Tadqiqot obyekti: An’anaviy xonandalik maktablari faoliyati . Musiqa madaniyati darslarida an’anaviy xonandalik san’ati namoyondalari ijodi bilan tanishtirishning ahamiyatini tahlil qilish
Tadqiqot predmeti: an’anaviy xonandalik janr va uslublari, Farg’ona vodiysi an’anaviy xonandalik maktabi nomoyondalari hayot yo’li va ijodi, asarlari
Tadqiqotning maqsadi. Mazkur tadqiqot ishining maqsadi an’anaviy xonandalik qo’shiqlarini maktablarda inovatsion texnologiyalar orqali o’rgatish va tadqiq etishdan iborat.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:
An’anaviy xonandalik san’atining paydo bo’lishi va rivojlanishini o’rganish;
An’anaviy xonandalik san’atida janr xususiyatlar va ijrochilik uslublarini bayon qilish;
An’anaviy xonandalik san’ati namoyondalari hayoti va faoliyatini tadqiq qilish;
An’anaviy xonandalik san’ati vakillarining respublika musiqa san’ati rivojida tutgan o’rnini o’rganish;
Musiqa madaniyati darslarida an’anaviy xonandalik san’ati namoyondalari ijodi bilan tanishtirishning ahamiyatini tahlil qilish.
Ilmiy yangiligi:
An’anaviy xonandalik san’ati paydo bo’lishi va rivojlanishi tizimli tahlil etilgan.
An’anaviy xonandalik maktabi shajaralari o’rganilgan .
An’anaviy xonandalik maktabi namoyandalarinig ijodiy faoliyati o’rganilib, respublika musiqa madaniyati rivojidagi xissalari atroflicha tahlil qilingan.
An’anaviy xonandalik maktabi namoyandalari ijodiy merosini maktab o’quvchilariga inovatsion texnologiyalar orqali o’rgatish ahamiyati tadqiq etillgan.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: An’anaviy xonandalik maktabining shakllanish jarayoni va rivojlanish metodologiyasidan foydalanish kelgusida shu san’at turini rivojlanishini ta’minlaydi. Agarda: An’anaviy xonandalik maktabining shakllanish jarayoni metodologik jihatdan o’rganilsa; Farg’ona an’anaviy xonandalik maktabi namoyandalari ijodiy merosi o’rganilsa; an’anaviy xonandalik san’atini targ’ib qilishning mazmuni boyitilib, ilg’or shakl usullari aniqlansa; an’anaviy xonandalik san’atini jalb qilish bo`yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |