Qo‘lyozma huquqida Nigora O‘rinboyeva (Mo‘minova)ning «O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalaridagi hududiy o‘zgarishlar»


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi


Download 275.48 Kb.
bet3/14
Sana18.06.2023
Hajmi275.48 Kb.
#1578329
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ташки иктисод БМИ

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Jahon bozorining ulkan salohiyati milliy bozorlarga juda katta taʼsir oʻtkazishi mumkinligini, bu taʼsir mamlakatlarning manfaatlari nuqtai nazaridan ijobiy yoki salbiy boʻlishi mumkinligini, jahon bozori sigʻimi jami mamlakatlar bozor talabining import hisobiga qondiriladigan qismlari yigʻindisiga teng ekanligini, shubois bugunintegratsiyalashuv jarayonida O’zbekiston davlati integratsiyaga Ilm - fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi ilm-fan sigimkorligi yuqori bo’lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishini ta’minlashi zarurligini o’quvchi yoshlarning va aholi tafakkurining o’sishida muhim ahamiyat kasb etishini aniq misollar asosida tahlil etish va talabalar tafakkuriga singdirishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishida quyidagi vazifalar belgilab olindi:
jahon bozori xususiyatlari va xalqaro mehnar taqsimotining mohiyatini yoritish;
-jahon xo’jaligi rivojlanishining yangi davr asoslarini yangi davr talablari asosida baholash;
jahon mehnat taqsimotida O’zbekistonnig o’rnini mamlakatning o’ziga
xususiyatlari orqali aniqlash;

  • O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanish tendentsiyasni statistic ma’lumotlar asosida yoritish;

O’zbekiston va Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlaring hamkorlik munosabatlarining rivojlanishini amaliy natijalar orqalibaholash.


Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Erkin savdo yoki proteksionizm siyosatini tanlash yoki uni qanday bo’lsa shu holda saqlash oldingi asrlarning xarakteri edi. Bizning davrimizda bu ikki yo’nalish o’zaro bog’liqdir. Ammo ko’p hollarda uni bu qarama-qarshi birlik erkin savdo tamoyilining bosh vazifasini bajaradi.
Jahon iqtisodiyotida erkin savdo siyosatiga birinchi bo’lib Adam Smit o’z ta’rifini bergan edi. Adam Smit «ayirboshlash har bir mamlakat uchun foydali bo’lib, har bir mamlakat bunda mutloq ustunlikka ega bo’lishini» ta’kidlagan edi. Adam Smitning tahlillari klassik nazariyaning asosi bo’lgan va erkin savdo siyosatining har qanday shakli uchun asos bo’lib kelgan.
D. Rikardo o’z ta’limotida xalqaro ayirboshlash barcha davlatlar uchun mumkin va manfaatligini, ayirboshlash barcha uchun foydali bo’lgan narx zonalarini aniqlab bergan bo’lsa, Djon Styuart Mill o’zining «Siyosiy iqtisod asoslari»(1848-yil) nomli asarida qanday narxda ayirboshlashni amalga oshirilishini foydali ekanligini ko’rsatgan edi. Styuart Millning ta’limoti bo’yicha ayirboshlash narxi talab va taklif qonuniga ko’ra, har bir davlatning yalpi eksport miqdori yalpi import miqdorini
qoplaydigan daraja bilan belgilanadi.
O’zbekistonlik olimlardan Tuxliyev N, Ermamatov E., Djurayev.J., Nazarova G.G., Akramov Z.A., Soliyev A., Qayumov A., Xalilov X.X., Xanova I.M., Hakimov N.Z., R.Karimov, G.Nazarova, N.Salixovalar jahon iqtisodiyotining globallashuvi va O’zbekistonnig xalaqaro munosabatlardagi o’rnini baholashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqot ishlarining ob’ekti sifatida o’rganilgan.

Download 275.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling