuchlarining necha ming yillar davomidagi evolutsiyasining natijasidir. Jahon xo'jaligining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o‘ziga xos xususiyatlar bilan ifodalanuvchi ayrim bosqichlarga taqsimlash mumkin. Birinchi va eng uzoq davrni o‘z ichiga olgan jahon xo‘jaligi belgilari va regional xususiyatlari shakllana boshlagan bosqich buyuk geografik kafishfiyotlar davrigacha davom etgan.
Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro savdo Yevropa va Osiyodan keyin Yer sharining boshqa regionlarini ham qamrab oldi. Regionlar o'rtasida mahsulotlarni ayirboshlash jahon bozorini vujudga keltirdi. Ushbu bozor transport rivojlanishi munosabati bilan yana ham kengaydi, chunki dengiz transporti barcha materiklarni birlashtirishga imkon berdi. Jahon xo'jaligi XX asr arafasida to‘la-to‘kis shakllanib bo'ldi hamda mazkur asrning birinchi yarmida uning nvojlanish, ayrim hududlarni qamrab olish hisobiga amalga oshdi. O’zbekistonnig jahon xo’jaligidagi o’rnining ortib borishi asosan O’zbekistonni barcha mamlakatlar tan oldi va har sohada aloqalar o’rnatmoqda. Jahon mehnat taqsimotida ishtirok etish katta strukturaviy o’zgarishlarni talab etar edi. Boisi, mavjud xalq xo’jaligi, ayniqsa ishlab chiqarish strukturasi chetga xom ashyo chiqarish va ko’pchilik tayyor mahsulotlarni, texnikaviy va mashinasozlik mahsulotlarini chetdan olib kelishga moslashgan bo’lib, respublika manfaatiga mos kelmas edi.
Mamlakatda katta miqdorda turli er osti boyliklari, ser hosil erlar,xalqning mehnatkashlik xususiyati, madaniy, intellectual salohiyatining yuqoriligi iqtisodiyotni bozor asosida rivojlantirish, jahon bozorida faol qatnashib,mehnat taqsimotida munosib o’rin egallashi uchun yuqori imkoniyati mavjud.
Mavjud imkoniyat nuqtai nazaridan O’zbekiston rangli metallurgiya tarmog’ining, yirik engil avtomobil ishlab chiqarish korxonasi, magnitafon, televizor paxta, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, kulolchilik, miskarchilik, zargarlik kabi sohalarning rivojlanishibilan jahon xo’jalida o’z o’rniga egabo’lib boradi.
O'zbekiston respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev "Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar va moliyaviy institutlar bilan sherikligimiz sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi "1. deb takidlaydi.
Darhaqiqat Jaxon xo’jaligining muhim qonuniyatlaridan biri, bu turli mamlakatlarning taraqqiyot darajasi jihatidan bir-biriga yaqinlashuvidir. Bu jarayon mamlakatlararo raqobat asosida bo‘ladi, kam rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarga aylanishi yuz beradi.
Tarixdan ma’lumki, XIX asr oxirida Angliya sanoati rivojlangan mamlakat bo‘lsa, XX asrning 70-yillariga kelib AQSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Kanada va Italiya ham rivojlangan mamlakatlarni tashkil etdi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining asoslarini jahon bozorida sotish uchun muayyan tovarlarni ishlab chiqarishda ayrim davlatlarning uy xo'jaliklari bilan o'zaro bog'liqlashuvi tashkil etib, bu ko'p tomonlama munosabatlar va mamlakatlar o'rtasidagi munosabatlarga olib keladi. Ushbu mehnat taqsimoti, asosan, moddiy ishlab chiqarish tovarlaridagi xalqaro savdoda namoyon bo'ladi, shuningdek, xizmatlar (xalqaro turizm, moliyaviy va vositachilik faoliyati, xizmatlar, kadrlar tayyorlash va boshqalar) almashinuvini (savdo) o'z ichiga oladi.Shu bilan birga, dunyo mamlakatlarining iqtisodiy aloqalari tovar ayirboshlash va xizmatlar almashish bilan chegaralanmaydi. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti ham kapital oqimlari va odamlar oqimlari orqali o'tadi. Bularning barchasi katta miqyosli kontseptsiya - mehnatning xalqaro bo'limi hisoblanadi.
Jahon xo’jaligida O‘zbekistonning obro’li o’rin egallab borishi, ishtirikining kengayib borishida raqobatga bardosh beradigan mahsulotlarni ishlab chiqrish muhim asos ekanligi, innovatsion iqtisodiyotning shakllanish davrida yoshlarning intellektual salohiyati va ilm-fan yutuqlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish masalalarining muhimligi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy ko’rinishlarining globallashuvi xususiyatlarini tahlil qilish, ularga moslashish omillarini o’rganish jahon va O’zbekiston milliy xo’jalik kon’yunkturasida faoliyat yurita oladigan yoshlarni tayyorlashda va bilim berish usullarini yanada takomillashtirishda bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligini yanada asoslaydi.

Download 275.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling