Qo’lyozma huquqida udk № Ism familya yoziladi An’anaviy xonandalik qo’shiqlarini inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish


Download 167.21 Kb.
bet18/22
Sana15.06.2023
Hajmi167.21 Kb.
#1478053
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
An\'anaviy xonandalik

Membranofon - qoplamali cholg‘ular, ularga maxsus teri yoki plastik qoplangan baraban, nag‘ora, doira, tom-tom, litavralarning turlari kiradi.
Ideofon - o‘zi tovush beruvchi cholg‘ular bo‘lib, ularning vujudiga mexanik ta’sir qilish natijasida o‘z tanasidan tovush hosil bo‘ladi. Bular: turli tarelkalar, qayroq, safoyil, uchburchak (treugolnik), quticha (korobka), ksilofon va boshqalar.
Rivojlanuvchi yoki qiyosiy eshitish qobiliyati: sozandaga bir tovushni eshitgandan so‘ng boshqalari bilan taqqoslagan - qiyoslagan holda balandligini aniqlaydi.
Mutlaq (absolyut) eshitish qobiliyati bor sozanda esa tovush balandligini to‘g‘ridan - to‘g‘ri boshqalari bilan taqqoslamasdan aniq ayta oladi.
Zohiriy (tashqi) eshitish orqaliyakkaxon sozanda, hofiz, ansambl yoki orkestr tomonidan ijro qilingan asarni barcha jihatlari: balandligi, tembri, usuli va musiqiy matnini anglab oladi. Ma’lumki bunday ustozona uslub sharq xalqlarida juda keng tarqalgan bo‘lib, qadimdan otadan bolaga, ustozdan shogirdga ayniqsa musiqiy meros namunalari og‘zaki, ya’ni eshitish-tinglash orqali amalga oshirilgan va bizgacha yetib kelgan.
Botiniy (ichki) eshitish: Bunda insonning ichki tuyg‘usi, ya’ni oldin eshitilgan, qulog‘iga tanish bo‘lgan hayolidagi asar ko‘zda tutiladi. Bu hissiyot beshta jihatda namayon bo‘ladi:
a) oldin kimningdir ijrosida eshitilgan va xotiraga o‘rnashib qolgan musiqiy obrazlar;
b) o‘zi qachonlardir ijro qilgan asar yoki kuy qismini xotirlash;
v) asarni notadan cholg‘u asbobisiz o‘qigan holda sadolanishini tasavvur qilish;
g) chalish yoki o‘quvchiga tushuntirish uchun asar va uning qismlari kompozitsiyasini hayolda shakllantirish;
d) ijro jarayonida birdaniga tayyorgarliksiz (ekspromt) badiha (improvizatsiya), namud (ko‘rinish), avj, (gul partav) yoki yangi qismlar ijod qilish.
Botiniy va zohiriy eshitish yillar o‘tishi bilan bilim, tajriba, malaka oshgani sayin rivojlanib, sayqallanib boradi. Shuning uchun ham ta’limning birinchi qadamlaridan boshlab musiqiy eshitishni va eshitish nazoratini rivojlantirish o‘ta muhimdir.

Download 167.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling