Qo’lyozma huquqida udk № Ism familya yoziladi An’anaviy xonandalik qo’shiqlarini inovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o’qitish


Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)


Download 167.21 Kb.
bet4/22
Sana15.06.2023
Hajmi167.21 Kb.
#1478053
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
An\'anaviy xonandalik

Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Mavzuni yo’ritishda R.Tursunovning “Ashula va raqs ansambli bilan ishlash uslubiyoti” (Toshkent., 2002.) nomli o’quv qollanmasi, Yu. Rajabiyning “Musiqa merosimizga bir nazar” (Toshkent 1978) asari, Yu. Rajabiy, I Akbarovlarning “O’zbek xalq musiqasi” nomli 3 tomlik asari (Toshkent: Badiiy - adabiyot nashriyoti. 1957, 1959.) , Komil Avazning “Olis ohanglar” (Toshkent:G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1997) risolasi, S. Mannopovning “So’nmas navolar.” (Farg’ona, 2003.) T.Jalilovning “Qo’shiqlar guldastasi” (Toshkent :G’. G’ulom nomidagi dabiyot va san’at nashriyoti,1997) B.Nasriddinovning “Sahna jilolari”.(Toshkent 1995)O.Matyoqubovning “Moqomat” (Toshkent. Musiqa nashriyoti. 2004 yil.) asarlari, I Rajabovning “Maqom asoslari” (Toshkent. 1992) nomli metodik qo’llanmalaridagi Farg’ona vodiysi an’anaviy xonandalik maktabi bilan bog’liq ma’lumotlardan foydalanildi.
Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi: O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, O`zbekiston Respublikasining Ko nstitutsiyasi, Umumiy o`rta ta`limning musiqa fani bo`yicha Davlat Ta`lim Standarti va o`quv dasturi, O`zbekiston Respublikasining O`zbekistonda ta`limni yangicha asoslarda qayta qurish, takomillashtirishga oid farmonlari, qarorlar, Prezidentimiz asarlari, nutqlari, Umumiy o`rta ta`limning musiqa faniga oid darsliklari, shuningdek, pedagogika, psixologiya, estetikaga oid ilmiy – uslubiy manbaalar tadqiqotning metodologik asosi xisoblanadi.
Mavzuni yoritishda ilmiy, uslubiy, musiqashunoslik, pedagogik va psixologik adabiyotlarni o`rganish, tahlil qilish, pedagogik kuzatish, ilg`or ish tajribalarni o`rganish, qiyoslash, umumlashtirish, savol – javob, anketa – so`rov kabi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot ishida An’anaviy xonandalik maktabi shakllanishi va faoliyati tizimli tahlil etilgan bo‘lib, u bilan mavzuga oid nazariy qarashlarni mustahkamlash mumkin. Ishda keltirilgan ma'lumotlardan o‘quv adabiyotlarni yangi avlodini yaratishda foydalanish mumkin.

Download 167.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling